O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

180-savol:  O‘zbekiston  Respublikasining  faol  tashqi  siyosatining  yangi  bosqichi.  (2016  yil,  Sh.M. 
Mirziyoyev, yangi shartnomalar, aloqalarni kengaytirish) 
        Yangilanayotgan Oʻzbekiston tashqi siyosatning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari 
Oʻzbekiston  barcha  xorijiy  hamkorlar  bilan  oʻzaro  foydali  munosabatlarni  rivojlantirishdan  manfaatdor 
boʻlib,  asosiy  tashqi  siyosiy  harakatlarini  2017  —  2021-yillarda  Oʻzbekiston  Respublikasini 
rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yoʻnalishi  boʻyicha  Harakatlar  strategiyasida  belgilangan  eng  muhim 
sohalarga qaratgan. 
Mazkur  hujjat  mamlakatning  tashqi  siyosat  sohasida  quyidagi  eng  muhim  ustuvor  yoʻnalishlarini 
shakllantiradi: 
- davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning toʻlaqonli 
subyekti sifatida oʻrni va rolini yana-da mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, 
Oʻzbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va doʻstona qoʻshnichilik munosabatlar mintaqasini yaratish; 
-  Oʻzbekiston  Respublikasining  xalqaro  nufuzini  mustahkamlash,  dunyo  hamjamiyatiga  mamlakatda 
amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida obyektiv axborotni yetkazish; 
-  Oʻzbekiston  tashqi  siyosiy  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyatining  meʼyoriy-huquqiy  bazasini,  shuningdek 
xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
- Oʻzbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini tartibga solish. 
Umuman, Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari barqaror, adolatli va demokratik 
davlat  qurishga,  mamlakatning  tashqi  oshkoraligini  ilgari  surishga  hamda  regional  va  koʻp  tomonlama 
oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. 
Eng muhim asoslar 
Mamlakat hozirgi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari Harakatlar strategiyasida koʻrsatilgan 
vazifalar doirasida boʻlib, xalqaro maydonda aloqalarni kengaytirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish 
boʻyicha amaliy qadamlarda oʻz aksini topmoqda. 
Shu  munosabat  bilan  Turkiya,  Hindiston,  Xitoy,  Yaponiya,  Germaniya,  Fransiya,  Afgʻoniston, 
Qozogʻiston,  Turkmaniston  kabi  dunyo  mamlakatlari  bilan  koʻp  qirrali  hamkorlikni  yana-da 
rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan, “yoʻl xaritalari” 
tasdiqlangan. 
Oliy  va  yuqori  darajalardagi  tashriflar  davomida  mamlakatning  milliy  manfaatlariga  javob  beradigan 
hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va 
chuqur  oʻylangan  tashqi  siyosiy  yoʻnalishni  rivojlantirish  boʻyicha  keng  koʻlamli  ishlar  amalga 
oshirilmoqda. 
Tabiiyki, yangi ustuvor yoʻnalishlar va yondashuvlar tashqi siyosiy boshqarma tuzilishining tubdan isloh 
qilinishini  talab  etdi.  Tashqi  ishlar  vazirligida  yangi  boʻlinmalar  tashkil  etildi,  Belarus  va  Oʻmonda 
vakolatxonalar, Rossiya va Qozogʻistondagi shaharlarda bir qator bosh konsulliklar ochildi. Diplomatik 
faoliyatning iqtisodiy tarkibi kuchaytirildi. 
Xalqaro  maydondagi  hamkorlik  ilgʻor  dunyo  tajribasini  oʻrganish,  xorijiy  mamlakatlar  bilan  aloqalarni 
yoʻlga  qoʻyish  orqali  Oʻzbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  boʻyicha  vazifalarni  hal  qilishga 
yordam berishi kerak, bu mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga oʻz 
hissasini qoʻshadi. 
Bu  borada  Respublika  tashqi  siyosiy  strategiyasi  xorijiy  mamlakatlar  bilan  savdo-iqtisodiy  hamkorlikni 
rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport 
geografiyasini kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi. 
Natijada 2019-yilda mamlakatimizga bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi oʻsdi. Ularning hajmi 4,2 mlrd. 
dollarni tashkil etdi, bu 2018-yildagiga nisbatan 3,7 baravar koʻproqdir. 
Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra, Covid-19 tarqalishini toʻxtatish bilan bogʻliq barcha 
murakkabliklar  va  cheklanishlarga  qaramay,  Oʻzbekiston iqtisodiyotiga  xorijiy investitsiyalar  hajmi 4,8 
mlrd. dollar, shu jumladan, bevosita xorijiy investitsiyalar – 3,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. 


181 SAVOLO‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. 
(Afg'oniston, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, milliy siyosat, diniy e'tiroflar)
 
Rezolyutsiya muqaddimasida bu boradagi faoliyat aniq misollar bilan birma-bir tilga olingan. Xususan, 
O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan 2017 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy 
Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” 
mavzuidagi xalqaro konferensiya natijalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki 
aynan mazkur xalqaro anjuman mintaqa davlatlarining bu boradagi amaliy ishlari asosiy yo‘nalish hamda 
mezonlarini belgilab berdi. 
 
Shuningdek, hujjatda xavfsizlik va taraqqiyot sohalarida hududiy hamda xalqaro tashabbuslarni qo‘llab-
quvvatlash bosh mezonga aylangani qayd etilgan. Chunki faqatgina shu yo‘l bilan, ya’ni mintaqaviy va 
xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish orqaligina barqaror taraqqiyotga 
erishish mumkin. 
 
Qolaversa, hujjatda qo‘shni davlatlarning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotiga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlariga ham urg‘u berilgan. Joriy yil mart oyida Toshkent 
shahrida bo‘lib o‘tgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” 
mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyaning ahamiyati alohida qayd etilgan. Bu prinsipial jihatdan 
to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi. 
 
Zero, Afg‘onistondagi nizoni hal qilmasdan turib, Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan hamda 
yuksak taraqqiy topgan mintaqaga aylantirish mumkin emas. Chunki afg‘on zamini tarixiy va geosiyosiy 
jihatdan Markaziy Osiyoning ajralmas bo‘lagidir. Uning tinchligi nafaqat afg‘on xalqi, balki butun 
Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror taraqqiyotning muhim omili sanaladi. 
 
182 SAVOLO‘zbekistonning chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosati sohasidagi 
ustuvor yo‘nalishlar. (Xavfsizlik, Markaziy Osiyo, teng siyosat) 
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro 
manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar esa aynan Senatning 
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasiga taalluqli. 
Qoʻmitamizning bevosita nazorati va vazifasiga kiruvchi mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning asl 
maqsadi va mazmun-mohiyatini ochib beruvchi targʻibot ishlarini jadallashtirish masalasi davlat dasturi 
loyihasining 282-bandida belgilanmoqda. Bu yoʻnalishda ushbu illatlarning asl mazmun-mohiyatini ochib 
beruvchi targʻibot ishlarini yana-da takomillashtirish, ekstremizm, terrorizm va mutaassiblikni targʻib 
qiluvchi gʻoyalarning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. 
 
BU MASALALARGA NIMA UCHUN EʼTIBOR BERILMOQDA?Buning sababi – birgina 2019-yil davomida 
terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga 
oshirilgan ishlar tahlil qilinganda bu borada ayrim muammolar hamon mavjudligi maʼlum boʻldi. 
Xususan. terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish yoʻnalishida huquqbuzarliklar sodir etgan 440 
nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan. Shuningdek, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar 


natijasida respublika hududida sodir etilishi rejalashtirilayotgan 2 ta qoʻporuvchilik harakatlarining oldi 
olingan. 
Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari taʼsiriga tushib, yashash manzilidan Suriya davlatiga 
“jihod” qilish maqsadida chiqib ketmoqchi boʻlgan 35 nafar fuqarolarning faoliyatga chek qoʻyildi. 
Masalan, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Xalqobod mahallasida yashovchi 20 yoshli qiz internet 
ijtimoiy tarmogʻi orqali XTT aʼzolarining taʼsiriga tushib, Suriya davlatiga chiqib ketishni rejalashtirgan. U 
Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahar xalqaro aeroporti orqali ketayotganligi aniqlanib, 
respublikamizga qaytarilgan. 
Mamlakatimizda Islom diniga oid 9 oʻrta-maxsus, 4 oliy taʼlim va 3 ilmiy-tadqiqot markazlari mavjud 
boʻlsa-da, aholi hozirga qadar “hujra”larda dindan saboq olmoqda. 2019-yilda 208 noqonuniy diniy 
oʻqish uchun “hujra”lar va 60 ta noqonuniy namozxona tashkil etish holatlari aniqlanib, “hujra”larda 994 
nafar shaxslar saboq olayotganliklari, shundan 369 nafari ayollar va 563 nafari voyaga yetmaganlarni 
tashkil qilgan. 
Bu kabi muammolarga bartaraf etish uchun huquqiy asoslar yetarli boʻlishi, bajariladigan ishlar aniq 
belgilangan boʻlishi zarur. 
Shu nuqtayi nazardan senatorlar tahlillar asosida Davlat dasturiga takliflar berdi. Muammolar yechimiga 
qaratilgan amaliy choralar koʻrish boʻyicha maqsad va vazifalarni belgilab oldi. 
Demak, Davlat dasturida buzgʻunchi gʻoyalarning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab 
qoʻyiladi va amalga oshiriladi. 
Davlat dasturi loyihasida davlat harbiy tashkilotlari va mamlakat mudofaa tizimini yana-da 
takomillashtirish, deb nomlangan bandi boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Unda 
asosiy eʼtibor harbiy xavfsizlikni taʼminlash sohasida normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish, 
shuningdek Qurolli Kuchlarni 2020-2025-yillarda rivojlantirish boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqadi. 
Shuningdek, “Kontrrazvedkaviy faoliyat toʻgʻrisida”gi va “Tashqi razvedka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston 
Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan boʻlib, asosiy eʼtibor quyidagi jihatlarga 
qaratilgan. Yaʼni unda: kontrrazvedkaviy faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalar, prinsiplar, vazifalar va 
huquqiy asoslarni belgilash, tashqi razvedka sohasidagi asosiy tushunchalar, prinsiplar, vazifalar va 
huquqiy asoslarni belgilash nazarda tutilgan. 
Davlat dasturi loyihasining 274 va 275-bandlarida 2020-2023-yillarga moʻljallangan Milliy kiberxavfsizlik 
strategiyasi, shuningdek “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi 2020-yil 
1-sentyabrgacha ishlab chiqilishi nazarda tutilgan. 
Asosiy eʼtibor: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyiha bilan 2020-
2023-yillarga moʻljallangan Milliy kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlanadi. 
 
183 SAVOLO‘zbekistonning chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosati sohasidagi 
ustuvor yo‘nalishlar. (Xavfsizlik, Markaziy Osiyo, teng siyosat) 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidayoq tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha 
davlatlar, birinchi navbatda, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar va oʻzaro manfaatli 
hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratgan edi. 
Bu maqsadlar 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi 
boʻyicha Harakatlar strategiyasida oʻz ifodasini topdi. Chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy 
tashqi siyosat yuritish, Oʻzbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik 


muhitini mustahkamlash, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilishni hal etish kabi 
masalalar ustuvor yoʻnalishlar etib belgilandi. 
Oʻtgan qisqa vaqtda bu borada tarixiy qadamlar qoʻyildi. Chegaradan oʻtish, suvdan foydalanish kabi 
oʻtkir muammolar hal etildi. Chegaralar ochildi, oʻzaro bordi-keldi koʻpaydi. 
 
Prezidentimiz ilk davlat tashriflarini qoʻshni mamlakatlarga amalga oshirdi. Turkmaniston, Qirgʻiziston va 
Tojikiston bilan strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi. Qozogʻiston bilan strategik sheriklikni yanada 
chuqurlashtirish borasida muhim hujjatlar imzolandi. 
Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega Oʻzbekistonning bu saʼy-harakatlari 
butun mintaqadagi muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. 
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ana shunday yaxshi qoʻshnichilik muhiti, 
xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbusdir. 
Mazkur anjuman tarixiga nazar tashlasak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu haqda ilk bor Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti minbaridan turib aytgan edi. 2017-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyoning qoq markazida 
joylashgan Oʻzbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qoʻshnichilik hududiga 
aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – 
biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. Oʻzbekiston oʻzaro muloqot, amaliy hamkorlik va 
yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlashning qatʼiy tarafdoridir", deya taʼkidladi. 
 
184 SAVOL2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi. (2017 yil fevral, Sh. Mirziyoyev, yangi shartlar) 
Harakatlar strategiyasi  yangi taraqqiyot bosqichi. 
 2017-yil 7-fevralda  2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yonalishi boyicha HARAKATLAR STRATEGIYASI qabul qilindi. Unda 5 ta ustuvor yonalish belgilandi: 
 1.Davlat vajamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yonalishlari. 
2, Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yonalishlari. 
3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yonalishlari 
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yonalishlari 
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash hamda chuqur oylangan, 
ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlaridir. HARAKATLAR 
STRATEGIYASIda iqtisodiy masalalari alohida orin egallagan. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 
2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha 
Harakatlar strategiyasi (keyingi o'rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va 
jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab 
berdi.  
Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat 
dasturining (keyingi o'rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlanishi strategik rivojlanishning ustuvor 
yo'nalishlarini amaliy ro'yobga chiqarishning boshlang'ich mexanizmi bo'ldi.  


Dastlabki sarhisoblar davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlarining Davlat 
dasturini samarali amalga oshirishga qaratilgan kuchlari, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va xalqaro 
ekspertlarni faol jalb qilgan holda chinakam jipslashganligini ko'rsatdi.  
Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini 
rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.  
 
185 186 SAVOL 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ahamiyati. (Yangi shartlar, vazifalarni belgilab, 
islohotlarni chuqurlashtirish zarurati)
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz 
tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda 
tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan.  
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, 
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar 
yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan 
iboratdir.  
Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini 
takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni 
yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va 
diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat 
yuritish hisoblanadi.  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz 
tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda 
tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan.  
 
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, 
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar 
yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan 
iboratdir.  
Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini 
takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni 
yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va 
diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat 
yuritish hisoblanadi.  
 
 
187 188  SAVOLHarakatlar strategiyasida davlat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlari. (Demokratiyani chuqurlashtirish, Oliy Majlisning o'rni, "Mening fikrim") 
Harakatlar strategiyasida jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. 
(Demokratiyani chuqurlashtirish, NNTlarning roli, mahalla, "Mening fikrim")
 


            Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari 
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizastiya qilishda Oliy Majlis 
palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish: 
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid 
muhim vazifalarni 
hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha 
vakolatlarini yanada kengaytirish; 
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
va sud-huquq isloxotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda tubdan oshirish; 
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular 
o’rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish. 
 
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: 
 
davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvining markazlashtirishdan chiqarish, davlat 
xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minoti darajasini oshirish, hamda 
iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish; 
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda 
o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy 
mexanizmlarini joriy etish; 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik 
shahslaring huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy 
shakllarini joriy etish; 
«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifati va aholi 
hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. 
 
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: 
 
xalk bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish; 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning 
samarasini oshirish; 
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish; 
mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyatining samaradorligini oshirish; 
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish. 
 
 


189 190 SAVOL 
Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari. (tenglik, qonun oldida javobgarlik, inson 
huquqlari) 
Harakatlar strategiyasida sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari. (Oliy sud, sudlarning 
yuqori kengashi, tizimni takomillashtirish) 
II. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari 
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini 
demokratlashtirish va takomillashtirish: 
 
sud yalar va sud apparati xodimlarining mavqeyini, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminot 
darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; 
 
sudyalarga gʻayriqonuniy tarzda taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish; 
 
sudning mustaqilligi va begʻarazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik 
tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; 
 
“Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; 
 
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; 
 
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. 
 
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash: 
 
fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik, 
rasmiyatchilik va loqayd munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikning 
muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini koʻrish; 
 
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash; 
 
fuqarolarning xususiy mulkka boʻlgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash; 
 
fuqarolarning odil sudlovga toʻsqinliksiz erishishini taʼminlash; 


 
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. 
 
2.3. Maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish: 
 
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy 
qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish; 
 
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik 
sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish; 
 
jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan 
vakolat va instansiyalarni qisqartirish; 
 
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish. 
 
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish: 
 
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni 
muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; 
 
diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish 
boʻyicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish; 
 
korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga 
qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish; 
 
aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati 
institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish. 
 
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yana-da mustahkamlash: 
 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil 
qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni 
bartaraf etish; 


 
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini oʻqitish, tanlash, tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish; 
 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, 
profilaktika qilish va bartaraf etish boʻyicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; 
 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari 
samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga boʻlgan ishonchini 
mustahkamlash. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish