Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


GASTRULYATSIYA VA O’Q ORGANLARNING HOSIL BO’LISHI



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

GASTRULYATSIYA VA O’Q ORGANLARNING HOSIL BO’LISHI 

 

Gastrulyatsiya  mobaynida  homila  varaqlari  va  o`q  organlarining  boshlang`ich  kurtagi  hosil 

bo`ladi.  Gastrulyatsiya  umurtqali  hayvonlarda  tuxum  hujayralardagi  oziqa  moddasining  miqdoriga 

qarab  turlicha  kechadi.  Gastrulyatsiyaning  4  turi  farqlanadi  (39-rasm):  1)  invaginatsiya;  2) 



immigratsiya; 3) epiboliya; 4) delyaminatsiya. 

Invaginatsiya (lat in - ichkariga, vagina - qin) da blastula devorining bir qismi blastula ichiga 

botib kiradi. M i g r a t s i y a d a  blastula devorini hosil qilgan blastomerlarning bir qismi blastula 

ichiga (immigratsiya) yoki tashqarisiga (emigratsiya) ko`chib ikkinchi qavatni hosil qi-ladi. Epiboliya 

(yunon.  epibole  qoplash)  -  blastula  devorining  sekin  bo`linayotgan  qism  hujayra-larining  tez 

bo`linayotgan qism hujayralari bilan qoplanishi. Delyaminatsiya (lat. de - ajralish, lamina - plastinka) 

blastula devorini hosil qilgan blastomerlarning tangentsial bo`linishi natija-sida blastula devorining 

ikki  qavatli  bo`lib  qolishi.  Xordali  hayvonlar  rivojlanishida  gastrulyatsiyaning  bir  yo`la  bir  necha 

turini kuzatish mumkin, lekin shulardan ma’lum bir turi asosiy o`rin tutadi. 

Lansetniklarda gastrulyatsiya invaginatsiya turi bo`yicha 

kechadi.  Blastulaning  tubi  ichkariga  botib  kirib  ustki 

devorigacha  borib  yetadi.  Natijada  blastotsel  torayib,  tashqi 

parda - ektoderma, ichki varaq - entodermadan iborat ikki qavat 

devorli  qadah  hosil  bo`ladi.  Qadahning  bo`shlig`i  birlamchi 



ichak yoki gast rotsel deyiladi. Bo`shliqqa kirish yeri birlamchi 

og`iz  yoki  blastopora  deb nomlanadi. Birlamchi  og`iz 4 ta  lab 

bilan chegaralangan: homilaning orqa tomoniga to`g`ri keluvchi 

dorsal lab, old tomoniga to`g`ri keluvchi v e n t r a l lab va ular 

orasidagi  2  yon  lablar.  Lab  hujayralarini  blastula  qirg`oq 

zonasining mayda hujayralari hosil qiladi. Homila bo`yiga o`sadi 

va  blastopora  lablari  bir-biriga  yaqinlashadi.  Tashqi  varaq 

hisobiga  dorsal  labdan  boshlanuvchi  hujayralar  tortmasi  hosil 

bo`lib, bu tortmani nerv plastinkasi deb yuritiladi. Keyinchalik 

undan  nerv  naychasi  hosil  bo`ladi.  Uning  ostida,  lekin  ichki 

varaq  hisobiga  hujayralar  tortmasi  hosil  bo`lib,  uni  hordal 



plastinka  deb  ataladi.  Undan  hayvonning  o`q  skeleti  hosil 

bo`ladi. Ikkala kurtakning hosil bo`lishida blastoporaning dorsal 

lab  materiali ishtirok etadi.  Ikki devorli homila  hosil  bo`lgach, 

o`q  organlarining  hosil  bo`lishi  boshlanadi.  Nerv  plastinkasi 

homilaning bo`yi bo`yicha nerv ariqchasi holida tashqi varaqdan 

ajralib chiqadi. Tashqi varaqning uchlari bir-biriga qarab o`sadi 

va  birlashadi.  Shunday  qilib,  tashqi  varaq  –  ektoderma 

shakllanadi.  Nerv  ariqchasi  chetlari  buralib,  ektoderma  ostida 

yotuvchi nerv naychasi hosil bo`ladi. Shu yo`l bilan ichki varaq 

hisobiga  xordal  plastinkadan  xordal  trubka,  undan  esa  xordal 

tortma hosil bo`ladi (40-rasm, b). 

 

 Shu  vaqtning  o`zida  ichki  varaq  tarkibidagi  qirg`oq  zonasining  hujayralari  xordal  tortma 



atrofida  ichki  va  tashqi  varaq  orasiga  o`sib 

kiruvchi  ikkita  cho`ntak  hosil  qilady.  Bu 

 

39- rasm. Gastrulyatsiya turlari. 



A-invaginatsiya;  B-epiboliya;  V-

migratsiya;  G-delyamiiatsiya  (V. 

G. Yeliseev va  

boshqalar, 

1972). 

 



 

60 


cho`ntaklar  gastrotseldan  ajralib,  gastrula  bo`yi  bo`yicha  joylashuvchi  mezodermani  hosil  qiladi. 

Mezoderma  xaltacha  shaklida  o`sib,  unda  pariyetal  va  visseral  varaqlarni  farq  qilish  mumkin. 

Mezoderma  tortmalarining  barcha  qismi  bir  xil  bo`lmay,  dorzal  qismi  segmentlarga  -  somitlarga 

ajralgan. Ular segment oyoqchalariga davom etadi. Ventral qismi segmentlarga ajralmaydi. Bu qism 

splanxnotom deb yuritiladi. Xorda va mezoderma birlamchi ichki varaqdan ajralgandan so`ng ichki 

homila varag`i - entoderma shakllanadi. 

Amfibiyalarda gastrulyatsiya i n v a g i n a t s i y a  va e p i b o l 

i y a  turida o`tadi. Amfibiylar blastulasining tubi sariqlikka boy bo`lib, 

ularning maydalanishi juda sekin ro`y beradi. Gastrulyatsiya jarayoni 

qirg`oq  zona  sohasida  boshlanadi.  Bu  yerda  o`roqsimon  egat  hosil 

bo`ladi.  O’roqsimon  egat  chuqurlashishi  natijasida  gastrotsel 

bo`shlig`i, blastopora, dorsal va yon lablar hosil bo`ladi. Ventral lab esa 

hali  vujudga  kelmagan  bo`ladi.  Uning  o`rnida  esa  sariqlikka  boy 

blastomerlar joylashadi. Invaginatsiya bilan bir vaqtning o`zida blastula 

vegetativ  qutbining  yirik  hujayralarini  animal  qutbning  tez 

ko`payayotgan  mayda  hujayralari  bosib  ketib,  epiboliya  ham 

boshlanadi.  Invaginatsiya  va  epiboliya  natijasida  ektoderma  va 

entoderma,  shuningdek  ventral  lab  hosil  bo`ladi.  Dorsal  lab  sohasida 

bo`linayotgan  mayda  hujayralar  gastrula  ichiga  o`sib  kirib, 

mezodermani  hosil  qiladi.  Mezoderma  hosil  bo`lgach  ilk  ichki  qavat 

hisobiga  entoderma  va  xorda,  keyinroq  esa  ektodermadan  nerv 

naychasi 

rivojlanadi. 

Nerv 


naychasining 

hosil 


bo`lishi 

va 


mezodermaning somitlarga bo`linishi lansetnikdagi kabi sodir bo`ladi. 

 

Baliqlarda gastrulyatsiya invaginatsiya va delyaminatsiya  yo`li 



bilan  kechadi.  Maydalangan  pusht  gardishi  sariqlikda  birmuncha 

cho`ziladi;  uning  ustidan  ko`tariladi  va  orqa  qirg`og`ida  burila 

boshlaydi.  Buning  natijasida  qirg`oq  kertigi  hosil  bo`ladi.  Bu  kertik 

uzunlashadi, chuqurlashadi, natijada, homila gardishi ikki qavat bo`lib 

qoladi. Tashqi qavati ektodermani, ichki qavati esa entodermani tashkil 

qiladi.  Birlamchi  ichak  bo`shlig`idan  gastrotsel  hosil  bo`ladi  va  u 

lansetniklarning, 

amfibiylarning 

birlamchi 

ichagidan 

tubining 

bo`lmasligi bilan farq qiladi. Ularda tub bo`lib parchalanmagan sariqlik 

hisoblanadi. Bu yerda ham lablar bilan chegaralangan blastopor bo`lib, 

lantsetnik,  amfibriylarnikidan  orqa  labning  bo`lmasligi  bilap 

farqlanadi,  orqa  lab  o`rnida  esa  sariqlik  bo`ladi.  Invaginatsiya  va 

qirg`oq kertigining hosil bo`lishi bilan bir vaqtda delyaminatsiya ham 

ro`y  beradi,  ya’ni  sariqlik  ustida  yotuvchi  qirg`oq  bla-stomerlarining 

ajralishi natijasida ham entoderma hosil bo`ladi. Shunday qilib, baliqlarda 2 ta entoderma farqlanadi. 

Biri-invaginatsiya yo`li bilan hosil bo`lgan g a s t r a l e n t od e r m a  va ikkinchisi delyaminatsiya 

natijasida hosil bo`lgan sariqlik entodermasi. Bir vaqtning o`zida lablar sohasidasida mayda hujayra 

materialining  ajralishn  hisobiga  xor-domezodermal  kurtak  hosil  bo`ladi  va  ular  gastrulyatsiyaning 

boshlanishidayoq ekto-va entodermaning orasiga suqilib kirib, alohida o`sa boshlaydi. Ektodermaning 

tarkibida oldingi labdan nerv plastinkasi o`sadi. 

Qushlarda gastrulyatsiya d e l a m i n a t s i y a  bo`yicha kechadi. Maydalangan homila gardishi 

2 varaqqa ajraladi. Entoderma ostida uncha katta bo`lmagan gastrotsel deb yuritiluvchi tirqish hosil 

bo`ladi,  uning  tubi  sariqlik  hisoblanadi.  Qushlar  tuxumini  bosib  yotmaguncha  pusht  gardishida 

o`zgarishlar  bo`lmaydi.  Pusht  gardishining  markazida  bo`linayotgan  mayda  hujayralar  pusht 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish