Yaratilgan keng sharoitlar tufayli mustaqillik yillarida ommaviy axborot
vositalarining bugungi
kundagi umumiy soni 1366tani (2013-yil 01.07. holatiga) tashkil etadi. E’tiborlisi shundan
iboratki, 1991-yillarda davlatga qarashli bitta televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy
axborot vositasining o‘zi mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat OAV tez
rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan
o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aiytganda sohada eng tez rivojlanayotgan
tarmoqlar ham aynan
elektron OAV hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat OAV jami OAV’ning 60 foizini
tashkil etadi.
Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7ta tilida va siyosiy-
ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi.
Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish,
ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo
etmoqda. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida
Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari
diqqatga sazovordir.
Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunni
takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari
to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari
to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va
«Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.
Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining
«Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va
«Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator
mintaqaviy
va xalqaro konferensiyalarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalarda
o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011-yil noyabr
oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hozirda ekspert guruhining
muhokamalaridan o‘tkazilmoqda. Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012-yil to‘rtinchi
choragida Hukumatga kiritiladi.
Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari
faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo
qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samarali foydalanish,
matbuot erkinligi
va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini
to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo
etmoqda.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va istiqbolini belgilab beruvchi
bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va
keng qamrovni tashkil etdiki, bugunga kelib, bu qonunlarni yana ko‘p yillarga xizmat qilishi
uchun
ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yana kerak
bo‘lsa yangilarini qabul qilish zarur bo‘lib qoldi.
Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizini
mustahkamlash, ayniqsa, sohamizga oid qonunlarni takomillashtirish borasida aniq vazifalarni
belgilab berildi. Bu haqiqatni dunyodagi taniqli siyosatchilar,
jamoat arboblari va OAV
sohasidagi yirik ekspertlarning e’tirof etayotganliklari, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu
chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot
vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi
konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: