9.3. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik
Yuridik adabiyotlarda ma’muriy javobgarlikni qo’llashning ikki asosi
ko’rsatib o’tilgan: birinchidan, qonun – huquqiy (me’yoriy) asos sifatida;
ikkinchidan, ma’muriy nojo’ya xatti-harakat, faktik asos sifatida.
Bu ikkala asos ham O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’z
ifodasini topgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy
javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 1-moddasiga tayanadigan bo’lsak,
soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning huquqiy
asosini – O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi
qodeksi,
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O’zbekiston
Respublikasi Bojxona kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq
xizmati to’g’risidagi qonun va boshqa qonun va qonunosti hujjatlari
(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi
qonunlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining va
Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent
shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining
qarorlari) tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi
kodeksning 10-moddasi 1-qismiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik
deganda (faktik asosi) – qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka
tortish nazarda tutilgan, g’ayrihuquqiy, aybli sodir etilgan harakat yoki
harakatsizlik tushuniladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan, soliq sohasidagi ma’muriy
javobgarlik – qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi,
demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning
muqarrarligi tamoyillariga asoslanadi.
Soliq sohasidagi ma’muriy javobgarliknining asosiy vazifalari bo’lib
esa:
soliq
sohasida
o’rnatilgan davlat boshqaruvini (tartibini);
fuqarolarning huquq va erkinliklarini; ijtimoiy adolat va qonuniylikni
ta’minlash; ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarning o’z vaqtida
va obyektiv ko’rib chiqilishi; bunday huquqbuzarliklarning oldini olish;
fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya
etish ruhida tarbiyalash hisoblanadi.
Umumiy qoidaga ko’ra, soliq qonunchiligini buzganlik uchun
ma’muriy javobgarlikka huquqbuzarlikni sodir etgan paytda o’n olti
yoshga to’lgan fuqarolar tortiladilar. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy
237
Javobgarlik
to’g’risidagi kodeksning 17-moddasiga binoan esa,
O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi
bo’lmagan shaxslar umumiy asoslarda, ya’ni O’zbekiston Respublikasi
fuqarolari singari, ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.
Soliq sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatlaridan kelib
chiqadigan bo’lsak, shaxs nafaqat 16 yoshga to’lgan bo’lishi, balki qonun
hujjatlari bilan unga soliq va boshqa to’lovlarni to’lash majburiyati ham
yuklangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, soliq sohasidagi ma’muriy
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs o’z xatti-harakatlarining oqibatini
tushuna olishi, ya’ni aqli raso shaxs bo’lishi ham kerak.
Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning
ikkinchi asosiy subyekti – bu mansabdor shaxslardir. O’zbekiston
Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 15-modda 2-
qismiga binoan mulk shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotda
muayyan mansabni egallab turgan shaxs, basharti unga rahbarlik, tashkiliy,
farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar
harakati bilan bog’liq bo’lgan vazifalar yuklatilgan bo’lsa, mansabdor
shaxs deb hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ba’zi davlatlarda soliq
qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning alohida
subyekti sifatida – yuridik shaxslar ham namoyon bo’ladi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik
to’g’risidagi kodeksning 2.10-bandiga binoan yuridik shaxslar, 2.6-bandiga binoan esa horijiy
yuridik shaxslarning soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarligi ko’rsatib o’tilgan.
AQSH va ko’pgina G’arbiy Evropa davlatlarida soliq qonunchiligini buzganlik uchun yuridik
shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi belgilangan (bu davlatlarning javobgarlik
tizimida ma’muriy javobgarlik mavjud emas).
Soliq
sohasidagi
ma’muriy
javobgarlikning
o’ziga
xos
xususiyatlaridan biri shundaki, sodir etilgan huquqbuzarlik kam ahamiyatli
bo’lgan taqdirda, bu ishni ko’rib chiqishga vakolati bo’lgan organ
(mansabdor shaxs) huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etishi
mumkin.
Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy jazo qo’llanish
chog’ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi,
uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni engillashtiruvchi va
og’irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.
Amaldagi qonunchilik mazmunidan kelib chiqadigan bo’lsak, soliq
qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni engillashtiruvchi
holatlarga quyidagilar kiradi:
238
aybdorning o’z qilmishidan chin ko’ngildan pushaymon
bo’lishi;
aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi,
yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to’lashi yoki keltirilgan zararni
bartaraf qilishi;
huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og’ir
shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir
etilishi;
huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat
yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir
etilishi;
huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir
etilishi;
huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o’n to’rt yoshgacha
bo’lgan bolasini yakka o’zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiquvchi organ
(mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni engillashtiruvchi
holat deb topishi mumkin.
Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni
og’irlashtiruvchi holatlarga esa quyidagilar kiradi:
g’ayrihuquqiy harakatlarni to’xtatish vakolati bor shaxslar
tomonidan qo’yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish;
ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida
yana o’sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek
huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi;
voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish;
huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi;
huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda
holatlarda sodir etilishi;
huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi.
Ma’muriy jazo chorasini qo’llanuvchi organ (mansabdor shaxs) sodir
etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatni
aybni og’irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
Shaxs ikki yoki undan ortiq soliq sohasidagi ma’muriy
huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ma’muriy jazo har bir
huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo’llaniladi.
Agar shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo’lib, shu
haqdagi ishlar bir vaqtning o’zida ayni bir organ (mansabdor shaxs)
tomonidan
ko’rib chiqilayotgan bo’lsa, bu shaxsga nisbatan
239
qo’llaniladigan jazo og’irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya
doirasida qo’llaniladi.
Ma’muriy jazo soliq huquqbuzarligi sodir etilgan kundan boshlab,
davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan
kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo’llanilishi mumkin.
Jinoyat ishini qo’zg’atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan
bo’lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik
alomatlari mavjud bo’lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo’zg’atishni
rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan
kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo’llanilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi
kodeksning 38-moddasiga asoslanadigan bo’lsak, soliq sohasidagi
ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi, ya’ni
davlat va mahalliy budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga qonun
hujjatlari bilan belgilangan to’lovlarni o’tkazishi shart.
Soliq
sohasidagi
ma’muriy huquqbuzarliklarning tarkibi -
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning
“Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun
ma’muriy javobgarlik” deb nomlangan XIII bobida ko’rsatib o’tilgan.
Unga ko’ra quyidagi soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy
javobgarlik qo’llaniladi:
1)
Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin
tovlash;
2)
Daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etishdan bo’yin
tovlash, deklaratsiyani o’z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin
noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish;
3)
Soliq solinadigan obyektlarning hisobini olib bormaslik yoki
kassa operatsiyalarini yuritish tartibini, shuningdek to’lov intizomini
buzish;
4)
Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish;
5)
Soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo’llanish
tartibini buzish va boshqalar.
Masalan, Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash (O’zbekiston
Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 174-moddasi). Soliq olinadigan
foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko’rsatish) yoxud
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashdan qasddan bo’yin tovlash - fuqarolarga eng kam ish
haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan yetti
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo’lsa, - fuqarolarga eng kam
ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa o’n
baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
240
Daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etishdan bo’yin tovlash, deklaratsiyani o’z
vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish, - eng kam ish
haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |