Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o’quv-uslubiy birlashmalari


Rasm1. SLL bilan og‘rigan bemorlarning o‘zgarishsiz xromosomalar kariotipi



Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/410
Sana11.09.2021
Hajmi3,06 Mb.
#172043
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   410
Bog'liq
gematologiya

 
Rasm1. SLL bilan og‘rigan bemorlarning o‘zgarishsiz xromosomalar kariotipi. 
 
 
 
 


129 
 
                
  
SLL. Kariotip 46, ХУ, t(11;14)( 13q32).                             SLL. Kariotip 47,ХХ, +12 
 
 
 
SLL. Kariotip 46, ХУ, del 17p13 
Rasm 2. SLL bilan og‘rigan bemorlarning har xil xromosoma o‘zgarishlari. 
 
     Davolash.  Kasallikni  davolash  usullarining  ko‘pligiga  sabab,  standart  sxemalarning  mavjud 
emasligi, kasallik kechishining  har xilligidir. Davolash dasturlarini tanlashga ayrim omillar xalaqit 
beradi  Masalan,  bemor  yoshi  -  odatda  kasallik  karilarda  ko‘proq  uchraydi.  Ammo  20-30  yoshda 
ham kasallanish uchramoqda. Intoksikatsiya simptomlarining ayrim bemorlarda tez paydo bo‘lishi, 
o‘sma  massasining  tez  o‘sishi,  normal  qon  hosil  bo‘lishining  tez  so‘nishi  kabi  holatlar  davolash 
usulini o‘zgartirishga olib keladi.  
 Kasallikni davolash uchun sitostatiklar buyuriladi.  Sitostatiklarni qo‘llashda eski an'anaga asosan 2 
xil yondashiladi. 


130 
 
 1. 
Bemorda  kam  namoyon  bo‘lgan  limfadenopatiya  fonida  leykotsitlar  sonining  oshishi 
kuzatilsa, leykeran buyuriladi.  
2. 
Leykotsitlar  soni  biroz  oshgan,  limfadenopatiya  yaqqol  namoyon  bo‘lsa,  siklofosfan 
beriladi. Leykeran 10mgdan kunda 1 mahal, siklofosfan 200-400 mg kunda 1 mahal beriladi. Davo 
samaradorligi  simptomlar  kamayishi  bilan  baholanadi.  YUqori  leykotsitozda  davo  vaqtida  uning 
soni 20-50x109/lgacha tushishi va intoksikatsiya belgilari to‘liq  bartaraf qilingan taqdirdagina davo 
samarali  bo‘lganini  aytish  mumkin.  Klinik  yaxshlanishga  erishishdan  va  bemorni  odatiy  hayot 
tarziga  qaytarishdan  so‘ng  saqlab  turuvchi  terapiya  buyuriladi  (leykeran  4-8  mg  kunora,  M.D. 
Brilliant taklifi bo‘yicha siklofosfan 200-300-400mgdan kunda 1 mahal, kunora, 10 kun davomida). 
So‘ng  bemorga  2-  hafta,  kam  hollarda  4-hafta  tanaffus  bkriladi.  Tanaffusdan  keyin  siklofosfan 
yuqorida ko‘rsatilgan sxema asosida buyuriladi.Bu davo kursi SLLning hamma formalariga samara 
berashi  isbotlangan.Bemorning  yoshi  20-30  yoshda  bo‘lsa,  monoximioterapiya  samarasiz  bo‘lishi 
mumkin.  Bunday  bemorlarga  Fludarabin  preparati  qisman  remissiyaga  o‘tishga  yordam  beradi. 
Fludarabin preparatining paydo bo‘lishi SLLni davolash taktikasini o‘zgartirdi. Lekin preparatning 
nojo‘ya ta'siri borligi uchun bemorlarda immunosupressiv holat ya'ni infeksiyaga tez beriluvchanlik 
holati  kuzatilmoqda.  Shuning  uchun  oxirgi  yillarda  SLLni  davolashda  poliximioterapiyaning  3 
programmasi  qo‘llanilmoqda.  Preparatlar  kombinirlab  buyuriladi:  fludarabin,  siklofosfan, 
mitoksantron,  deksametazon.  Fludarabin,  siklofosfan,  mitoksantronlar  kombinatsiyasi  30-50% 
bemorlarni  to‘liq  remissiyasini  ta'minlamoqda.  Fludarabinga  chidamlilik  paydo  bo‘lsa,  bemorga 
Campath-1H  (anti-CD52)  antitelasi  monoximioterapiya  yoki  mabtera  bilan  kombinatsiya  qilib 
buyuriladi.  20%  hollarda  musbat  natijaga  erishish  mumkin.  Immunodefitsit  holatini  oldini  olish 
uchun antibiotiklar bilan birga berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.  
  SLLni davolashda splenektomiya operatsiyasi qilinadi. Splenektomiyaga ko‘rsatma: 
- gemolitik kriz (steroid gormonlar bilan ham bartaraf bo‘lmaydigan) 
- gemorragik sindrom bilan kechadigan trombotsitopeniya (steroid gormonlarning    1-2 kursi bilan 
ham bartaraf bo‘lmaydigan)  
- granulotsitlar sonining nolgacha tushib ketishi 
    - taloq o‘lchamining haddan ziyod kattalashishi, og‘riq bo‘lishi,  taloq infarkti; 
  

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish