Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Xorijiy investisiyalarni huquqiy himoyalash va sug’urtalash



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
2.7. Xorijiy investisiyalarni huquqiy himoyalash va sug’urtalash 
 
Chet  el  investisiyasi  yo’nalishlaridan  biri  boshqa  mamlakatlarga  qaraganda 
ma’lum  bir  ustunliklarga  ega  bo’lgan  MDH  mamlakatlari  bilan  hamkorlik  qilishdir. 
Bu  avvalo  geografik  yaqinlik,  ko’p  yillik  ish  tajribasi,  hamkorlar  haqida 
ma’lumotlardan  xabardorlik,  bozor  kon’yunkturasini  bilishdir.  MDH  mamlakatlari 
tomonidan  qabul  qilingan  «O’zaro  huquqlarni  tan  olish  va  mulkiy  munosabatlarni 


 
61 
tartibga  solish  to’g’risidagi»  kelishuv  qo’shma  tadbirkorlik  uchun  keng  huquqiy 
asoslarni  yaratadi.  SHuningdek,  «Investisiya  faoliyati  sohasida  hamkorlik 
to’g’risidagi»,  «Investor  huquqlarini  himoya  qilish  to’g’risidagi»  kelishuvlar  ham 
qabul  qilingan.  Ukraina,  Belorussiya  va  boshqa  mamlakatlar  bilan  ikki  tomonlama 
kelishuvlarning qabul qilinishi  ham  yaqin xorij  mamlakatlarini  investisiyalash uchun 
qulay sharoitlar yaratadi.  
Mablag’larni  xorijiy  investisiya  sifatida    kiritish  bir  qator  tavakkalchiliklarga 
duch keladi. Chet el mamlakatida soliq yoki valyuta tizimida ro’y bergan o’zgarishlar 
natijasida  investor  o’z  mablag’laridan  to’laligicha  yoki  qisman  mahrum  bo’lishi 
mumkin.  Xorijiy  investisiyalarning  ko’p  yillik  tajribalari  bunday  tavakkalchiliklarni 
bartaraf qilishning turli xil usullari ishlab chiqilgan.  Bozor iqtisodiyoti amal qiluvchi 
iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarda  chet  el  investorlari  huquqlarini  himoya 
qilishning uch darajasi mavjud.  
Birinchi bosqich bu mamlakatlarning konstitusiyalari darajasida bo’ladi.  
Ikkinchi bosqich ikkitomonlama hukumatlararo kelishuvlardan iborat.  
Uchinchi  bosqich  davlatlar  va  ularning  fuqarolari  o’rtasida  investisiya 
muammolarini tartibga solish Konvensiyasida ishtirok etishdir.  
O’zbekistonda xorijiy investorlar huquqi mos keluvchi qonun bilan belgilangan 
bo’lib,  Bu  qonun  xorijiy  investorlarning  investisiyalari  rekvizisiya  yoki  musodara 
qilinmasligini  kafolatlaydi.  Milliylashtirish  yoki  rekvizisiya  amalga  oshirilgan 
hollarda  chet ellik  investorga  tezlik  bilan  mos  keluvchi  tovon  puli  to’lanadi.  Tovon 
puli  investisiya  kiritilgan  valyutada  to’lanishi  lozim.  Chet  ellik  investorlar  davlat 
organlari  yoki  ayrim  mas’ul  shaxslarning  hatti-harakatlari  natijasida  qo’ldan 
chiqarilgan foydani qoplash uchun to’lov olish huquqiga egalar. 
MDH  mamlakatlarining  qonun  hujjatlarida  chet  el  investisiyalari  ishtirokidagi 
korxonalar mulki va tavakkalchiligini sug’o’rtalash mamlakat qonunchiligida boshqa 
holat  ko’rsatilmagan  bo’lsa  korxonaning  ixtiyoricha  amalga  oshiriladi.  Ilk  bora 
xorijiy  investisiyalarning  davlat  tomonidan  sug’o’rtalanishi  AQSHda,  keyinchalik 
Germaniya va Yaponiyada qo’llangan. AQSH boshqa  mamlakatlar bilan  imzolovchi 
kelishuvlar  AQSH  Hukumatining  subrogasiya  huquqi  bilan  mustahkamlangan. 


 
62 
Subrogasiya  chet  eldagi  amerikalik  xususiy  investorlarning  tavakkalchiligi  AQSH 
hukumatiga  o’tishini  anglatadi.  Bu  holda  investorlar  AQSHda  o’z  investisiyalarini 
sug’o’rtalagan  bo’lsalar,  Amerika  hukumati  ularga  etkazilgan  zararni  qoplaydi. 
Bunday  tizim  mulk  ekspropriasiya  qilingan  yoki  shunga  o’xshash  boshqa  hollarda 
xususiy investorlarga etkazilgan zararning qoplanishini kafolatlaydi. 
Mablag’larni uzoq muddatli korxonalar qurilishiga kiritishda bank kafolatlaridan 
ham  foydalaniladi.  Bank  kafolatlari  xorijiy  investisiyalar  ishtirokchilarining  o’z 
majburiyatlarini  bajarishini  ta’minlash  vositasi  bo’lib  xizmat  qilishi  mumkin.  Bank  
topshiriqlari  fuqarolik  huquqi  normalari  bilan  tartibga  solinadi.  Kafolat  sifatida 
garovdan  foydalanish  mumkin  bo’lib,  u  bo’yicha  chet  ellik  investorlar 
mamlakatimizda  qonuniy  asosda  ochiqko’ngil  bo’lmagan  mahalliy  tadbirkorlarni 
tarovga  qo’yilgan  mulkni  tortib  olish  tahdidi  ostida  o’z  majburiyatlarini  bajarishga 
majburlash  imkoniga  ega  bo’ladi.  Keyinchalik  u  garov  egasi  tomonidan  kimoshdi 
savdolarida huquqiy va jismoniy shaxslarga milliy yoki xorijiy valyutaga kelishilgan 
narxda sotishi mumkin. 
Respublikamizda chet el investisiyalarini davlat tomonidan tartibga solinishidan 
asosiy  maqsad  kapital  olib  chiqishni  tertibga  solish,  uning  noqonuniy  ravishda 
respublikamiz  hududidan  chetga  chiqarilishini  cheklash  hisoblanadi.  Bu  maqsadda 
pasport  bitimini  rasmiylashtirish  asosida  yagona  bojxona-valyuta  nazorati  tizimi 
yo’lga  qo’yilgan  bo’lib,  kapitalni  yashirin  olib  chiqishni  ma’lum  ma’noda  cheklab 
turadi. Yana bir cheklov turi kapitalni olib chiqishni Litsenziyalash hisoblanadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  jahon  iqtisodiyotiga  integrasiyalangan  sari 
mamlakatimizda  va  chet  elda  amalga  oshirilayotgan  bevosita  investisiyalar    hajmi 
o’sib  bormoqda.  Respublika  Prezidenti  Farmoniga  ko’ra  O’zbekistonda  chet  el 
investisiyalarini  notijorat  tavakkalchiliklaridan  sug’o’rtalash  bo’yicha  Xalqaro 
agentlik va chet ellik investorlarga kafolat taqdim etuvchi Respublika korporatsiyalari 
tuzilgan. 
Investisiyalarning  yana  bir  yo’nalishi  xorijiy  kapitalning  korxonalarni 
xususiylashtirishi  hisoblanadi.  Respublikamizda  ushbu  sohada  qonun  hujjatlarining 
qabul  qilinishi  chet  ellik  investorlarning  xususiylashtirish  jarayonida  ishtirok  etish 


 
63 
imkoniyatlarini  belgilab  beradi.  Bu  jarayonda  quyidagi  sub’yektlar  ishtirok  etishi 
mumkin:
1
 
• 
chet  ellik  huquqiy  shaxslar,  jumladan,  joylashgan  mamlakat  hududida 
qonunchilik asosida investisiya operasiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan 
kompaniya, firma, korxona va assosiasiyalar; 
• 
chet  el  fuqarolari,  chet  elda  doimiy  yashash  joyiga  ega  mamlakatimiz 
fuqarolari,  ular  xo’jalik  faoliyatini  yuritish  uchun  doimiy  yashayotgan  mamlakatda 
yoki o’z mamlakatida ro’yxatga olingan bo’lsa; 
• 
xorijiy 
davlatlar 
va 
xalqaro 
tashkilotlar. 
Davlat 
korxonalarini 
xususiylashtirishda  ishtirok  etish  uchun  chet  ellik  investorlar  respublika  hududida 
belgilangan faolitya turini yuritishga ruxsat olishi lozim. 
Chet ellik investor quyidagilarni sotib olishi mumkin: 
• 
xususiylashtirish  jarayonida  tashkil  etilgan  investisiya  konkursi,  tijorat 
konkursi va kimoshdi savdolarida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini; 
• 
tijorat 
konkursi 
va 
kimoshdi 
savdolarida 
aksiyadorlik 
jamiyati 
hisoblanmagan korxonani; 
• 
mavjud  va  tugatilayotgan  korxonalar  mulkini,  shushunigdek,  qurilishi 
tugallanmagan ob’yektlarni; 
• 
davlat korxonasi va uning mulkini. 
Amalda  chet  el  investorlarnining  qimmatli  qog’ozlarga  –  davlatning  qimmatli 
qog’ozlari,  xususiylashtirilgan  korxonalarning  aksiya  va  obligasiyalari,  banklarning 
qimmatli  qog’ozlari,  xususiy  emitetntlarning  qimmatli  qog’ozlariga  investisiya 
kiritishi  keng  tarqalgan.  Qimmatli  qog’ozlarni  chiqarish  turli  maqsadlarni  ko’zlashi 
mumkin.  Ular  byudjet  kamomadini  moliyalashtirish,  ilgari  joylashtirilgan  zaemlarni 
so’ndirish,  soliq  to’lovlarini  bir  tekisda  to’lanishini  taxsilash,  maqsadli  dasturlarni 
moliyalashtirish  va  shu  kabilarga  mo’ljallanishi  mumkin.  Banklar,  xorijiy  firmalar, 
sug’o’rta  kompaniyalari,  brokerlar,  investisiya  va  nafaqa  jamg’armalari,  tijorat 
                                                
1
 
Аникеева-Науменко  Л.О.,  Пересветова  Е.Б.  Международный  маркетинг:  Учебное  пособие  для 
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. –  85 с.
 


 
64 
strukturalari  va  O’zbekiston  aholisi  qimmatli  qog’oz  bozorida  investor  sifatida 
ishtirok etishi mumkin. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish