Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


  Bir  jinsli  sohalar  yorug’ligi  farqini  o’zgartirish



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/77
Sana09.09.2021
Hajmi4,54 Mb.
#169572
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
tasvirlarga raqamli ishlov berish

2.  Bir  jinsli  sohalar  yorug’ligi  farqini  o’zgartirish.  Tasvirlardagi  bir  jinsli 
sohalar  yorug’ligining  kam  farqliligi  eng  keng  tarqalgan  kamchiliklardandir. 
Buning  sababi  tasvir  nuqtalarining  yorug’lik  darajasi  aniqlanish  sohasining 
kichikligi  yoki  yorug’lik  darajasini  baholash  vositalarining  kamchiligidir.  Bu 


kamchilikning  oldini  fotografik  usullar  yordamida    ta’mirlash  yo’li  bilan  olish 
mumkin,  lekin  barcha  yorug’lik  darajalarini  yuqori  aniqlikdagi  uzatish  odat-  da 
juda  mushkul  bo’lganligi  sababli  qo’yilgan  masalani  yechish  qiyin.  Agar  tasvir 
sonli  ko’rinishda  bo’lsa,  ixtiyoriy  darajadagi  yorug’lik  qiymatlari  osongina 
uzatilaveradi.  
Bir  jinsli  sohalar  yorug’lik  darajasining  farqini  oshirish  uchun  manba 
tasvirdagi  nuqtalarga  turli  sohalar  bir-biridan  ajralib  turadigan  qilib  yangitdan 
qiymat  berib  chiqish  tushuniladi.  Bundan  har  bir  nuqta  atrofdagilarga  bog’liq  
bo’lmagan holda qaraladi.  
Ko’pincha tasvirdagi ob’ekt yorug’ligi fon yorug’ligidan juda kam farq qiladi, 
ob’ektni sifatli  ajratib olish uchun avvalo bu yorug’lik  darajalari orasidagi farqni 
kuchaytirish zarur.  
 
Buni  amalga  oshirishning  eng  oddiy  usullaridan  biri  f
ij
  yorug’lik  darajasini 
g
ij
 ga funktsional akslantirishdir: g 
ij
=R(f 
ij
). 
Ko’pincha  bu  maqsadda  chiziqli  funktsional  akslantirishdan  foydalanadi 
(5.1-chizma). CHiziqli akslantirish jarayonining yo’llaridan birini ko’rib chiqaylik.     
 
   
        g
ij
                                                                    g
ij
        
 
 
 
                                                                              
                                                                                                   
 
 
 
                                                   f
ij          
                                                            f
ij 
 
 
 
 
 
5.1-chizma 
Z
max
  va  Z
min
  manba  tasvirdagi  eng  katta  va  eng  kichik  yorug’lik  qiymatlari 
bo’lsa, uni (O, R) oraliqqa yoyish formulasi quyidagicha: 
 
g
ij
=R(f
ij
)= Z/Z
max
-Z
min
[f
ij
-Z
min
]   
 
CHiziqli  akslantirish  oson  qo’llanadi  va  odatda  qoniqarli  natija  beradi.  SHunga 
qaramay  yaxshiroq  natija  olish  uchun  o’zgacha  urinishlarning  amalga  oshirilishi 
tabiiy.  Ko’pincha  iste’molchi  tajriba  asosida  o’zi  topgan  akslantirish 
funktsiyasidan  foydalanishga  majbur  bo’ladi  va  bu  funktsiya  odatda  chiziqlimas 
ko’rinishda bo’ladi. 
Bunday  jarayonlardan  biri  solyarlash  caolar  (light)-quyosh  (nuri)  1: 
g
ij
=1/2f
ij
[k-f
ij
],    ya’ni  yorug’lik  va  uning  negativi  ko’paytirilib,  natijani  [0,1] 
oraliqqa  keltirish  uchun  1/k
2
  koefftsientga  ko’paytiriladi.  g
ij
  funktsiya  maksimal 
qiymatga  f
ij
=k/2  qiymatda  erishishini  ko’rish  qiyin  emas,  ya’ni  tasvirdagi 
yorug’ligi k/2 ga yaqin bo’lgan nuqtalar sezilarli ravishda kuchaytiriladi. 
 
Ba’zan  poevdostereoskopik  samarali  nuqtabay  akslantirish  qo’llaniladi.  By 
jarayon  solyarlashga  o’xshab  ketadi  va  faqat  ko’paytirish  amali  oldidan  pozitiv 


(negativ)  negativga  (pozitivga)  nisbatan  bir  necha  elementga  siljitilishi  bilan  farq 
qiladi, ya’ni:    
g
ij
=R[1/k
2
(f
i+a, j+a
) (k-f
ij
)]             odatda a

3. 
 
 
SHu  nuqtabay  akslantirish  guruxiga  tasvirdagi  bir  jinsli  soxalar  yorug’ligi 
farqini bo’lakli - chiziqli kuchaytirish operatori ham kiradi. Bu operator funktsiyasi 
grafigi  5.2-chizmada  keltirilgan.  Bunday  almashtirish  yorug’lik  darajalari 
cheklangan  ekranga  yorug’lik  darajasini  aniqlanish  soxasi  keng  bo’lgan  tasvirli 
akslantirish uchun qo’llaniladi. 
          g
ij                                                                                                        
g
ij 
 
 
 
 
 
 
                    5.2-chizma.              f
ij                                                
5.3-chizma
           
f
ij 
 
Manba  tasvirdagi  yorug’lik  darajasining  o’zgarish  sohasi  5.3-chizmada 
berilgan.  Bu  almashtirish  manba  tasvirdagi  yoruglik  darajasi  qiymatlarining 
ma’lum oralig’ini ajratish imkonini beradi (masalan biror ravshan rang bilan). 
 
Tasvirdagi  ma’lum  yorug’lik  oralig’ini  ajratib  olish  interaktiv  (EHM  ishiga 
iste’molchi aralashgan) usulda keng qo’llanadi. 
Tasvirdagi bir jinsli sohalar yorug’lik darajalari farqini kuchaytirishning tezkorlik, 
murakkablik, samaradorlik va boshqa xususiyatlari bilan farqlanuvchi turli usullari 
mavjud. 

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish