Манба: Ўзбекистон Республика Статистика қўмитаси маълумотлари асосида тузилган.
9
1
Respublika
bо‗yicha
3
2
,3
3
4
,7
3
2
,5
3
4
,5
35
,0
7
4
,7
8
4
,3
8
4
,4
8
4
,6
8
6
,8
8
6
,3
9
8
,4
9
9
,1
9
9
,2
9
9
,4
7
2
,8
8
1
,6
8
2
,4
8
1
,4
8
1
,5
2
Qashqadary
o
43
,6
4
0
,9
3
8
,8
4
0
,6
41
,3
7
9
,2
8
3
,9
8
8
,3
8
6
,3
8
6
,3
9
5
,5
9
9
,1
9
9
,8
1
0
0
1
0
0
8
3
,5
8
5
,3
8
5
,9
8
6
,8
8
8
,8
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi F-3077-son
«Fermer xо‗jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish
choralarini kо‗rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bо‗yicha maxsus komissiya tashkil
etish tо‗g‗risida»gi farmoyishi doirasida kо‗rilgan tashkiliy choralar va amalga oshirilgan
tadbirlar natijasida 2008 yilning 1 oktabriga qadar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan
219976 ta fermer xо‗jaligi yer uchastkalari maqbullashtirilib, 2009 yil 1 noyabriga qadar
ularning umumiy soni 105033 tani, 2010 yilda ularning soni 80628 tashkil qildi va fermer
xо‗jaliklariga jami 5031187,2 gektar yer maydoni biriktirib berildi yoki bunda bitta
fermer xо‗jaligiga о‗rta hisobda ilgarigi 2008 yilda 27,0 gektar, 2009 yilda 56,0 gektar,
2010 yilda 62,4 gektar yer maydoni tо‗g‗ri kelmoqda. Shundan paxtachilik va g‗allachilik
yо‗nalishiga ixtisoslashgan fermer xо‗jaliklari soni 41827 ta bо‗lib, ularga 3534381,5
gektar yoki bitta fermer xо‗jaligiga о‗rtacha 84,5 gektar yer maydoni tо‗g‗ri kelmoqda,
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xо‗jaliklari soni 4036 ta bо‗lib, ularga
77087,6 gektar yoki bitta fermer xо‗jaligiga о‗rtacha 19,1 gektar yer maydoni tо‗g‗ri
kelmoqda, bog‗dorchik va uzumchilik yо‗nalishiga ixtisoslashgan fermer xо‗jaliklari
soni 22159ta bо‗lib, ularga 210510,5 gektar yoki bitta fermer xо‗jaligiga о‗rtacha 9,5
gektar yer maydoni tо‗g‗ri kelmoqda, chorvachilik yо‗nalishiga ixtisoslashgan fermer
xо‗jaliklari soni 6099 ta bо‗lib, ularga 989257,8 gektar yoki bitta fermer xо‗jaligiga
о‗rtacha 162,2 gektar yer maydoni tо‗g‗ri kelmoqda, boshqa yо‗nalishga ixtisoslashgan
fermer xо‗jaliklari soni 6597 ta bо‗lib, ularga 82462,5 gektar yoki bitta fermer
xо‗jaligiga о‗rtacha 12,5 gektar yer maydoni tо‗g‗ri kelmoqda va uzoq muddatga ijaraga
berildiBunday natijalarga navlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir
mintaqaning tabiy-iqlim sharoitiga mos navlarni tо‗g‗ri tanlash va joylashtirish
gektaridan 60-70 sentnerdan hosil yetishtirish bо‗yicha aniq agrotexnik tavsiyalar va
ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalarning ishlab chiqilganligi va keng joriy
etilayotganligi hisobiga erishilmoqda.
Seleksiya va urug‗chilik ishlarini tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yish maqsadida xorijiy ilmiy
muassasalardan 100 dan ortiq yangi bug‗doy navlari keltirilib, ular mahalliy
sharoitimizda har tamonlama sinovdan о‗tkazilib, serhosil, yuqori sifatli, kasallik va
zararkunandalarga chidamli bо‗lgan 23 ta yangi navlari ishlab chiqarishga joriy etildi.
Bu navlar ichida Kroshka, Polovchanka, Krasnodarskaya-99, Kuma, Moskvich,
Tanya, Yesaul, Fortuna, Vostorg, Pamyat, Selyanka kabi intensiv navlar ishlab chiqarish
sharoitida har gektaridan 60-70 sentnerdan oshirib hosil bermoqda.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan qurg‗oqchilikka va shо‗rga chidamli
hosildorligi yuqori Chillaki, Bobur, Andijon-1, Andijon-2, Andijon-4 О‗zbekiston-1,
Hosildor, Zamin-1, Dо‗stlik, Omad, Makonat, Asr kabi mahalliy bug‗doy navlari
yaratilib Davlat nav sinoviga berildi. Kelgusida har bir mintaqa sharoiti uchun mos yangi
navlar yaratish bо‗yicha ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. Buning uchun Rossiyaning
10
Saratov Yugo-Vostoka, Serbiyaning Noviy sad ilmiy tadqiqot institutlari, IKARDA,
SIMMIT Xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda shu mintaqaga xos bо‗lgan yangi
navlar yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Biroq ayrim viloyat, tuman hamda fermer xо‗jaliklarida boshoqli don ekinlarini
о‗stirishda agrotexnik tadbirlarini bajarishning texnologik talablariga rioya
qilinmaganligi natijasida dondan yuqori va sifatli hosil olinmayapdi.
Buning asosiy sababi boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi
agrotexnika tadbirlarini о‗z vaqtida sifatli qilib о‗tkazmasligidir.
Ayniqsa tuproq unumdorligiga ahamiyat bermaslik, yerni ekishga sifatli
tayyorlanmasligi, organik va ma‘dan о‗g‗itlar yetarli miqdorda va tо‗g‗ri nisbatlarda
qо‗llanilmasligi, g‗allani sug‗orishni о‗z vaqtida va sifatli о‗tkazmaslik, kasallik va
zararkunandalarga hamda begona о‗tlarga qarshi о‗z vaqtida choralar kо‗rmaslik, g‗alla
navlarining hosildorlik imkoniyatidan tо‗la foydalana olmaslik don sifatining pasayishiga
olib kelmoqda.
Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qо‗llaniladigan agrotexnik tadbirlarning
bajarilishining texnologik talablariga tо‗la rioya qilingandagina yanada yuqori va sifatli
don hosili olishga erishiladi.
Umuman olganda g‗alla hosildorligi tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan nav
xususiyati, qо‗llanilayotgan agrotexnik tadbirlarga bog‗liq. Boshoqli don о‗sishi,
rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta‘sir etuvchi agrotexnik tadbirlardan har bir
mintaqaning tuproq va iqlim sharoitiga mos nav tanlash, yerni ekishga sifatli tayyorlash,
navdor va ekish sifati yuqori urug‗lik bilan mintaqa uchun maqbul muddat va meyorda
ekish, ekilgan urug‗likni bir tekisda undirib olish, bug‗doy maysalari tо‗la tuplangan
holda tinim davriga kirishi uchun barcha agrotexnik tadbirlarni о‗tkazish, sug‗orish,
ma‘dan va organik о‗g‗itlar bilan oziqlantirish, о‗suv davrida ildizdan tashqari azotli
о‗g‗itlar bilan oziqlantirish suspenziya sepish, begona о‗tlar kasallik va
zararkunandalarga qarshi kurash, yetishtirilgan hosilni nobutgarchiliksiz yig‗ib olishga
bog‗liq.
Yuqorida keltirilgan boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi
agrotexnik tadbirlarni maqbullashtirilgan holda о‗z vaqtida sifatli qilib о‗tkazilishi
hosildorlik va don sifatini oshiradi. Bularni bajarilishidagi texnologik talablar:
Do'stlaringiz bilan baham: