Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Jamoatchilik fikrini yaratish. «Pablik rileyshnz» tadbirlari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
12.12. Jamoatchilik fikrini yaratish. «Pablik rileyshnz» tadbirlari 
 
«Pablik  rileyshnz»  tushunchasi  XIX  asrning  boshlarida  AQSHda  paydo  bo’ldi. 
Bu  atamaning  muallifi  Mustaqillik  Deklarasiyasining  muallifi,  AQSHning  uchinchi 
prezidenti  Tomas  Djefferson  hisoblanadi.  Bu  so’zlar  bilan  u  jamoatchilik  ishlaridan 
yaxshi  xabardor,  jamiyatga  xizmat  qilish  fikri  bilan  yonib  turuvchi,  jamoatchilik 
fikrini mustaqil ravishda shakllantirishga qodir shaxslarni tavsiflagan. 
Keng ma’noda «Pablik rileyshnz» o’nta asosiy yo’nalishni qamrab oladi:
1
 
•  Jamoatchilik fikri. 
•  Jamoatchilik munosabatlari. 
•  Hukumat aloqalari. 
•  Jamoatchilik hayoti. 
•  Sanoat aloqalari. 
•  Moliyaviy munosabatlar. 
•  Xalqaro aloqalar. 
•  Iste’molchilar bilan munosabatlar. 
•  Tadqiqot va statistika. 
•  Ommaviy axborot vositalari. 
Mamlakatimizda  marketing  tajribasida  pablik  rileyshnz  omma  bilan  aloqa, 
jamoatchilik  fikrini  shakllantirish,  jamoatchilik  bilan  aloqa  tizimi  sifatida  talqin 
qilinadi.  Pablik  rileyshnzning  asosiy  vazifasi  firma  imidjini  yaratish  va  qo’llab-
quvvatlash  hisoblanadi.  Bu  vazifani  hal  qilish  uchun  targ’ibot,  matbuot  chiqishlari, 
barcha axboro tarqatish vositalarida muharrirlik o’rnidan foydalanish kabi elementlar 
                                                
1
  Щегорцов  В.А.,Таран  В.А.,Шойгу  И.А.,Щегорцев  М.В.  Основы  маркетинга:  учебник  для  вузов.  – 
М.:Дело, 2016.- 414 с. 


 
295 
qo’llanadi.  Pablik  rileyshnz  strukturasida  targ’ibotning  o’rni  katta:  homiylik, 
firmaning  sport,  madaniyat,  sog’liqni  saqlash,  ijtimoiy  ta’minot  sohasida  mashg’ul 
bo’lgan  tashkilotva  shaxslarni  mablag’  bilan  ta’minlash,  ko’rgazma  va 
yaramarkalarda ishtirok etish, firma stilini ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlash. 
Pablik rileyshnz sanoat  va tijoratda boshqaruv  funksiyalaridan biridir. Sanoatda 
pablik rileyshnzning ikkita vazifasi mavjud. Birinchi vazifa uchta asosiy jamoatchilik 
guruhi  –  o’z  xaridorlari,  o’z  aksiyadorlari  va  o’z  xizmatchilari  bilan  aloqa 
o’rnatishdan  iborat.  Muvaffaqiyatga  erishish  uchun  ushbu  guruhlar  o’rtasida 
hamkorlikni  yo’lga  qo’yish  va  o’zaro  tushunishni  ta’minlash  zarur.  Ikkinchi  vazifa 
esa jiddiy raqobatchilik sharoitlarida kompaniya tovar va xizmatlarini sotish bozorini 
kengaytirishda namoyon bo’ladi. 
Jahon  bozorida  oxirgi  yillarda  tovar  va  xizmat  ishlab  chiqaruvchilarning 
jamiyatdagi  obro’-e’tiborining  ahamiyati,  ayniqsa,  mahsulotlar  chet  ellik 
iste’molchilarga  mo’ljallangan  hollarda  kuchayib  bormoqda.  Bunga  quyidagi 
yangicha  holat  sabab  bo’ldi:  raqobat  tovarlar  (ayniqsa,  sanoatga  mo’ljallangan 
tovarlar) o’rtasidagi tabiiy va texnologik farqlarning yo’qotilishiga olib keldi. Xaridor 
ta’minotchining  nufuzini  shakllantiruvchi  tadbirkorlik,  ishonchlilik,  tezkorlik  kabi 
moddiy bo’lmagan omillarga ko’proq e’tibor qarata boshladi. 
SHu  sababli  bugungi  kun  sharoitida  tovarni  sotishni  tashkil  etishda  reklama 
faqatgina  tovar  to’g’risida  axborot  berish  bilan  cheklanib  qolsa,  u  muvaffaqiyatga 
erisha  olmaydi.  Mahsulot  va  xizmatlar  reklamasi  iste’molchilarga  etarli  darajada 
saarali  ta’sir  ko’rsatishi  uchun  iste’molchining  qabul  qilishiga  ko’maklashuvchi 
muhit yaratiladi, ya’ni reklama taklifining etarlicha nufuzliligi avvaldan ta’minlanadi. 
Nufuzlilik institusional (mamlakat), korporativ (firma) va tovar darajasidagi reklama 
tadbirlari yordamida shakllantiriladi. 
Nufuzli  reklama  kompaniyalari  uchala  darajada  asosan  mamlakatda,  tarmoqda 
va  firmada  iliq  munosabatlarga,  ya’ni  jamoatchilik  obro’-e’tiboriga  ega  bo’lishga 
yo’naltirilgan pablik rileyshnz reklama tadbirlari yordamida amalga oshiriladi. Firma 
ishlab  chiqaruvchi  tovarlar  sifati  va  texnik  darajasi  nufuzlilikning  muhim  omili 
bo’lib,  nufuzli korporativ reklama  materiallarini  yaratishda eng  muhim dalil sifatida 


 
296 
foydalaniladi.  Firmaning  obro’-e’tibori  katta  bo’lishi  ayniqsa,  uning  o’ziga  xos 
tadqiqotlar  o’tkazilishi,  loyihalashtirish  va  bajarishda  maxsus  malaka  va  zamonvaiy 
texnologiyalarni  talab  qiluvchi  tovar  ishlab  chiqarish  va  sotishdagi  etakchiligi 
to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. 
Shu  tariqa,  pablik  rileyshnzning  maqsadi  o’zaro  tushunishni  ta’minlash 
hisoblanadi.  E.Berneys  ishlab  chiqqan  konsensus  nazariyasiga  asosan  pablik 
rileyshnz ikkita funksiyani bajaradi: 
• jamoatchilikni axborot bilan ta’minlash; 
• jamoatchilikning ishonchiga ko’maklashish, uning tasavvuriga ta’sir ko’rsatish. 
Pablik  rileyshnz  mutaxassislari  amalda  korxonalar  ma’muriyati  fikr  va 
qarashlarining jamoatchilik fikri bilan birlashtirishga xizmat qiladi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish