Qon oqishi va uni to‘xtatish
Bunda organizmga qon ivishini oshiruvchi umumiy ta’sir
qiluvchi dori vositalarni qo‘llash va operatsiya qilinayotgan joyga
mahalliy ta’sir ko‘rsatish orqali erishish mumkin. Qon ivishini
oldindan kuchaytirish uchun katta hayvonlarga 500–1000 ml,
kichik hayvonlarga 300 ml mos keluvchi qonni oldindan quyiladi;
qon tomiriga 10 % li kalsiy xlorid eritmasini yirik hayvonlarga
100–150 ml, kichik hayvonlarga 2–9 ml dan; ot zardobini teri
ostiga yoki venaga 100–150 ml dan yuboriladi.
Qon oqishini to‘liq to‘xtatish. Qon oqishini to‘liq to‘xtatish uchun
mexanik, fizik, biologik usullardan foydalaniladi.
Mexanik usullarda qon to‘xtashining eng oddiy usuli tampon
qo‘llashdir. Dokali tamponlarni qon oqayotgan yuzaga qo‘yilganda,
kapillar qon oqishlar osonlik bilan to‘xtaydi. Anatomik bo‘shliqlarda
kuchli qon ketganda ularni doka va bintdan tayyorlangan tamponlar
bilan to‘ldiriladi. Buning uchun Mikulich tamponidan (ikki qavatli
kvadrat shaklidagi doka salfetka) olib, o‘rtasiga doka tasma yoki ið
birkitiladi. Salfetkani konsang qisqich yordamida bo‘shliqqa yuborib,
ichiga doka tamponlar joylashtiriladi, qon oqayotgan tomirlarga
kerakli bo‘lgan bosim ko‘rsatiladi, tasma yoki iðni jarohatdan
tashqari chiqariladi. Ba’zi hollarda bu tamponlarni bo‘shliqda ushlab
turish uchun yara labiga vaqtinchalik chok qo‘yiladi keyin qo‘yilgan
materiallar chiqarib olinadi. Bularning yengil olinishi uchun ular
vodorod perikis eritmasi bilan namlanadi. Qon oqishini vaqtincha
to‘xtatish uchun har xil jgutlar ishlatiladi (2-rasm).
Qon tomirlarini burash (torzirovaniye) – bunday mexanik yo‘l
bilan qon oqishini to‘xtatish tibbiyot amaliyotida keng tarqalgan
25
usullardan biri hisoblanadi. Bunda Koxer va Peana
pinsetlaridan foydalaniladi. Tomirning uzilgan
uchi pinset bilan ushlanib, uni yengil tortiladi va
o‘z o‘qi atrofida bir necha marotaba aylantirilib,
pinset yechib olinadi. Ba’zi hollarda operatsiya
jarayonida tomirlardan kuchli qon oqish
kuzatilsa, pinsetni olishdan oldin tomir burab
qayriladi. Jarohat tubidagi katta tomirlardan qon
oqsa va uni boshqa usullar bilan to‘xtatishning
imkoni bo‘lmasa unga qo‘yilgan pinset
(jarohatda) 12 – 24 soat, ba’zan bir necha
kungacha qoldiriladi. Bu usul bilan urug‘
tizmasidan qon ketishlar to‘xtatiladi (3-rasm).
Tomirlarga ligatura qo‘yish – bu qon
to‘xtatishning muhim usulidir. Qon oqayotgan
tomirlar iðak ið yoki ketgut bilan bog‘lanadi. Tomirni topib, pinset
bilan ushlab yengil tortiladi, so‘ngra pinsetning pastki tomonidan
ligatura qo‘yib xirurgik tugun bilan bog‘lanadi. Ipning uchini 0,5 sm
qoldirib qirqiladi. Ipni atrof to‘qimalardan o‘tkazib uni birgalikda
qo‘shib bog‘lanadi. Ayrim hollarda tomirlarning qon oqayotgan
joyidan uzoqda, tomir yo‘nalishida bog‘lam qo‘yiladi.
Fizik usullar asosan, qon oqishini to‘xtatish uchun sovuq va
issiq qo‘llashga asoslanadi. Ba’zan bo‘g‘im bo‘shliqlari va chuqur
joylashgan to‘qimalardan qon oqishda sovuq loy surtiladi. Issiq usul
sifatida qon oqayotgan joyga qizdirilgan metallar bosiladi. Shunda u
yerdagi to‘qimalar qurib, burishadi, natijada tromb hosil bo‘lib,
qon oqishi to‘xtaydi. Ba’zan qon oqayotgan yuzaga qaynoq suvga
botirilgan tampon qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |