O’qituvchi Talaba 1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish


Pedagogik amaliyotda  o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish vositasi sifatida



Download 12,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/251
Sana05.09.2021
Hajmi12,43 Mb.
#165637
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   251
Bog'liq
'BSAT UMK

Pedagogik amaliyotda  o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish vositasi sifatida 
Kreativ 
darajadagi 
axborot 
kompetentligini 
shakllantirish 
uchun 
ATdan 
laboratoriya 
mashgulotlarini  olib  borishi  maqsadga  muvofiqdir  .  Quyi  maktabni  axborotlashtirish  jarayonida 
sodir  bo’layotgan  o’zgarishlarga  tezkor  javob  bo’lib,  laboratoriya  ta’lim  jarayoniga  ilg’or 
o’qituvchilarning tajribasini joriy qilish va talabalarda kichik maktab yoshidagi o’quvchida axborot 
savodxonligini  shakllantirishga  yo’naltirishga  shaxsiy  metodik  ta’minotini  yaratish  bo’yicha 
tajribaning to’planishiga yordam beradi. 
Mazkur laboratoriya  mashgulotlarini tashkil etish  faoliyatining asosiy  yo’nalishlari  quyidagilardan 
iborat: 
- kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish metodikasi sohasida 
ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni o’tkazish;     
-  kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchining  axborot  savodxonligini  shakllantirishning  o’quv-metodik 
va dasturiy ta’minoti bankini yaratish; 
-  boshlang’ich  sinflar  o’qituvchilari  va  boshlang’ich  sinflarda  ish  olib  boruvchi  informatika 
o’qituvchilari uchun metodik seminarlar va talabalar uchkn seminarlar tashkil qilish va o’tkazish; 
-  bitiruv  masala  ishlarini  yozishda  talabalarga  hamda  ishlab  chiqarish  va  diplom  oldi  amaliyotini 
o’tkazishda o’qituvchilarga maslahat yordamini ko’rsatish; 
-  maktablarning  boshlang’ich  sinflarida  informatika  va  axborot  texnologiyalari  sohasida  fakultativ 
mashg’ulotlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar, to’garaklar o’tkazish. 
BTM  fakulьtetida  kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchining  axborot  savodxonligini  shakllantirish 
mashgulotlari  2010  yildan  buyon  ishlab  kelmoqda  .  Laboratoriya  mashgulotlarining  asosiy 
strukturaviy birligi konkret loyihani amalga oshirish uchun tuziladigan pedagoglar va talabalarning 
mobil  (tezkor)  ijodiy  guruhlaridan  iborat.  Loyihalarning  bajarilishi  jarayonida  ijodiy  guruhlarning 
nomi va tarkibi o’zgarib borishi mumkin. Hozirgi vaqtda 6 ta ijodiy guruh ishlab turibdi. 
Ilmiy  va  ilmiy-metodik  ta’minot  bo’yicha  ijodiy  guruh  kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchining 
axborot  savodxonligini  shakllantirish  metodikasi  sohasidagi  ilmiy-pedagogik  tadqiqotlarni  amalga 
oshiradi;  maktab  o’qituvchilari  uchun  kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchining  axborot 
savodxonligini  shakllantirish  masalalari  bo’yicha  seminarlar  va  talabalar  seminarlarini  mustaqil 
o’tkazib boradi; boshlang’ich maktab informatika o’qituvchilari uchun maslaxatlar o’tkazadi. 
Kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchining  axborot  savodxonligini  shakllantirish  o’quv-metodik 
ta’minotini  ishlab  chiqish  bo’yicha  ijodiy  guruh  kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchining  axborot 
savodxonligini  shakllantirish  metodikasining  asosini  tashkil  etuvchi  hamda  innovatsion  o’quv-
metodik  majmuasini  tarkibiy  qismi  bo’lgan  masalalar  va  topshiriqlarni  doimiy  yangilab  borishni 
amalga oshiradi; 
Kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish bo’yicha ijodiy guruh 
bu  o’quvchilarning  axborot  savodxonligini  shakllantirishga  yo’naltirilgan  informatika  kursining 
kompьyuterli  ta’minoti  bankini  yaratish  bo’yicha  ishni  olib  boradi.  Dasturiy  ta’minotning  sinovi 
tayanch maktablarda talabalar amaliyotini o’tashlarida amalga oshiriladi. 
Monitorning  bo’yicha  ijodiy  guruh  kollej  bilan  hamkorlik  qiladigan  maktablarda  quyi  sinflar 
o’quvchilari  axborot  savodxonligini  shakllantirish  jarayoni  ustidan  kuzatuv  olib  boradi.  Olingan 
ma’lumotlar  asosida  tadqiqot  laboratoriyasining  faoliyati  muvofiqlashtiriladi,  o’quvchilar  axborot 
savodxonligini shakllantirishning metodik va dasturiy ta’minotiga to’g’rilashlar kiritiladi. 
“Kichkintoylar  uchun  informatika”  ijodiy  guruhining  a’zolari  tomonidan  maktablarning 
boshlang’ich  sinflarida  informatika  bo’yicha  to’garaklar,  fakultativ  va  sinfdan  tashqari 
mashg’ulotlar” tashkil etiladi. Boshlang’ich sinflar o’quvchilarini quyi va o’rta sinflar uchun viloyat 
jamoaviy konkursiga informatika bo’yicha olimpiadalarga tayyorlash amalga oshiriladi. 
Ijodiy guruhining asosiy vazifasi laboratoriya mashgulotlarini ishlab chiqilgan metodik ta’minotni 
elektron va bosma chop etishdan iborat. 
Olimlar,  o’qituvchi-amaliyotchilar  va  talabalarning  birgalikdagi  ijodiy  faoliyati  quyidagilarga 


 
145 
imkonini beradi: 
-  talabalarga  kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchining  axborot  savodxonligini  shakllantirish 
jarayonining o’quv-metodik va dasturiy ta’minotini yaratish bo’yicha ijodiy faoliyat tajribasiga ega 
bo’lish; 
-  o’qituvchilarga  ilg’or  novatorlik  tajribasining  metodik  ta’minotini  uni  joriy  etish  bo’yicha 
tavsiyalarni olish; 
-  olimlarga  ilg’or  tajribani  ilmiy  va  ilmiy-metodik  tizimlashtirish  va  uni  ilmiy  bilim  darajasiga 
yetkazish. 
3-ilova 

Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish