11-rasm. Axtalash usullari: 1) Zand omburi; 2) Amasov omburi; 3) emaskulyator;
3.1– cho‘chqalarda ovaroektomiya o‘tkazish uchun Nikiforovning emaskulyatori;
4) leshchetka; 5) leshchetka burmasi; 6) Burdiso omburi; 7) Telyatnikov omburi;
8) Xanin-Tinibekov omburi
1 2 3 3.1
4 5 6 7 8
Qonli bichish usuli eng ko‘p tarqalgan bo‘lib hamma hayvon
turlarida qo‘llanadi. Bu usulda moyak bezi va uning ortig‘i to‘laligicha
olib tashlanadi. Asosan, ochiq va yopiq usullar qo‘llaniladi. Birinchi
usulda yorg‘oqni kesgandan so‘ng umumiy qin pardasi kesiladi.
Ichidan moyak bezi chiqarib olinadi va u bilan birga uning ortig‘i
ham olib tashlanadi. Ikkinchi usul bo‘yicha umumiy qin pardasi
kesilmasdan butun qoldiriladi, urug‘don bezi va uning ortig‘ini
o‘rab olgan umumiy qin pardasi bilan birga qo‘shib hammasi kesib
olib tashlanadi. Jinsiy bez elementlarini qisman olib tashlashning
asosiy maqsadiurug‘don bezidan urug‘ suyuqligining chiqishini
taqiqlash. Yuqorida keltirilgan usullarni mazmuniga ko‘ra jinsiy
sterilizatsiya deyish mumkin. Uning ikki usuli ko‘p tarqalgan:
a) jinsiy bezlar parenximasini olib tashlash (ekspression axta-
lash) ularning, asosan, biriktiruvchi to‘qimasi va moyak ortig‘ini
saqlab qolish;
b) tuxumdon dum ortig‘i rezeksiyasi – ba’zan bu usul qo‘ch-
qor va buqalarda qo‘llanadi.
Qonsiz (perkutan) bichish usullari, bichishning mahsuldorligi.
Hayvonlar uchun bu keng tarqalgan usul hisoblanadi. Uning teri
37
ostidan jinsiy bez chilviri butunligini yoki urug‘don bezini buzish
kabi ikki asosiy usuli mavjud.
Moyakning bez chilviri butunligini teri ustidan asosiy ikki usul
bilan buzish mumkin:
a) jinsiy tizimchani teri ustidan maxsus bichish asbobi bilan
chilvir butunligini uzish orqali uning ish qobiliyatini yo‘qotish.
Moyak bezi tizimchasi ezilganda urug‘ bezi oziqlanish jarayonining
buzilishi oqibatida atrofiyaga uchraydi. Boshqa usullarga qaraganda
yaxshi natija beradi. Bunda tana o‘z mahsulotini o‘zi so‘rib olishi
hayvonning o‘sishiga va rivojlanishiga xizmat qiladi;
b) elastratsiya – jinsiy chilvirni kesish (yorg‘oq bo‘yniga elastik
rezinali halqa solish), bu to‘liq nekroz va moyak bezlari bilan birga
yorg‘oqning ajrab tushishi demakdir;
d) sun’iy kriðtorxizmni vujudga keltirish. Jinsiy bezlarni qin
kanali bo‘shlig‘iga kuch bilan itarib, joylashtirib qo‘yish va ularni
o‘sha joyida yorg‘oqning pastki qismidan elastik halqa o‘tkazib
fiksatsiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |