Jismoniy tarbiya daqiqalari-nazariy fanlar darslarida 3-6
mashqlardan iborat bo`lib o`tkaziladi va 2-3 minut davom qiladi.
Vazifasi: charchashni kamaytirish, tananing majbur qilingan
xolatiga salbiy ta’sir qilishni tushurish. O`quvchilar diqqatini
aktivlashtirish va o`quv materiallarini o`zlashtirish qobiliyatini
oshirish. Jismoniy tarbiya daqiqalarining ijobiy samarasi aktiv dam
olishning fiziologik mehanizmiga asoslangandir.
Jismoniy tarbiya daqiqalari birinchi charchashlikni sezishdan
keyin yoki dars boshlangandan 20-30 minut keyin o`tkaziladi.
Majmuaning mazmunini: tortilishi mashqlari (umurtqa
pog`onani to`g`irlash, kerishish, nafas olishga), 1-2 mashq
gavdaning yuqori qismidagi muskul guruppalari ishga solish, qad-
qomatni to`g`irlashga qaratilgan mashqlardan iboratdir. Ayrim
mashqlarni partada o`tirgan xolda bajarish mumkin. Xar bir mashqni
4-6 marta takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |