Tugundagi limfa harakati. Tugunga limfa olib keluvchi tomirlar tugunning qabariq
tomonidan kirib, u dastlab chekka yoki kapsula osti sinuslariga (sinus subcapsularis) quyiladi. Bu
sinuslar tugun kapsulasi va follikullar orasida joylashgan bo’ladi. Ularning tashqi devorini hosil
qiluvchi endoteliy hujayralari bazal membranada yotib, tuzilishi jihatdan limfa tomirlarining endoteliy
hujayralaridan deyarli farqlanmaydi. Sinuslarning follikullarni qoplab turuvchi ichki devorida esa
endoteliyga o’xshash yassilashgan retikulyar hujayralar bo’lib, ularning orasida yoriqlar ko’rinadi,
lekin bazal membrana bu yerda bo’lmaydi. Endoteliy hujayralari orasidagi yoriqlar orqali tugunda
hosil bo’lgan yangi limfotsitlar limfaga tushishi yoki aksincha, limfa suyuqligidan tugunga o’tishi
mumkin. Limfa chekka sinuslardan oraliq cinuslarga yoki follikullar va trabekulalar orasida
joylashgan sinuslarga (sinus corticalis perinodularis) o’tadi. Ulardan limfa suyuqligi mag’iz moddaga
o’tib, bu yerdagi mag’iz tasmalar va trabekulalar orasidagi mag’iz sinuslarga (sinus medullaris)
quyiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, oraliq va mag’iz sinuslarning devoir yuqorida ko’rsatib o’tilgan
chekka sinuslarning ichki devoriga aynan o’xshash tuzilishga ega bo’ladi. Ularda ham endoteliy
hujayralari orasida yoriqlar bo’lib, endoteliy hujayralari orasida makrofaglar uchraydi. Mag’iz
sinuslaridan limfa suyuqligi darvoza sohasida joylashgan markaziy sinusga (sinus centralis) yig’iladi
va tugunning darvozasidan olib ketuvchi limfa tomiri orqali chiqib ketadi.
Tugundan o’tish davomida limfa suyuqligi yot antigenlardan tozalanadi, yangi limfotsitlar va
antitelolar bilan boyyitiladi. Limfa tugunlarining o’zida yot zarrachalar va o’sma hujayralarini tutib
qolish xususiyati ularni turli kasalliklarda o’zgarishga olib keladi.
Qon aylanishi. Arteriya tugun darvozasi orqali kirib, asosan, ikki qismga tarmoqlanadi.
Birinchi qismi kapsula va trabekulalar tomon yo’nalsa, ikkinchisi po’stloq va mag’iz moddalarda
kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Bu to’rdan postkapillyar venulalar boshlanib, ular venalarga yig’iladi
va tugun darvozasidan vena shaklida chiqib ketadi. Sog’lom organizmda qon hech qachon sinuslarda
uchramaydi. Faqat ba’zi kasalliklarda sinuslar
ichida
ko’p
miqdorda
eritrotsitlar
va
236
granulotsitlar uchrashi mumkin. Limfa tugunlarining bu hildagi o’zgarishini odamda va
sutemizuvchilarda uchrab turadigan gemolimfatik tugunlardan farq qilish muhim amaliy ahamiyatga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |