Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1. Mijozning kreditga layoqatliligi va uni baholashning nazariy asoslari.
2. Mijozning kreditga layoqatliligini baholash ko‘rsatkichlari.
3. “Kvars” aksionerlik tashkilotining kreditga layoqatliligini tahlil qilish va
baholash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ilovalar
Kirish
Iqtisodiy islohatlar chuqurloshib borayotgan hozirga kunda O‘zbekiston
iqtisodiyotini, pul momalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini
mustashkamlashning asosiy yo‘llaridan biri-ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni
takomillashtirishdan iborat. Ishlab-chiqarishni yo‘lg`a qoyish va boshqa
resurslardan to‘g`ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishga qollash, iqtisodlik
tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarni kamaytirish, arzon, lekin sifatli
materiallarni ishlab chiqarishda qo‘lash yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish esa, eng
avvalo, aylanma mablag`larni shakillantirish va ulardan to‘g`ri foydalanishga
bog`liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda tanlangan mavzu shu kunning dolzarb
masalaridan bo‘lganligi bilan ajratib turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa, kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichi kredit
berishda e’tibor qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qoladi. Chunki
tijorat banki o‘z faoliyati natijasi uchun to‘liq javobgar hisoblanadi. Kredit uchun
foiz esa uning asosiy daromad manbai bo‘lib qoladi.
ATB “Agrobank” iqtisodiyotning agrosanoat sektori korxonalari va qishloq
xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini moliyalashtirish va kreditlash
bo‘yicha kompleks xizmatlar, shuningdek qishloq tadbirkorlari va aholisiga keng
ko‘lamdagi sifatli bank xizmatlarini qulay sharoitlarda ilg’or tajribalarga tayangan
holda ko‘rsatadi.
- shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer
xo‘jaliklariga kredit ajratib kompleks tarzdagi bank xizmatlarini ko‘rsatadi;
- qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari, barcha mulkchilik shaklidagi
korxonalar, shu jumladan paxta va g’alla mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash,
tashish vasotishga ixtisoslashgan paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoati
korxonalariga kredit beradi hamda moliyalashtirish mexanizmlarini izchil
takomillashtirib boradi;
- yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, agrosanoat kompleksi
tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik
yangilashga, zamonaviy chet el texnologiyalari va uskunalarini jalb etishga
yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshiradi, shu asosda yuqori sifatli,
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash,
ichki iste’mol bozorini mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan barqaror to‘ldiradi;
- xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli
kreditlari, investitsiyalari va grantlarini jalb etib, keyinchalik qishloq xo‘jalik
ishlab chiqaruvchilari va respublika iqtisodiyoti agrosanoat sektori korxonalarini
ana shu mablag’lar hisobiga qayta moliyalashtiradi.
Kreditga layoqatlilikni baholash korxonaning o‘zi uchun ham katta ahamiyat
kasb etadi. Bu ko‘rsatkichlarning tahliliga asoslanib, ular mol etkazib beruvchilar
xaridorlar va boshqa banklar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishlari mumkin.
Korxonalarni kreditga layoqatligini baholashni tasdiq topgan me’yoriy aktlari
va nizomlariga ta’yangan holda har bitta biznes subektini kreditni, qarzni qaytarib
berish layoqati o‘rganilmog‘i lozim. Bu mezonlar O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy Banki, Iqtisodiyot Vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash
Ko‘mitasi va tegishli Vazirliklar tomonidan tuzib chiqiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarini rivojlanishida kredit munosabatlari va to‘lov
qobiliyatini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Banklar xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning kreditga layoqatliligini baholash orqali risklarni kamaytirishga,
kredit resurslarini oqilona joylashtirish orqali o‘z daromadlarini oshirishga,
moliyaviy barqarorligini mustaxkamlashga erishadilar.
Ijobiy kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichga ega bo‘lgan korxonalar hech qanday
to‘siqlarsiz kredit olishlari va uning hisobidan tovar moddiy boyliklarni sotib
olishi, salmoqli mablag‘larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga, oldindan olingan
kreditlar bo‘yicha qarzlarni to‘lashga yo‘naltirishlari mumkin. Salbiy kreditga
layoqatlilik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan korxonalar bankdan kredit ololmasada, o‘z
moliyaviy ahvolini yaxshilash, ishlab chiqarish, sotuv hajmini, o‘z mablag‘lari
miqdorini, rentabellilik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish
lozimligi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘ladilar.