Mustaqil ish:
1-topshirik: Dastlab tulik gaplar ustunini yozing, sungra ular asosida tuliksiz gaplar xosil kilib qaysi
bulak tushirilganligini belgilang.
2-topshirik: Dastlab tuliksiz gaplar asosida misolar yozing, ularning ishtirokida matn tuzing.
3-topshirik: Suz gaplar ishtirok etgan matn yarating. Matndagi suz-gaplarni ma‘no turlariga yajrating.
5. Mavzuni mustahkamlash Maqsadida talabalardan variant asosida test sinovii utkaziladi.
Mashg‗ulotni yakunlash: Mavzu yuzasidan asosiy fikrlar umumlashtiriladi, talabalar ragbatlantiriladi,
uyga topshiriqlar beriladi; badiiy asarlardan suz – gap va tuliksiz gaplar ishtirokida kartochkalar
tuziladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‗zbek tili grammatikasi. I qism. Toshkent - 1975 yil.
2. M.Mirzaev va boshqalar. "O‗zbek tili" Toshkent – 1978 yil.
3. M.Hamroyev "O‗zbek tilidan ma‘ruzalar majmuasi" Toshkent – 2006 yil.
4. M.Hamroyev "O‗zbek tilidan mashqlar to‗plami" Toshkent – 2006 yil.
7-sEMESTR
1-AMALIY MASHG„ULOT
Mashg„ulot mavzusi: Qo‗shma gap. Bog‗langan qo‗shma gaplar yuzasidan mashqlar
Mashg„ulot rejasi :
1. Qo‗shma gap haqida umumiy ma‘lumot.
2. Qo‗shma gap turlari
3. Bog‗langan qo‗shma gap, uning turlar.
4. Bog‗langan qo‗shma gapda tinish belgilarining ishlatilishi.
Mashg„ulot maqsadi:
1. Qo‗shma gap haqidagi ma‘lumotlarni umumlashtirish.
2. Qo‗shma gapning turlarini farqlash.
3. Talabalar faolligini nazorat va tashkil qilish.
Mashg„ulot jihozi: ma‘ruza matni, mashqlar to‗plami, ko‗rgazmali jadvallar, tarqatma
materiallar, test savollar va boshqalar.
Mashg„ulot mazmuni
Ikki va undan ortiq grammatik asosning mazmun, grammatik va intonatsiyaga ko‗ra
birikishidan hosil bo‗lgan gap qo‗shma gap deyiladi. Mas: Quyosh jilmayib boqar va sarg‗aygan
ko‗katlar kokilida shudring jilovlanardi.(O‗.Hoshimov) Bu qo‗shma gap tarkibida ikkita grammatik
asos bo‗lib, ular orasida bir paytda ro‗y berayotgan voqea-hodisalar ifoda etilgan, qo‗shma gap
qismlari esa zidlov bog‗lovchisi yordamida o‗zaro birikkan.
Qo‗shma gaplar qismlarning o‗zaro birikish usuli va semantik munosabatiga ko‗ra uch xil
bo‗ladi6 1) bog‗langan qo‗shma gap 2) ergashgan qo‗shma gap 3) bog‗lovchisiz qo‗shma gap.
Qismlarning o‗zaro teng aloqaga kirishuvidan tuziladigan gap bog‗langan qo‗shma gap
deyiladi. Ularning qismlari o‗zaro biriktiruv bog‗lovchilari, zidlov bog‗lovchilari, ayiruv
bog‗lovchilari, teng bog‗lovchi vositasidagi –da, -u, (-yu), nA)..na yuklamalari, shuningdek bo‗lsa,
esa yordamchilari vositasida bog‗lanadi. SHunga ko‗ra bog‗langan qo‗shma gaplar quyidagi turlarga
ajratiladi:
1. Biriktiruv bog‗lovchilari yordamida tuzilgan bog‗langan gap.
2. Zidlov bog‗lovchilari yordamida tuzilgan bog‗langan gap.
3. Ayiruv bog‗lovchilari yordamida tuzilgan bog‗langan gap.
4. Teng bog‗lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog‗langan gap.
5. Bo‗lsa, esa yordamchi so‗zlari vositasida tuzilgan bog‗langan qo‗shma gap.
Bog‗langan qo‗shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
1. Bog‗langan qo‗shma gap qismlari o‗zaro biriktiruv bog‗lovchilari yordamida biriksa, shuningdek,
yakka qo‗llanuvchi yo, yoki, yohud ayiruv bog‗lovchilar yordamida biriksa, ular orasiga vergul
qo‗yilmaydi.
2. Bog‗langan qo‗shma gap qismlari o‗zaro zidlov bog‗lovchilari yordamida biriksa, bunday
bog‗lovchilardan oldin vergul qo‗yiladi.
3. Bog‗langan qo‗shma gap tarkibidagi qismlar bo‗lsa, esa so‗zlari vositasida biriksa ham, ular orasiga
vergul qo‗yiladi.
4. Bog‗langan qo‗shma gap tarkibidagi qismlar takrorlanuvchi
ayiruv bog‗lovchilar yoki inkor yuklamasi yordamida biriksa, takrorlanib kelgan bog‗lovchidan
oldin vergul qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |