Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Suyak to`qimasining mezenximadan rivojlanishi



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Suyak to`qimasining mezenximadan rivojlanishi (bevosita osteogistogenez). Bu usul asosan 

yassi suyaklar, jumladan, kalla suyaklari uchun xosdir. Bo`lajak suyak o`rnida mezenxima hujayralari 

ko`paya boshlaydi va osteogen orolchalar hosil bo`ladi (88-rasm). 

 

 

88-rasm. Suyakning mezenximadan rivojlanishi. Gematoksi1in-eozin bilan bo`yalgan. 



0b. 20, ok. 10. 

1 - mezenxima hujayralari; 2 - qon tomirlar; 3 - suyak to`sinlari yoki orolchalari; 4 -  os- 

teotsit: 5 - osteoblast. 

 

Hujayralar  orasida  kollagen  tolalar  hosil  bo`ladi  va  bu  tolalar  hujayralarni  bir-biridan 



uzoqlashtiradi. Bunday hujayralarni preosteoblastlar deb hisoblash mumkin. Ular kollagen tolalardan 

tashqari  glikozaminoglikanlar  ham  hosil  qiladi.  Natijada,  hujayra  oraliq  moddasi  oksifil  bo`ladi. 

Preosteoblastlar  osteoblast  hujayralariga  aylanib,  yana  ko`poq  hujayralararo  modda  ishlab  chiqara 

boshlaydi.  Bu  davrni  osteoid  davr  deb  ham  yuritiladi.  Shu  davrga  kelib  osteoblast  hujayralari 

hujayralararo  modda  bilan  o`ralib,  ko`payish  qobiliyatini  yo`qotadi  va  osteotsit  hujayralariga 

aylanadi.  Ammo  chekka  joylashgan  hujayralar  yangi  osteoblastlarga  ayla-nishini  davom  ettiradi. 

Hosil bo`lgan hujayralararo modda (osseomukoid) asosan glikozaminoglikanlardan va kollagendan 

tuzilgan.  Mineral  tuzlar  bu  yerda  yo`q,  chunki  osseomukoid  kaltsiy  tuzlarining  kollagen  tolalariga 

o`tishiga yo`l qo`ymaydi. 

Taraqqiyotining  keyingi  bosqichida  (mineralizatsiya  yoki  kaltsifikatsiya  davrida)  to`qimada 

ko`p miqdorda ishqoriy fosfataza fermenti to`planadi. U organik fosfatlarni, asosan, glitserofosfatni 

karbonsuv va fosfat kislotagacha parchalaydi va mineral tuzlarning cho`kishiga yo`l ochadi. Shu bilan 

birga  hujayralararo  moddada  depolimerizatsiya,  ya’ni  osseomukoid  moddasining  parchalanishi  va 

erib ketishi kuzatiladi. Shu vaqtdan boshlab hujayralararo moddaning organik qismi faqat kollagendan 

tashkil topadi. Fosfat kislota kaltsiy tuzlari bilan birikib kaltsiy fosfat tuzlarini hosil qiladi. Bu tuzlar 

dastavval  amorf  {Ca

3

(PO


4

)

2



]  shaklida  bo`lib,  keyinchalik  ular  gidroksiapatit  [Ca

10

(PO



4

)

6



(OH)

2



kristallarini hosil qiladi. Dastlab hosil bo`lgan suyak to`qimasi noaniq tuzilishga ega bo`ladi va ko`p 

miqdorda dag`al kollagen tolalar va tartibsiz joylashgan gid-roksiapatit kristallaridan iborat bo`ladi. 




 

135 


Shunday yo`l bilan dastlabki dag`al tolali suyak to`qimasi hosil bo`ladi. Bu asta-sekin plastinkasimon 

suyak  to`qimasiga  aylanadi.  Mezenxima  hujayralaridan  hosil  bo`lgan  osteoklast  hujayralari 

hujayralararo moddani yemiraboshlaydi va dag`al tolali suyak to`qimasiga qon tomirlar o`sib kiradi. 

Yangi suyak plastinkalari qon tomirlar atrofida hosil bo`la boshlaydi. Ossein tolalar tartibli joylashib, 

ular ustida yangi osteoblast hujayralari hosil bo`ladi va yangi suyak plastinkasi rivojlanadi. Shu yo`l 

bilan  suyak  osteonlari  hosil  bo`ladi.  Tashqi  general  plastinkalar  qavatn  esa,  suyak  usti  pardasi 

osteoblast  hujayralari  hisobiga  hosi.ch  bo`ladp.  Natijada,  suyak  eniga  o`sa  boshlaydi.  Suyak  usti 

pardasi va endost atrofdagi biriktiruvchi to`qimadan shakllanadi. Keyinchalik embrional davrda 

 

89-  rasm.  Suyakning  tog`ay  o`rnida  rivojlanishi. 



Gematoksilin- eosin bilan bo`yalgan.   Ob. 10, ok.10 

1  -  pufakchasimon  o’zgargan  hujayralar  zonasi;  2  - 

tangasimon ustunchalar zonasi: 3 - 

suyaklanish zonasi. 

 

hosil bo`lgan suyak qaytadan tuziladi. Birlamchi osteonlar 



yemirilib,  yangi  osteonlar  hosil  bo`ladi.  Eski  osteonlar  o`rniga 

yangilari hosil bo`lishi butun umr davom etadi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish