R. X. Maksudov, I. S. Hayitov



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/63
Sana07.09.2021
Hajmi3,71 Mb.
#167442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
toqimachilik tarixi

birinchi navbatda tarmoqqa xomashyo yetkazib beruvchi qishloq
xо‘jaligi, xususan uning paxtachilik, pillachilik, chorvachilik
(qо‘ychilik), shuningdek zig‘ir va kanop tola tayyorlovchi sohalari jadal
rivojlandi. Natijada paxtachilikka, pillachilikka, qо‘ychilikka
ixtisoslashgan yirik-yirik xо‘jaliklar, yetakchi firma va kompaniyalar,
hatto davlatlar paydo bо‘ldi. Masalan, Xitoy, Angliya, Avstraliya, Yangi
Zellandiya, О‘zbekiston va boshqa davlatlar.
Ikkinchidan, tо‘qimachilikning zamon bilan hamnafas rivojlanishi,
uning eng yangi asbob-uskuna va dastgohlar bilan qurollanishi jahon
talablari asosida sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishini
ta’minlash uchun mashinasozlik, xususan tо‘qimachilik mashinasozligi
tarmog‘ini rivojlantirish kerak edi. Bunday korxonalar Rossiyada,
Germaniyada, AQShda, Angliyada, Xitoyda, Avstriyada, Chexiya,
Yaponiya, Koreya va boshqa davlatlarda qurildi. Demak, tо‘qimachilik


20
sanoati talab va ehtiyojlari asosida og‘ir sanoat tarmoqlari, shuningdek
transport, ayniqsa temir yо‘l transporti rivojlandi. Masalan, XIX asr 80
yillaridan boshlab Turkistondan Rossiya markaziga tomon qurilgan
Toshkent-Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi)-Boku, Toshkent-
Orenburg temir yо‘li yoki mustaqillik yillarida О‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Buyuk ipak
yо‘lini tiklash maqsadida о‘tgan asrning 90-yillarida Markaziy Osiyo
davlatlari - О‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va
Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Pokiston jami 10
ta davlat ishtirokida qurilib ishga tushrilgan Tejen-Seraxs-Mashxad
hamda О‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarbayojon-Gruziya ishtirokida
ochilgan Transkavkaz - Trasika temir yо‘li shular jumlasidandir.
Bu yо‘llardan nafaqat О‘zbekiston, balki barcha ishtirokchi
davlatlar, о‘nlab xalqlar katta manfaat kо‘rishdi. Masalan, ilgari
О‘zbekistondan jahon bozoriga mahsulotlar Qozog‘iston-Rossiya-Litva-
Boltiq dengizi orqali chiqarilar edi. Trasika (Transkavkaz) yо‘lining
ishga tushirilishi bilan jahon bozoriga yо‘l va u bilan bog‘liq harajatlar
2 baravarga kamaydi. О‘z navbatida keladigan tovarlar narxi ham
arzonlashdi, ya’ni sarf-harajatlar kamaydi.
Uchinchidan, yengil sanoatning qishloq xо‘jalik mahsulotlari
xususan paxta, pilla, junni dastlabki qayta ishlash tarmoqlari, yigiruv
kabi sohalari jadal rivojlandi. Masalan, shо‘rolarning 70 yillik
hukumronligi davrida О‘zbekistonda atigi 4 ta tо‘qimachilik kombinati
va ularning 30 ga yaqin shaxobchasi qurilgan bо‘lsa, mustaqillikning
о‘tgan 20 yilida 130 dan ortiq yigiruv, tо‘quv va tikuv-trikotaj
korxonalari qurilib foydalanishga topshirildi.
Tо‘rtinchidan, shuni alohida qayd etish kerakki, tо‘qimachilikning,
umuman yengil sanoatning rivojlanishi aholi turmush darajasining
oshuviga, yuzlab va minglab yangi ish о‘rinlari yaratilishiga, albatta
shahar va qishloqlarimiz qiyofasi о‘zgarib obodonlashuviga ham sabab
bо‘ladi.
Yuqordagilardan xulosa shuki, tо‘qimachilik sohasi mamlakatimiz
yengil sanoatining, qolabersa butun iqtisodiyotimizning yetakchi
tarmoqlaridan bо‘lgan istiqbolli tarmoqdir.


21

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish