tanasi (corpus luteum graviditatis) deb yuriti-ladi. Menstrual va homiladorlik sariq tanalari tuzilishi
va vazifasi jihatidan mutlaqo o’xshashdir. Ularning farqi faqat o’lchamlari va gullash davri
muddatining turlicha bo’lishidadir. Hayz sarnq tanasining diametri 1,5-2,0 sm bo’lsa, homiladorlik
sariq tanasining o’lchami 5 sm ga etadi.
Faoliyati tugagandan so’ng ham homiladorlik, ham hayz sariq tanasi inqirozga, ya’ni involyutciyaga
uchraydi. Bunda bez hujay-ralari o’zining lyuteinnni yo’qotib, atrofiyaga uchraydi va so’ri-lib ketadi.
Lekin markazda joylashgan biriktiruvchi to’qimali chandiq saqlanib sariq tana o’rnida oq tana (corpus
albi-cans) deb nom olgan tuzilma hosil bo’ladi.
Odatda oq tana tuxumdonda bir necha oy saqlanib, so’ng so’ri-lib ketadi, ba’zan esa, unda ohaklanish
sodir bo’lishi natijasi-da, u uzoq muddatgacha saqlanib qolishi mumkin.
Follikullar atreziyasi. Ovogenezning o’sish davriga kirgan primordial follikullarning hammasi ham
o’z taraqqiyo-tining oxirigacha etib bormay, ko’pchilik follikullar (ba’zan 90 protcent) atreziyaga
uchraydi. Atreziya - tuxum hujayrasining o’lishi va follikul o’rnida atretik tananing hosil bo’lishidir.
Atretik tana tuxumdonda balog’at yoshiga etgunga qadar va homi-ladorlik vaqtlarida ko’plab
uchraydi. Atretik tananing o’lcham-lari sariq tananikidan ancha kichik bo’lib, markazida o’lgan ovo-
tcitning yaltiroq pardasi saqlanib qoladi, uning atrofida esa interstitcial hujayralar joylashadi. Bundan
tashqari atretik tana uni o’rab turgan to’qimadan aniq ajralib turmaydi.
Tuxumdonning yoshga qarab o’zgarishi. Tuxumdonning tciklik o’zgarishlari ayollarda balog’at
yoshidan boshlab 45-50 yoshgacha davom etadi. SHu davrdan boshlab follikullarning rivojlanishi
asta-sekin susayadi, jinsiy tcikl buziladi - klimakterik davr boshlanadi va 60 yoshlarga borganda
393
barcha jinsiy hujayralar yo’qolib to’qimaning miqdori esa oshadi.
Tuxumdonning tomir va nervlari. Tuxumdon qon tomirlar bilan yaxshi ta’minlangan. Arteriyalar
a’zoning darvozasi soha-sida egri-bugri yo’l tutib mag’iz moddada qisman shoxlanadi, po’st-loq
moddada esa radial yo’nalgan shoxchalar beradi. Bulardan hosil bo’lgan kapillyarlar follikullar
devorini o’rab quyuq to’r hosil qiladi. Mag’iz modda va darvoza sohasida mayda venalar to’ri yig’ilib
tuxumdon venasiga quyiladi.
Limfa kapillyarlari tuxumdon follikullarini o’raydi, so’ng-ra po’stloq moddaning limfa kapillyarlari
bilan birgalikda bir stvolga yig’iladi va mag’iz moddadan o’tib darvozadan chi-qadi.
Tuxumdon nerv tolalariga ham boy bo’lib, ularning ko’plari tomirlar bilan birga keladi. Bular orasida
sezuv nerv oxir-lari ham uchraydi.
Tuxumdon vazifalari. Tuxumdonlar generativ vazifani baja-radi, ularda ayollar jinsiy hujayralari
ishlab chiqariladi. SHu bilan birga tuxumdonlar ichki sekretciya bezi hisoblanadi. Tu-xumdonning
endokrin vazifasidan biri o’sayotgan follikullarda estrogen yoki follikulin gormonini ishlab
chiqarishdan iborat-dir. Bu gormonlar follikulning donador qavati hujayralarida ishlanadi.
Bachadonning o’sishi va jinsiy tciklning qaror topishi balog’atga etish davridan, ya’ni tuxumdonlar
o’z faoliyatlarini boshlab, estrogen ajralishi bilan boshlanadi. Tuxumdon faoliya-tining klimakterik
so’nishi bachadonning atrofiyasi va jinsiy tcikllarning to’xtashiga olib keladi. Estrogen gormoni
ikkilamchi jinsiy belgilarni ham yuzaga chiqaradi.
Estrogendan tashqari, tuxumdonda sariq tananing lyutein hu-jayralari tomonidan ishlab chiqariladigan
progestron gormoni ham mavjud. Progestron ta’siri ostida bachadon shilliq qavati-ning bezlari o’z
faoliyatini boshlab, sekret chiqaradi. Bachadon bezlari kattalashadi va egri-bugri holatda yotadi.
Bachadon shil-liq pardasi shishadi, tomirlari qon bilan to’ladi. SHu vaqtning
250- rasm. 34-24 . Tuxum yo’lining.ko’ndalang^kesimi. yorug’lik mikroskopi.
394
o’zida progestron tuxumdonga ta’sir ko’rsatib, boshqa follikul-larning o’sishini to’xtatib turadi.
Tuxumdon faoliyatini aktivlashtirish gipofiz oldingi bo’-limining gonadotrop gormonlari ta’sirida
bo’lali. Bunda fol-likullarni stimullovchi (FSG), lyuteinlovchi (LG) gormonlar tuxumdon
follikullarining katta o’sish davriga o’tishi va fol-likulyar hamda interstitciy hujayralari tomonidan
estrogenning ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, lyuteinlov-chi gormon ovulyatciyani
yuzaga keltiradi va sariq tananing hosil bo’lishidagi dastlabki davrda muhim rol’ o’ynaydi.
Sariq tana faoliyatiga, ya’ni progestron ishlab chiqarilishiga gipofizning lyuteotrop gormoni (LTG)
ta’sir ko’rsatadi.
Maxsus ovarial gormonlar - estrogen va progesteron bilan bir qatorda oz miqdorda bo’lsa-da,
tuxumdondan androgenlar - erkaklar jinsiy gormoni ajralishi aniklangan, bu esa embrio-nal
taraqqiyotdagi ikki jins o’rtasida bo’lgan umumiylikni ko’r-satadi. Androgenlar maxsus gilus
hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi. Bu hujayralar kichik to’plamchalar sifatida tuxum-don
darvozasi sohasida joylashadi.
Ovarial funktciyalarni boshqarishda gipofizning gonadotrop gormonlari bilan bir qatorda tuxumdonga
keladigan nerv oxir-lari ham muhim rol’ o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |