www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Nimani nazarda tutmoqdasiz? — cholning gapini bo’ldi yigit. — Shunday
odamlar borki, lotoreyadan yutib, bir kechada millioner bo’ladilar.
— Darhaqiqat, shunday, lekin ularning boyligi ko'pincha vaqtinchalik bo’lib chiqadi.
Ulardan ko'plari o'z lotoreya chiptasini sotib olayotgan kundagi kabi cho'ntagida sariq
chaqasiz holda umrlarini yakunlaydilar!
Yigit ishonqiramay boshini chayqadi.
— Bu to'g'ri, — ta'kidladi chol. — Bilasanmi, ular nima uchun yana kambag'allashib
qoladilar? Chunki ular boylikni yaratishni ham, uni boshqarishni ham o'rganolmadilar.
Oqibatda ularga nimanidir to'plash kam nasib etadi, boyliklarini qanday tasodifiy ravishda
topgan bo’lsalar, shunday yo'qotadilar ham. Ular ajoyib o'simlikka ega bo'lgan kishiga
o'xshaydilar: u esa o'simlik parvarishi haqida hech qanday tasavvurga ega emas — na unga
zarur tuproqni, na iqlim sharoitini, na suv miqdori va hasharotlardan uni himoya etishi
lozim bo’lgan choralardan bexabardir. U qandaydir bir muddat davomida o'simlik
mevalaridan foydalanishi mumkin, ammo o'simlik tez orada so’liy boshlaydi va quriydi.
Lekin bu o'simlik tabiatini yaxshi o'rgangan odam unga nima kerakligini biladi. U
bunday o'simliklarni urug'idan o'stirib parvarishlashni biladi. Bu o'simlikning qanday
ko'rinishda bo’lishidan xabardor, shu bois qancha kerak bo’lsa, shuncha miqdorda o'stira
oladi.
Boylik ham ana shu o'simlikka o'xshash ajoyib narsa. Hammamiz uni yetarli
miqdorda yaratish quvvatiga egamiz, ammo uni yaratish va u bilan muomala sirlarini
o'rganib olishimiz darkor.
Har qanday pul, agar u bilan qanday muomala qilishni bilmasak, hech vaqo
bermaydi. Sen sho'x o'gil haqidagi voqeani eslaysanmi?
Bu tanish voqea yigitning qulog'iga issiq kirsa-da, uning barcha tafsilotlarini xotirlay
olmadi.
— Bir badavlat yer egasining ikki o’g’li bo’lib, kichigida otasining ishini o'rganishga
hech qanday intilish bo'lmadi. U sayohat qilish maqsadida otasi dvlat o'zida tegishli
merosni talab qildi. Otasj o'g'uning bu qilig'idan ranjisa-da, uning meros ulushini ajratib,
ketishiga ruxsat berdi. U puliga yaxshi narsalar sotib oldi va do'st-yorlari ichida kayf-safo
qilib, xursandchilikda kunini o'tkazdi, ko'p o'tmay puli tugadi. Egnida kiyib ketgan
kiyimidan boshqa cho'ntagida bir mirisi qolmagan holda, shumshayib otasining yoniga
qaytib keldi.
Sho'x o'g'il o'z sayohatini katta boylik bilan boshlagan bo'lsa-da, undan qanday qilib
daromad olishni o'rganmagani sababli hazinasini tezda yo'qotdi.
Hamrohlar bog'ning daraxtzor qismi poyoniga yetib, baland tepalik tomon zinagacha
davoni etgan so'qmoq yo’lga qarab burildilar.
—Ko'rib turganingdek, boylik — bu inson egalik qilishi zarur bo'lgan shunchaki
sarmoya emas, — dedi qariya. — Tez orada sarmoyaning barakasi uchishi mumkin. Boy
bo'lish uchun sen avvalo, o'zing tilaganini hayot tarzini yetarli mablag'ga ega bo'lishing
kerak.
— Bunga qanday erishish munikin? — so'radi yigit.
Do'stlaringiz bilan baham: |