231
Har qanday soliq huquqbuzarligi ikki shaklda: qasddan yoki
ehtiyotsizlikdan sodir etiladi.
Soliq huquqbuzarligini qasddan sodir etish quyidagi elementlar bilan
ifodalanadi: xatti-harakatning qonunga xilof ekanligini bilishi; qonunga
xilof xatti-harakatdan zararli oqibatlar kelib chiqishiga ko’zi yetishi;
bunday oqibatlarning kelib chiqishini istashi; yoki ongli ravishda yo’l
qo’yishi.
Soliq huquqbuzarligini ehtiyotsizlik orqasida sodir etish deganda -
soliq huquqbuzarligini sodir etgan shaxs o’z xatti-harakatining qonunga
xilof ekanligi va zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan
ko’ra bilgan bo’lsa ham, lekin ularning oldini olish mumkin deb o’ylagan
bo’lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan
ko’rishi lozim va mumkin bo’lgani holda oldindan ko’ra bilmaganligi
tushuniladi.
Uyqorida ta’kidlaganimizdek, so’nggi yillarda nafaqat soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun
javobgarlik choralari liberallashdi, balki tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash, ular
faoliyatiga asossiz ravishda aralashishlarni oldini olish borasida ham bir qator chora-tadbirlar
amalga oshirildi. Jumladan, “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy
mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal
rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish
to'g'risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Jinoyat
kodeksiga “Tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog'liq
jinoyatlar hamda xo'jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz
qiladigan boshqa jinoyatlar” bobi hamda O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to’g’risidagi kodeksiga “Tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda
aralashganlik hamda xo'jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz
qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik” boblari kiritildi. Unga ko’ra
xususiy mulk huquqini buzganlik; tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-
xo'jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzganlik; litsenziyalash to'g'risidagi qonun hujjatlarini va
ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik hamda imtiyozlar va
preferentsiyalarni qo'llashni g'ayriqonuniy ravishda rad etish, qo'llamaslik yoki qo'llashga to'sqinlik
qilganlik va boshqa huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza
qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki
xizmatchisiga nisbatan javobgarlik choralari belgilandi.
36
Do'stlaringiz bilan baham: