4. Masxaraboz ijrochiligi qanday xususiyatlarga ega?
5. Qiziqchilik ijrochiligi qanday xususiyatlarga ega? Qaysi regionga xos?
6. Pantomimalar qanday ijro etiladi?
7. Qo`g`irchoq teatrining paydo bo`lish omillari nimada?
8. “Chodir jamol” teatrining asosiy belgilari nimadan iborat? Asosiy personajlari va
repertuarini tavsiflang.
9. “Chodir xayol” teatrining asosiy belgilari nimalardan iborat? Asosiy personajlari va
repertuarini tavsiflang.
10. “Fonus xayol” va yana ijrochi hamda qo`g`irchoq teng turishib o`ynaydigan qo`g`irchoq
teatrlari haqida nimalarni bilasiz?
11. Kachal Polvonning dunyo xalqlari qo`g`irchoq teatrlaridagi tengdoshlari kimlar?
12. UNIMA nima? Uning faoliyati qaysi asosda qurilgan?
13. «Askiya» istilohining mohiyatini nima tashkil qiladi?
14. Askiya qanday ijro etiladi?
15. Askiyaning qanaqa ichki turlari bor?
16. Askiya badiiyati haqida nimalarni bilasiz?
17. Lof janrining o`ziga xos belgilari nimadan iborat?
18. Lof og`zaki nasr namunasimi yoki epizodik og`zaki dramami?
19. Lof qanday ijro etiladi?
20. Lofning kompozitsion asosida nima yotadi?
21. Loflarda badiiy shartlilik nimalarda namoyon bo`ladi?
22. Tubandagi tayanch tushunchalarni izohlang: og`zaki drama, xalq teatri, masxaraboz,
qiziqchi, satirik drama, yumoristik drama, muqallid, pantomima, qo`g`irchoq teatri,
qo`g`irchoqboz, korfarmon, chodir jamol, Kachal Polvon, Bichaxon, chodir xayol, fonus xayol,
safil, UNIMA, askiya, payrov, tutal, rabbiya, so`z o`yini, askiyaboz, lof, epizodik og`zaki drama,
badiiy shartlilik, lofboz.
23. Tubandagi testlardan to`g`ri javoblarni aniqlang:
Xalq orasida to`qilgan sahnaviy asarlar qanday atama bilan nomlanadi?
A) Og`zaki drama E) Askiya
B) Qo`g`irchoq teatri F) Masxarabozlik
D) Lof
5. Masxaraboz va qiziqchilar teatrida nimalar asosiy o`rin tutadi?
A) Dramaturgiya E) Qiziqchi aktyorlar
B) Sahna bezagi F) Barcha javoblar to`g`ri
D) Musiqa
6. Arabcha kulish, sharh va tanqid qilish ma`nolarini anglatuvchi san`at atamasi berilgan javobni
toping?
A) Masxaraboz E) Komik aktyor
B) Qiziqchi F) Askiyachi
D) Muhabbiz
7. “Qo`g`irchoq” so`zi A.Navoiy davrida qanday shaklda istifoda etilgan?
A) Zocha E) O`xshashchiq
B) Zochak F) Qoborchuq
D) Lo``bat
8. Qo`g`irchoqlar qo`lga kiyilib, barmoqlar vositasida harakatlantiriladigan qo`g`irchoq teatri
qanday nomlanadi?
A) Chodir jamol E) Qo`g`irchoq o`yini
B) Fonus xayol F) Qo`g`irchoqbozlik
D) Chodir xayol
9. “Chodir xayol” qo`g`irchoq teatri mohiyati qaysi javobda to`g`ri belgilangan?
A) Unda qo`g`irchoqlar ip yordamida harakatlantiriladi.
B) Unda qo`g`irchoqlar qo`lga kiyilib, barmoqlar vositasida
harakatlantiriladi.
D) Qo`g`irchoqlar qora parda orqasida harakatlantiriladi.
E) Qo`g`irchoq yoki qo`l barmoqlarining soyasi devorga tushuriladi.
F) A va D
10. O`zbek fol’klorshunosligida xalq qo`g`irchoq teatrining tabiati, turlari, tarixi, repertuari,
personajlari tarkibi va qo`g`irchoqbozlari mahorati xususida qator salmoqli tadqiqotlar yaratgan
olim nomi qaysi javobda ko`rsatilgan?
A) H.Razzoqov E) H.Zarif
B) M.Qodirov
F) M.F.Gavrilov
D) L.A. Perepelitsina
11. XY asrda “Qo`g`irchoqbozlar bayoni” xususida maxsus fikr yuritgan olim nomi qaysi
javobda ko`rsatilgan.
A) Husayn voiz Koshifiy
E) Umar Xayom
B) A.Navoiy
F) Zayniddin Vosifiy
D) Husayn Boyqaro
12. Qochirim so`zlarni ilg`ab olish va unga javob topa bilish san`ati qanday yuritiladi?
A) Askiya E) Topishmoq
B) Lof F) Maqol
D) Latifa
13. Muayyan mavzu atrofida ijro etiladigan askiyalar askiyaning qaysi turi hisoblanadi?
A) Tutal
E) “Bo`lasizmi”
B) Rabbiya F) Safsata
D) Payrov
14. Arabcha “zakiy” so`zidan olinib, “so`zamol, zakovatli, o`tkir zehnli” degan ma`nolarni
anglatuvchi janr atamasi qaysi javobda berilgan?
A) Lof
E) Maqol
B) Latifa
F) Matal
D) Askiya
15. Syujeti dialog asosida qurilgan janrni belgilang.
A) Lof E) Topishmoq
B) Doston F) Ramz
D) Maqol
16. Lof janrining eng xarakterli badiiy-tasviriy vositasi qaysi?
A) Tazod E) Metafora
B) O`xshatish F) Ramz
D) Mubolag`a
17. Kuchli mubolag`aga asoslanishi va tabiatida epiklik va dramatiklik o`zaro uyg`unlashib
ketishi bilan ajralib turuvchi fol’klor janri qaysi?
A) Latifa E)
Еrtak
B) Lof F) Afsona
D) Askiya
Do'stlaringiz bilan baham: