Ertasiga yigit shahardan oltmish chaqirimcha shimolda joylashgan chog'roq
qishloqqa ro'yxatda keltirilgan ikkinchi odam, Rupert Kammings bilan uchrashish uchun
jo'nadi. Bir soat yo'l yurgandan so'ng, u katta imorat darvozasi oldiga keldi. Mayda shag'al
sepilgan xiyobon, bo'ylab borar ekan, yigitcha bog'ni qurshagan ajoyibotlardan
zavqlanishdan o'zini tiyo’lmasdi. Uy oldidagi 500 kvadrat metrdan kam bo'lmagan
www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
maydondagi o't shunday hafsala bilan tekis qaychilangan ediki, u golf o'yiniga moslangan
o'tloqni eslatardi. O'tloq o'rtasida baland kedr daraxti o'sgan, uning atrofida och-sariq
gullar yashnab tular, bog' esa ko'm-ko'k butalar bilan o'ralgan edi.
Xiyobon yo'lakchasi uch delfin ko'rinishida favvorali, nilufar gullari yashnagan
hovuzning yonidagi imorat tomon olib borardi. Binoning o'zi chirmovuqlar bilan qoplanib,
ularda ilk bahorning birinchi chechaklari, pushtirang g'unchalar paydo bo'la boshlagandi.
Yigitcha xiyobon poyoniga yetayozganda, uy tomonga boradigan yo'lkachada paxtali ish
kiyimidagi va boshiga katta soyabonli shlyapa kiygan odam arava itarib kelayotganini
ko'rindi. Bu baland bo'yli, yuzining och zahil rangini kulrang kumushsimon paxmoq
soqoli! to'sgan erkak edi. Yaqinroq kelib, ko'zoynagini yechgach, yigit uning ravshan
moviy rang ko'zlarini ko'rdi.
— Sizga qanday foydam tegishi mumkin? — murojaat etdi u yigitga.
— Men janob Kammingsni ko'rmoqchiydim, — javob berdi u. — U meni kutayotgan
bo'lsa kerak.
— Bu men. Ahvollaringiz qanday? — kishi yigitga qo'lini cho'zdi.
— Ee... rahmat...yaxshi, — deya duduqlandi yigitcha janob Kammingsning qo'lini
siqa turib.
— Qanday ajoyib kun. Tashqarida o'tirsak bo'ladimi? — so'radi janob Kammings.
— Albatta, — javob berdi yigit.
Janob Kammings yigitni uy orqasidagi bog' tomon boshladi, ular boqqa kirganlarida,
yigitning ko'zlariga shunday manzara tashlandiki, hayratdan hatto nafasi ichiga tushib
ketdi. Agar uy oldidagi o'tloq go'zalgina bo'lsa, uning orqasidagi bog' g'oyat ajoyib,
hayratomuz manzarani kashf etar edi. Ikki tomoni yam-yashil o'tlar bilan ko'kargan,
shag'al sepilgan yo’lka o'tloqqa borib tutashardi. O'tloqning o'zi anvoyi chechaklar
yashnagan gulzor bilan o'ralgandi.
Erkaklar bog' ichidagi ayvonchada joylashgan oq emal bilan qoplangan cho'yan stol
atrofiga joylashdilar. Bir daqiqadan so'ng patnis ko'targan xizmatchi yaqinlashdi.
— Choy ichasizmi? — so'radi janob Kammings yigitdan.
— Mayli, rahmat, yomon bo'lmasdi, — javob berdi u.
Janob Kammings choy quyar ekan, yigit xitoylik qariya bilan uchrashuvi to'g'risida
qisqacha qilib so'zlab berdi.
— Haqiqiy Boylik sirlarimi? — dedi janob Kammings. — Ha, albatta, men ularni
bilaman. Nimagaki erishgan bo'lsam ana shu sirlar tufayli erishganman.
— Ulardan qay biri tufayli? — so'radi yigit.
— Ularning barchasi birdek muhim va mening shu darajaga yetishishimga hammasi
yordam bergan, lekin hozir ortimga qarab ko'rsam, fikrimcha, eng zaruri — bu hammadan
ustunroq kelgan xohish kuchidir.
— Xohish? — takrorladi yigit. — Lekin axir har bir kishi boy bo’lishni istamaydimi?
— Siz shunday deb hisoblaysiz, to'g'rimi? — javob berdi janob Kammings. — Aslida
juda kam odamda boy bo'lish istagi bor, hammadan ustunroq bo'lish xohishi to'g'risida
aytmasa ham bo'ladi.