144
tufayli saqlash tartibini buzish va qayta jinoyat sodir etish holatlarini oldini
olishga qaratilgan davolash-sog’lomlashtirish tadbirlarini
olib borish;
v) jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida mahkumlar
uchun sanitariya va epidemiyaga qarshi
tadbirlarni tashkil etish;
g) mahkumlar orasida tibbiy va gigiyena bilimlarini targ’ib qilish,
hamda ularga sog’lom turmush tarzini singdirish;
d) mahkumlar orasida kasallanish va mehnat qobiliyatini yo’qotish
hollarini tahlil qilish natijasida, ularga nisbatan davolash-profilaktika
tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishlardan iboratdir.
Mahkumlarga ko’rsatiladigan tibbiy xizmat barcha fuqarolarga
ko’rsatiladigan bepul va cheklashlarsiz tibbiy xizmatdan farq qilmaydi.
Mahkumlarga ko’rsatiladigan tibbiy xizmat O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda qabul
qilingan maxsus buyruq, instruktsiya va farmoyishlar bilan tartibga solinadi.
Jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyatiga mahkumlarga tibbiy xizmat
ko’rsatishi uchun maxsus vazifalar bilan belgilab beriladi. Bu vazifalarni
amalga oshirish uchun ma’muriyat tarkibida maxsus tibbiy xizmat bo’limlari
tashkil etiladi. Mahkumlarning tibbiy-sanitariya xizmat bo’limlari o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’lib, bunday bo’limlar jumlasiga tibbiy markazlar,
shifoxonalar, tibbiy ro’yxatga olingan tuberkulyoz, I va II guruh nogironlari
uchun qisqa muddatli maxsus koloniyalar tashkil etilgan. Yuqumli
kasalliklar, tanosil va orttirilgan immunitet tanqisligi kasalligi, giyohvandlik
yoki alkogolizmga chalinganlarni saqlash va davolash uchun maxsus tibbiy
muassasa tashkil etiladi. Tanosil kasalliklariga chalingan mahkumlar
davolanish jarayonida koloniyaning tibbiy bo’limlarida boshqa mahkumlar
bilan birga saqlanadilar.
Orttirilgan immunitet tanqisligi bilan xastalangan, giyohvandlikka yoki
alkogolizmga chalingan shaxslarni maxsus koloniya yoki bo’linmalarda
alohida saqlash nazarda tutilmagan. Bunday mahkumlar boshqa mahkumlar
bilan birgalikda saqlanadilar, lekin ular tibbiy ruyxatga olinadilar, zarur
hollarda ularga tegishli tibbiy yordam ko’rsatiladi. Jumladan, sud tomonidan
tayinlangan tibbiy yo’sindagi majburlov choralarining qo’llanilishi bunday
davolanishning turi hisoblanadi.[ O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar
vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Qamoq
jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm,
giyohvandlik va zaharvandlikka yo’liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy
yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash tartibi to’g’risidagi Nizom”i
(O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda
ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2591).
]
145
Mahkumlarning ayrim zarur hollarda sog’liqni saqlash tizimi tibbiy
xizmatlaridan foydalanishlariga ham yo’l qo’yilishi mumkin. Manzil
koloniyalarida jazoni o’tayotgan mahkumlarning sog’liqni saqlash tizimi
xizmatlaridan navbati bilan foydalanishlariga yo’l qo’yiladi.[ Qamoqqa
olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarga tibbiy yordam ko’rsatish
samarasini oshirish choralari to’g’risida qo’shma buyruq (O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 22-dekabrda 994-son bilan
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan).]
Ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar uchun tibbiy-sanitariya
xizmatlari davlat hisobidan amalga oshiriladi, lekin shunday hollar ham
uchraydiki, bunda mahkumlarga ko’rsatiladigan tibbiy xizmat o’z hisob
varaqlaridagi mablag’ hisobiga amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: