aylangan taqdirdagina ro’y beradi.
Ta’lim oluvchining bilimlari, ko’nikma va malakalari davlat o’quv
rejalarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.
Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligini
poydevori hisoblanadi.
*o’quv maqsadlariga asoslanganlik; *haqiqiylik
*haqqoniylik; *ishonchlilik; *qulaylik
1. O’quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy
tamoyili o’quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o’quv
maqsadlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. O’quv maqsadlari baholash mazmunini
aniqlab beradi. O’quv maqsadlarining quyilish darajasiga qarab, baholashning shakli
va usullari tanlanadi. Shuningdek, o’quv maqsadlariga erishish uchun bajarilgan
faoliyat natijasi, baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |