1
Laboratoriya ishi - 2
Mavzu: Бир босқичли буғ – компрессион совитиш машинаси
лаборатория стенди ишлаш параметрларини олиш. Ишлаш циклини
lgP-i диаграмада қуриш
Ishdan maqsad:
1) Sovitish mashinasida sinov o’tkazish.
2) Freon sovitish mashinasining siklini tekshirish.
3) Sovutish mashinasining sovutish unumdorligi va sovitgich koeffitsiyentini aniqlash.
Ishning mazmuni:
Sovutish mashinasining siklini T – S va I – lgP diagrammada 1-2 -2’-3 -3’-4 -1’-1 kontur
bilan ifodalash mumkin. U quyidagi jarayonlardan iborat.
1-2 kompressorda sovitish agentining kondensatsiya temperaturasiga mos keladigan bosimgacha
adiabatik siqilishi.
2-3 kondensatorda ishchi moddadan issiqlikning atrof muhitga olib ketishi,
buning natijasida
qizigan par oxirgi siqilish temperaturasidan kondensatsiya temperaturasigacha soviydi (2-2’
chizig’i).
2’-3 va 3-3’ – parning kondensatsiyalanish va suyuqlikning kondensatsiya temperaturasidan quyi
temperaturagacha sovishi.
3’-4 – rostlovchi ventilda sovigan suyuqlikning drossel jarayoni.
4-1’ – sovitish obyektidan bug’latkichdagi agentiga issiqlikning o’tishi.
Bug’latkichda suyuqlikning to’yingan bug’ bosimiga to’g’ri keladigan temperaturada
qaynaydi. Hosil bo’lgan bug’, kompressorga tushguncha, qizigan bug’ holatigacha qizdiriladi(1-
1’). Haqiqy siklning Karno sikldan farq qiluvchi holatlarini ko’rib chiqamiz:
1) Kengayuvchi silindr rostlovchi ventil bilan almashtirilgan:
Kengayuvchi silindrga
kirayotgan sovitish agentining solishtirma hajmi kam bo’lganligi sababli slindrning
o’lchamlari kichik, bu silindrni yaratish va yasashni qiyinlashtiradi.
2) Suyuqlik rostlovchi ventildan oldin sovitiladi:
Rostlovchi ventildan oldin suyuqlik o’ta sovigan temperaturagacha sovitiladi, t
us
< t
k
o’ta
sovish natijasida suyuq sovitish agentining issiqlik miqdori.
RVdan oldin kamayadi,
buning natijasida qo’shimcha ish sarflanmasdan sovutish unumdorligi oshiriladi.
3) Kompressor sovitish agentinig nam bug’ holida emas, qizigan bug’ holida so’radi. Bug’
sovitish mashinasining nazariy siklida compressor nam parda ishlaydi, bu demak nam parni
so’rib oladi va quruq to’yingan par holatigacha siqadi.
Nazariy tomondan bunday tartibdagi ish ancha qulay, chunki Karno
sikliga yaqinlashuvchi
qaytuvchi siklni amalga oshirishga imkon beradi.
Lekin kompressor nam bug’ bilan ishlaganda bo’shliq fazoda suyuqlikning tomchilari qoladi.
Porshen qayta qaytishda bu suyuqlik tomchilari bug’lanadi, hosil bo’lgan bug’ silindr
hajmining biror qismini egallaydi va yangi so’rilayotgan bug’
miqdori shunga mos ravishda
kamayadi. Natijada uzatish koeffitsiyenti kamayadi, haqiqiy ish ortadi va sovitish koeffitsiyenti
kamayadi
Do'stlaringiz bilan baham: