62
Bolalar bir-birining ishlariga baho beradi, elementlar mehnat ko‘nikmasini egallaydi,
muloqotchanlikka o‘rganadi, nutqi rivojlanadi.
Voqyaband ijroli o‘yinlarni o‘ynash paytida ham bolalar o‘zaro bir-birlari bilan
munosabatga kirishishlari uchun imkon yaratiladi. Ro‘llarni taqsimlashda, ijro etishda o‘zaro
kelishish jarayoni kechadi. Masalan ‘Mehmon-mehmon”, “Xola-xola”, “Do‘xtir-do‘xtir” o‘yinlarni
o‘ynash jarayonida bolalarda shunday holatni kuzatish mumkin. Faol bola ro‘llarni o‘zi
taqsimlaydi. Men-otasi, sen-tog‘asi, sen-onasi, sen qiz bolasi, sen-o‘g‘il bolasi, sen-xolasi va
hakoza. Sen mehmonlarni o‘tirishga taklif qilasan, sen choy keltirasan, xolasi bunday deydi,
tog‘asi unday deydi deb o‘yin jarayonini boshidan oxirigacha boshqaradi. Kichik guruhlarda
o‘yinni asosan tarbiyachi boshqaradi. Katta, maktabga tayyorlov guruh bolalarida o‘zlari
mustaqil o‘yin tanlash, ro‘llarni taqsimlash, o‘yinni boshqarish ko‘nikmasi shakllangan bo‘ladi.
Bunday ko‘nikmaning shakllanishi tarbiyachining ilk yoshli davridan boshlab o‘zi boshchiligida
voqyaband ijroli o‘yinlarni muntazam tashkil qilishi bilan bog‘liqdir. Ertalabki soatning mustaql
faoliyat qismida, kechki saotlarda tarbiyachi bunday o‘yinlarni o‘ynashlariga ko‘proq e’tibor
qaratishi maqsadga muvofiq. Kunning ikkinchi yarmida badiy adabiyot mashg‘ulotlarda
o‘rganilgan ertaklarni bolalar ijrosida “Qo‘g‘irchoq teatri” tashkil qilish yoki ertakni inssinirovka
qilish ham muloqotchanlikka o‘rgatadi va bolalarning nutqini rivojlantiradi.
Mashg‘ulotlar paytida tarbiyachi bilan bolalar, bolalar o‘zaro bir-birlari bilan munosabatda
bo‘lishlari uchun sharoit yaratiladi. Juftlikda, kichik guruhlarda ishlashlari tashkil qilinadi.
Suhbat, kichik guruhlarda ishlash, ro‘lli o‘yin metodlaridan foydalanish jarayonida muayyan
bilim, ko‘nikma malakalarni egallashlari bilan birgalikda tarbiyachi va tengdoshlari bilan
muloqotga kirishadi. Topshiriqni, vazifani bajarishda tengdoshlari bilan kelishishlariga, o‘z
fikrini o‘tkazishga, isbotlashga, o‘rtog‘ining fikrini inobatga olishlariga to‘g‘ri keladi.
Bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilishlariga ko‘maklashadigan mashg‘ulotlar
matnlaridan namunalar. “Bolajon” dasturidagi ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi bo‘yicha
ko‘rsatilgan ta’lim-tarbiya vazifalarini to‘laqonli ravishda amalga oshirish uchun faqat MTM dagi
ishlar yetarli emas. Ota-onalar bolalarining MTM da olgan bilimlarini to`ldirishda va
mustahkamlashda ko`maklashadi. Shu bois,tarbiyachi bolalarning oilada kattalar va tengdoshlari
bilan muloqotga kirishishlari bo`yicha ota-onalarga tegishli maslahatlar, tavsiya berish ishlarini
rejalashtirishlari lozim. Ota-onalar yig‘ilishida anketa savollarini tarqatib javob olish orqali ham
ota-onalarda farzandini muloqotchanlikka o‘rgatish bo‘yicha tasavvur hosil qilishga
yordamlashadi. Anketada quyidagi savollar ko‘rsatiladi.
-Farzandingiz oilada kimlar bilan munosabatga kirishadi.
-Kiyimlar o‘yinchoqlar haqida boshqalarga gapirib bera oladimi?
- Bog‘chadagi o‘rtoqlari haqida so‘zlab beradimi?
-Ko‘changizdagi boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadimi?
-Birgalikda o‘ynaydimi?
- Xonadoningizda o‘rtoqlari bilan o‘ynashlari uchun sharoit yaratilganmi?
- Mehmonga borganda tortinmasdan qarindoshlar bilan muloqotga kirishadimi?
-Uyga kelgan mehmonlar bilan-chi?
-Farzandingizga ertak aytib berasizmi?
-Farzandingiz sizga ertak aytib beradimi.
„Bolajon“ dasturida ijtimoiy rivojlanish bo’yicha turli yosh guruhlarida quyidagi ta’lim-tarbiya
vazifalari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: