10.1. Rivojlangan mamlakatlarda soliq tizimi
modellari va ularning belgilari
41
Rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimlari ko’pgina umumiy
xususiyatlari va belgilari bilan bir-biridan ajralib turadi. Ularni biz shartli
ravishda bir necha turlarga bo’lishimiz mumkin:
- amerika modeli;
- yaponiya modeli;
- Yevropa modeli;
- noandozaviy model.
Bu modellarning umumiy belgilari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz:
- rivojlangan qonunchilik bazasining mavjudligi, vujudga keladigan
munozaralar, vazifalar hamda turli xil holatlarni hal etishning huquqiy va
iqtisodiy vositalari, mexanizmlari va usullari;
- soliq organlari tashkil etilishining yuksak darajasi (texnika
vositalari bilan ta’minlanganligi, yuqori ish haqi, zamonaviy aloqa
vositalari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish
darajasi);
- soliq idoralarining soliq to’lovchilari oldida ishonchga va yuksak
obro’ga ega ekanligi;
- vazirliklar va idoralar vazifalarining aniq chegaralanib qo’yilganligi
va ular ishida bir-birini takrorlashning yo’qligi;
- hukumatning vakili bo’lgan va uning nomidan ish olib boradigan
soliq agentining (inspektorining) katta ahamiyatga va obro’ga ega ekanligi;
41
Chet mamlakatlar soliq tizimi. A.Jo'raev – T.: TMI, 2005. 183-b.
244
- kadrlarni tahlil etish, o’rganish, oldidan belgilash, o’qitish, soliq
to’lovchilar (jamoatchilik) bilan aloqalar bo’yicha institutlarning
mavjudligi;
- soliqqa tortish tizimini tashkil qilish, rivojlantirish nazariyasi va
amaliyoti yuksak darajada o’zaro bog’liqligi, qabul qilinadigan
qarorlarning ilmiy asoslanganligi hisoblanadi;
- soliq idoralarining, ayniqsa, axborot almashinish sohasida moliya
organlari va bank tizimi bilan chambarchas bog’liqligidir.
Endi bulardan tashqari har bir modelning bir-biridan farq qiladigan
alohida belgilari to’g’risida to’xtalamiz, birinchi bo’lib amerikacha
modelni ko’rib chiqamiz.
Amerika modeli quyidagi belgilari bilan klassifikatsiyalanadi:
- soliq tizimi bo’yicha soliq to’lovchilarining tushunishi uchun
murakkabligi, shu sababdan mamalakatda 50 mingdan ortiq mustaqil holda
xususiy soliq maslahatchilari ish olib borib, shu tizimga doir bo’lgan
muammolarni echishga harakat qilmoqda;
- mamlakatning soliq tizimi juda katta boshqaruv tizimi hamda
ijrochilik apparatiga egaligi bilan alohida ajralib turadi;
- soliq organlari umumiy tuzilishini mamlakat miqyosida qat’iy
markazlashtirishning yo’qligi, mamlakat soliq idoralarining uch darajali,
ya’ni federal, shtat va shahar darajalarining har bir vakilining to’liq
qarashligi va mustaqilligi;
- naqd pul bilan ishlaydigan kichik biznesning
(savdo rastalaridan savdo
qiluvchilar, ko’chadagi savdo va xizmatlar va shularga o’xshagan faoliyat turlari)
245
daromadlarini nazorat qilishning samarali usullari AQSHda yo’lga
qo’yilmagan;
- noqonuniy daromad manbalari (o’z daromadlarini yashiruvchilar va
soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlovchilar) to’g’risida ma’lumot beruvchi
ko’ngilli axborotchilar tarmog’ining mavjudligi;
Jahon soliq tizimining Yaponiya modeli quyidagi asosiy belgilari
bilan xarakterlanadi:
- moliya, soliq, bank, sug’urta, bojxona xizmatlari va shu kabi davlat
budjetini sarmoyaga to’ldiradigan tizimlar Yaponiya Moliya vazirligi
nazorati ostida hisoblanadi;
- Yaponiyada juda yuksak darajada vatanparvarlik ruhi, mamlakatga,
davlat boshqaruv organlariga, vazirliklarga, mehnat bo’limi bitimini
imzolagan kompaniyaga, firmaga, muassasaga sodiqlik hissi mavjudligi va
natijada kadrlar qo’nimsizligining yo’qligi, shu jumladan soliq organlari
tizimida ham kuzatilmaydi;
- quyidan to yuqorigacha bo’lgan boshqaruv apparati o’rtasidagi
o’zaro munosabatlarda subordinatsiya tamoyiliga qat’iy rioya qilinishidir.
Olis istiqbol uchun oldindan belgilangan ko’rsatkichlarning tuzilishi.
Masalan, borib-borib soliq to’lovchilar va budjetdan nafaqa oluvchilarning sonining oshib
ketish siklini yaponlar hisoblab chiqqan bo’lib, buning natijasida nafaqaxo’rlar sonining oshib
ketishi va soliq to’lovchilar sonining kamayib ketishini aniqlagan.
Yevropa modeli quyidagi belgilari bilan boshqa modellardan ajralib
turadi:
- Yevropadagi mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy birlashishga doimiy
intilish mavjud. Shuning uchun ularning iqtisodiyotdagi ayrim boshqaruv
tizimlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, ular bir-biriga juda yaqin. Shu
boisdan ularning soliq tizimi jahon amaliyotida “Yevropacha model” deb
yuritiladi;
- soliq faoliyatining unitar shakllari mavjud bo’lib, bularga yagona
andozalar, yondashuvlar, talqin qilishlar, soliq deklaratsiyalarining
shakllari, ish prinsiplarini kiritish mumkin.
Noandozaviy yoki moslashgan modellar odatda ayrim kichik hududli
yoki orollarda joylashgan davlatlarda, erkin iqtisodiy zonaga ega (offshor
zonali) davlatlarda va qator boshqa davlatlar (masalan, Kipr,
Lyuksemburg, Maldiv orollari) soliq tizimlarida mana shu model amal
qilishi mumkin. Ular uchun turli soliq imtiyozlari va engilliklari, “soliq
ta’tillari” deb nomlanadigan hududlar shular jumlasidandir.
246
Do'stlaringiz bilan baham: |