5-Mavzu. Jarrohlik operatsiyalari elementlari.
Jarrohlik operatsiyalari turlari
Ko‘pchilik jarrohlik operatsiyalari uch asosiy qismdan iborat
bo‘ladi: to‘qimalarni kesib ajratish, qon oqishini to‘xtatish va chok
qo‘yish.
Har bir qonli operatsiyalar to‘qimalar butunligining buzilishi
bilan bog‘liq. Shu sababli to‘qimalarga nisbatan ehtiyotlik talab
qilinadi. Buning uchun veterinariya vrachlarini jarrohlik operatsiyalari
o‘tkazishga tayyorlash zarur. To‘qimalarni kesganda qanchalik ehtiyot
bo‘linsa, ularning bitishi shunchalik tez va yaxshi bo‘ladi.
Yumshoq to‘qimalarni ajratish. Yumshoq to‘qimalarni kesganda
katta qon tomirlar, nerv tolalarining shikastlanishiga hamda
muskullarning ko‘ndalang yo‘nalishda kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik
zarur. Agar muskul tolalarining yo‘nalishi qon tomir-nerv
bog‘lamlari yoki chiqaruv yo‘llari yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmasa muskul
tolalari kesiladi. Muskul tolalarini ko‘ndalang kesish patologik
to‘qimalarga yoki organlarga kirish uchun hamda jarohatdan
ajralayotgan suyuqlikning erkin oqib chiqib ketishini ta’minlash
zarur bo‘lganda ham bajariladi. Shu sababli to‘qimalarni kesishda
operatsiya o‘tkazuvchi kesish uzunligi, shakli va yo‘nalishini to‘liq
tasavvur qilgandan keyingina ishga kirishadi.
Kesish uzunligi – shikastlangan joyning kengligiga bog‘liq
bo‘lmay, balki to‘qimalarning chuqur joylashishiga ham bog‘liqdir.
Operatsiya qilinadigan organ qancha chuqur joylashgan bo‘lsa, uni
qoplab turuvchi qavatlarni kesish shuncha uzun bo‘ladi. To‘qima-
larni kesish, albatta, jarrohlikning asosiy qoidalariga amal qilgan
holda olib borilishi zarur. Kesish kattaligi talab qilingan darajada katta
bo‘lish bilan birga, to‘qimalarning kamroq shikastlanishini
ta’minlashiga xarakat qilinadi.
Kesish shakli – ko‘pincha to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi. Lekin o‘sma,
yara va oqmalarni eksterpatsiya qilinganda kesish urug‘simon shaklda
bo‘ladi. Bundan tashqari to‘plangan ekssudatning to‘la oqib chiqi-
shini, chuqur to‘qimalarga kirib borishni ta’minlash uchun turli
shakldagi yamoqsimon kesishlar:burchakli, taqasimon, T harfli va
boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.
24
Kesish yo‘nalishi – teri burmalari, jun qoplamasining o‘sishi va
eng muhimi, chuqur yotgan nerv-qon tomir bog‘lamlari, paylar,
pay qinlari va boshqa hayotiy muhim organlar joylashuviga hamda
ularning yo‘nalishiga qarab kesiladi.
Suyak ajratish – suyaklarni to‘liq kesish uchun varaqli
(plastiksimon), yoysimon, simsimon arralardan, qovurg‘a pichog‘i
va qovurg‘a qaychilaridan foydalaniladi. Qovurg‘a pichog‘i va qovurg‘a
qaychilari bilan qovurg‘alar qirqiladi. Suyak qobig‘ini respotorlar
bilan suyakning ilik qismi,oqma devorlarini o‘tkir qoshiqchalar
(kyuretkalar) bilan qirib olinadi,ajralgan va o‘lgan to‘qimalar olib
tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |