51
ikkilik ezofagostomiya
yoki gastrostomiya, 2-bosqich – radikal operatsiya).
Operativ muolajaning muddatlari juda muhim hisoblanadi. Tug‘ilganlaridan
keyin birinchi 10–12 soatda operatsiyalangan 1-guruh bolalari orasida yashab
ketish 90 %ni tashkil qiladi, bir sutkadan keyin operatsiya qilinganlar 40 %dan
ko‘p holatlarda o‘ladi, keyingi kunlarda letallik geometrik progressiya bo‘yicha
o‘sadi.
Biz nuqsonning operativ sozlanishi texnik masalalarida nafaqat ular bolalarda
operativ jarrohlik haqidagi yangi nashrlarda batafsil ta’riflanganligi sababli, balki
operativ muolaja texnikasi fakultet jarrohligi dasturiga kirmaganligi uchun ham
to‘xtamaslikni ma’qul deb topdik. Bizning nazarimizda yangi tug‘ilganlarning
operatsiyadan keyin chiqarilishini bilish muhim hisoblanadi.
Operatsiyadan keyingi davr. Operatsiyadan keyingi davrda, bir necha kun
davomida antibiotiklar kiritiladi.
Durkun
«sog‘lom» bolalar operatsiyadan keyin
tezda dezintubirlanishi mumkin. Kam og‘irlikdagi, «kasal» yangi tug‘ilganlarda,
odatda,
O‘SV
talab qilinadi. Intubatsion trubka mustaqil nafas olish tiklanishiga
qarab olib tashlanadi.
Saqlanadigan sekretsiya
sharoit yaratadigan
a
telektazlarning
rivojlanishida intubatsion trubka orqali traxeyaning sanatsiyasi ko‘rsatilgan. Bola
so‘lakni yuta boshlamagunicha, burun-halqumdan shilliqni tez-tez so‘rib olish
kerak. So‘rib olishda anastomozning shikastlanish ehtimolini yo‘qotish uchun
belgili so‘rish kateteridan foydalanishadi. Belgi burundan quloq solinchagigacha
bo‘lgan masofaga teng masoda qo‘yiladi.
Ko‘krak qafasidagi drenaj trubkani 10 kunga qoldiriladi, chunki aynan shu
vaqt davomida anastomozning holati izdan chiqishi mumkin.
Bola so‘lakni yuta boshlaganidan suyuqlikni
oz-ozdan
og‘iz orqali kirita
boshlashadi. Keyin miqdorlarini tananing yosh va og‘irligiga moslab hisoblagan
holda, qorishma va sutga o‘tishadi. Agar gastrostoma qo‘yilgan bo‘lsa, unda u
orqali ovqatlantirishni, odatda, operatsiyadan keyingi kun boshlashadi.
Ovqatlantirishni
boshlashdan
oldin
qizilo‘ngachning
rentgenologik
tekshirilishini, chiqarishdan oldin esa, nazorat bujirlanishini o‘tkazish majburiy
hisoblanadi. Operatsiyadan keyingi davrda, shuningdek, birga keladigan patologiya
53
rentgenlash asosida qo‘yiladi. Davo – qizilo‘ngachni bujirlash.
Gastroezofagel reflyuks (GER) ko‘pincha operativ to‘g‘rilanishdan so‘ng QA
va TQT bo‘lgan bolalarda uchraydi. Reflyuks sababi yetarlicha ma’lum emas.
Anastomoz
sohasidagi
taranglik
qizilo‘ngachning
intraabdominal
qismi
qisqarishiga va Gis burchagining tekislanishiga olib kelishi mumkin, deb
hisoblashadi. Bundan tashqari, izolyatsiyalangan TQTli GER bemorlarda
qizilo‘ngachning qisqarishi yoki uning operatsiya vaqtida tortilishi bo‘lmaganligi
haqida xabarlar bor. Bu ma’lumotlar GERning rivojlanishida qizilo‘ngachning
tug‘ma disfunksiyasi ma’lum rolni o‘ynaydi, degan taxminni tasdiqlaydi. Reflyuks
simotomlari qusish, apnoe, aspiratsiya, pnevmoniya, og‘irlik oshmasligi, ezofagit,
qizilo‘ngach anastomozi zonasida siqilishlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: