12.7. Jahon reklama bozori holatining o’ziga xosliklari va tendensiyalari
Jahon reklama bozori shunday muhitki, unda real raqobat sharoitlarida
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni eksport qilishga ko’maklashuvchi
reklama tadbirlari amalga oshiriladi. Qoidaga ko’ra, ushbu muhitning o’ziga
xosliklari bu ishga yordam bergandan ko’ra ko’proq unga to’sqinlik qiladi. Shu
281
sababli jahon reklama bozorining o’ziga xos xususiyatlari, holati va rivojlanish
tendensiyalarini yaxshi bilish avvalo tashqi iqtisodiy sohada yuqori malakali va
marketing muhitiga mos keluvchi reklama kompaniyalarini tayyorlash va o’tkazishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Reklamadagi o’zgarishlar uning dinamikasi yuqoriligi bilan izohlanadi. U
bozorda ro’y berayotgan voqea va hodisalarga bir zumda javob qaytaradi va qaysidir
ma’noda bozor indiqatori vazifasini bajaradi. Buning sababi shundaki, bozor
munosabatlari mexanizmining bir qismi bo’lar ekan, o’z ishidagi har qanday
muammo yuz berganda reklama o’zgarib qolgan sharoitlarga moslashishi, o’z
shaklini almashtirishi va o’zgartirishlar kiritishiga to’g’ri keladi. Mahsulot va
xizmatlarni sotishdagi qiyinchiliklarga raqobatning kuchayishigina sabab bo’lmaydi.
Yangicha, an’anaviy bo’lmagan muammolar, masalan, energetika, yoqilg’i va
xomashyo inqirozi, atrof-muhitni himoyalash kabi muammolar yuzaga keladi.
Jamiyatning sosial-demografik holati o’zgarib, jamiyat a’zolari o’rtasida qadriyatlar
qayta baholanadi, ularning ma’lumotlilik darajasi o’sadi, iste’molchilar huquqlarini
himoya qilishni maqsad qilib qo’ygan jamoatchilik harakatalri kuchayadi. Tovar
ishlab chiqaruvchilar yaratayotgan tovarlarning texnik ko’rsatkichlarini qayta ko’rib
chiqish, yanada tejamkor va ekologik jihatdan toza konstruksiya va texnologiyalarni
yaratishga majbur bo’ladilar. Ulkan moliyaviy, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik
resurslar hamda jahon savdosining yarmini o’z qo’lida mujassamlagan transmilliy
korporatsiyalar bilan raqobtlashish uchun «ikkinchi eshelon»dagi firmalarning
jumladan, reklamani jadallashtirishlariga to’g’ri keladi.
Bu sharoitlarda iste’molchi uchun ko’rash yanada qizg’inlashadi. Endilikda
mahsulotning yangiligi va mukammalligi uning narxidan ham ustun ahamiyat kasb
etadi. SHu sababli hozirgi paytda bozorda tubdan yangi mahsulot bilan
mukammalroq xizmatlar, sotuv shakl va usullarini taklif qilayotgan firmalar yutib
chiqadi. Reklama xarajatlari xorijiy sanoat firmalari byudjetining katta qismini
tashkil qiladi. AQSHda ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilishning o’ziga
mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanuvchi jami xarajatlarning 5 foizi
sarflanadi. Ommaviy iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi firmalarda esa bu
282
ko’rsatkich yanada yuqori; dori-darmon ishlab chiqaruvchilarda — 20%, atir-upa va
kosmetika — 13,8, oshxona anjomlari — 12,8, spirtli ichimliklar — 11,9, attorlik
buyumlari — 9,4, yuvuvchi vositalar — 8%.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda reklamaga ajratiluvchi mablag’lar
miqdorining kattaligi ko’p jihatdan eng samarali ommaviy axborot vositalarida
reklama uchun mo’ljallangan joy yoki vaqtning qimmatligi bilan izohlanadi. Jahon
bozori uchun xos bo’lgan jarayonardan yana biri bu reklama faoliyatining doimiy
markazlashuvi, yirik reklama agentliklari va reklamani tarqatish vositalari tomonidan
ulardan kichiklarni «yutib» yuborishi hisoblanadi. Reklama beruvchilar va reklama
agentliklari o’rtasida reklama faoliyatining eng foydali qismini o’z qo’lida
mujassamlagan va tobora keng miqyosda reklamani tarqatish vositalarini o’ziga
bo’ysindiruvchi korporatsiyalarning egallagan o’rni yil sayin mustahkamlanib
bormoqda.
Reklama xizmatlari bozoridagi o’zgarishlarga eng katta ta’sirni reklama
beruvchilar ko’rsatadi. Ular nafaqat tovar ishlab chiqaruvchi sanoat firmalari, balki
izlanish, loyihalashtirish, transport orqali tashish, moliyalashtirish, maslahat berish
kabi xizmatlar ko’rsatuvchi servis firmalari ham bo’lishi mumkin. Ommaviy iste’mol
tovarlari ishlab chiqaruvchi monopoliyalar reklama bozoriga eng katta ta’sir
ko’rsatadi. Reklama byudjeti juda ham katta bo’lgan bu korporatsiyalar amalda
ommaviy axborot vositalarini ta’minlab turadi va shu sababli ular yordamida o’z
siyosatini amalga oshirish imkoniga ega bo’ladi.
Reklama xizmatlari bozorini monopollashtirib olarkan, sanoat firmalari o’zlari
ishlab chiqarayotgan tovarlarni sotishga monopoliya oladilar. O’z shartlarini qo’yar
ekan, reklama beruvchi reklama agentliklari va reklamani tarqatish vositalarini katta
miqdorda chegirmalar berish, reklama materiallarini tayyorlash va e’lon qilishda o’zi
uchun qulay va foydali bo’lgan shartlarni qabul qilishga majbur qiladi.
Tovar ishlab chiqaruvchi quyidagi hollardagina reklama kompaniyasi
samaradorligining yuqori bo’lishiga umid qilishi mumkin:
birinchidan, reklama kompaniyasi bozorning dinamikasi tabiatini hisobga olib
oldindan tadqiqot o’tkazgan holda tayyorlansa va o’tkazilsa;
283
ikkinchidan, oldindan tanlab olingan iste’molchilar doirasiga etarli darajada
ta’sir ko’rsatuvchi va ularning yodida qoluvchi reklama mahsuloti yaratilsa;
uchinchidan, kompaniyalar yo’nalishi belgilangan maqsadlarga erishish uchun
maqsadga muvofiq va reklamani tarqatish vositalarida reklama doirasining o’ziga
xosliklarini hisobga oluvchi darajadagi nashrlar bilan ta’minlansa;
to’rtinchidan, turli joydagi va sotuv faoliyatining turli darajasidagi tadbirlar
muvofiqlashtirilsa.
Ushbu shartlar reklama qilinayotgan tovar ommaviy talab mavjud bo’lgan yoki
sanoat yo’nalishidagi tovar bo’lishidan qat’i nazar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |