Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

12.4. Internetdagi reklama 
 
Internetning paydo bo’lishi va keng tarqalishi axborot texnologiyalari rivojlanish 
olg’a  qadam  bo’ldi.  U  hozirda  marketing  kommunikatsiyalarinig  uzviy  va  ajralmas 
bir  qismi  hisoblanadi.  Tarmoqiilgari  misli  ko’rilmagan  kommunikatsiya 
imkoniyatlarini: 
matndan 
tortib 
to 
multimediagacha 
(grafik, 
audio 
va 
videoma’lumotlar)  turli  axborot  bilan  ishlash,  yer  kurrasining  istalgan  nuqtasidan 
(Internetga  100  dan  ortiq  mamlakat  ulangan)  ma’lumotlarni  shu  vaqtning  o’zidayoq 
olish  va  ma’lumotlarni  cheklanmagan  sonli  iste’molchilar  uchun  tarqatish 
imkoniyatlarini  taqdim  etadi.  Bundan  tashqari,  Internetda  axborot  qat’iy 
strukturalangan  bo’lib,  ma’lumotlar  qisqacha  shaklda  berilsada,  ularning  yanada 
to’liqroq  olish  mumkin  bo’lgan  manbalar  ko’rsatiladi.  Internet  texnologiyalari 
shuningdek  axborot  resurslarini  maqsadli  yo’nalgan  holda  izlab  topish  imkonini 
beradi. 
Ommaviy  aloqa  vositasi  sifatida  Internet  juda  katta  salohiyatga  egadir.  Uni 
jamiyat  hayotining  istalgan  jabhasida  –  fan,  ta’lim,  tijorat,  siyosat,  dam  olish  va 
hokazolarda  qo’llash  mumkin.  Bugungi  kunda  yirik  axborot  agentliklari,  xalqaro 
jamg’armalar, sanoat korporatsiyalari, banklar, turistik kompaniyalar, davlat idoralari 
va  ommaviy  axborot  vositalari  elektron  shaklda  o’z  ma’lumotlarini  Internetning 
www-serverlarida  joylashtirmoqda.  AQSH,  g’arbiy  Evropa  mamlakatlari  (Buyuk 
Britaniya,  Fransiya,  Germaniya)  va  Yaponiyada  Internet  allaqachon  keng 
qo’llanuvchi biznes vositasiga aylanib ulgo’rgan. 
Bugungi kunda Internetdagi web-sahifalarning katta qismini korporativ serverlar 
tashkil  qilib,  ularda  kompaniyalar  va  ularning  faoliyati  to’g’risidagi  ma’lumotlar 
joylashtirilgan:    yangi  mahsulot  va  xizmatlar  anonsi  e’lon  qilinadi,  prays-listlar, 
kataloglar,  yo’riqnoma  va  spravochniklar,  xalqaro  kompaniyalar  vakillarining  turli 
anjumanlardagi ma’ruzalari va turli xil ixtisoslashgan nashrilarga bergan intervyulari, 


 
276 
ya’ni  fayl (matn, rasm, ovoz, video)  shaklida berilishi  mumkin bo’lgan  ma’lumotlar 
beriladi. Internet tomonidan reklama beruvchilarga taqdim etiluvchi  imkoniyatlardan 
yana  biri  ma’lumotlarni  matbuot  nashrlari  uchun  an’anaviy  bo’lgan  shaklda  tashrif 
buyuruvchilar  eng  ko’p  bo’lgan  joylarda  (qidiruv  xizmatlari,  elektron  gazeta  va 
jurnallar,  turli  xil  provayderlar  orqali  internetga  ulanish  nuqtalari  va  hokazo) 
joylashtirishdir. Internet reklamasining matbuotda beriluvchi reklamadan asosiy farqi 
ma’lumotlar  manbasiga  bitta  klavishani  bosish  bilanoq  murojaat  qilish 
mumkinligidadir.  Tobora  ko’plab  kompaniyalar  an’anaviy  ommaviy  axborot 
vositalari bilan bir qatorda Internetdagi axborot tadbirlaridan foydalanmoqdalar. 
Elektron  reklama  bozorining  asosiy  ishtirokchisi  reklama  beruvchilar,  reklama 
uchun  mo’ljallangan  maydonlarni  taqdim  etuvchilar  –  virtual  savdo  markazlari, 
ommaviy  direktoriyalar,  yirik  nashriyotlarning  elektron  shakllari,  ko’ngilocharlik 
serverlari va reklama agentliklari bo’lib, ular eng ommaviy www-sahifalarda reklama 
materiallarini joylashtirishni taklif qiladilar. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish