mamlakat tovar va xizmatlarini eksport qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ulushi 14,5% ni
tashkil etdi, bu esa 2017 yilga nisbatan yuqoridir).
Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari orasida asosiy importchilar Qozog‘iston (umumiy eksportning
8,0%) va Qirg‘iziston (3,8%) hisoblanadi, Tojikiston va Turkmaniston esa o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega
(1,9% va 0,8%, mos ravishda).
Tovarlar va xizmatlar eksport tarkibining tahlili shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston kimyo mahsulotlari va
undan olinadigan mahsulotlar, mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Tojikiston, Turkmanistonga), shuningdek, qora metallar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonga eksport)
ishlab chiqarish va eksport qilishda raqobat ustunligiga ega (2-jadval).
Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyodan energiya va neft mahsulotlari, rangli va qora metallar va
boshqa mahsulotlarning asosiy importyori hisoblanadi.
Umuman olganda, bugungi kunga kelib, Markaziy Osiyo hukumatlari tomonidan sanoat va ilmiy-
texnikaviy hamkorlik, mintaqalararo hamkorlik, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish,
ta’lim-tarbiya hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. O‘zbekiston mashinasozlik,
elektr, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamkorlik
uchun yaxshi istiqbollarni ko‘rmoqda.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston iqtisodiy mintaqalararo rivojlanish va mintaqada
ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida ham O‘zbekiston uchun muhim hamkorlardir. Bu mamlakatlar
o‘rtasidagi munosabatlar xalqlarning tarixiy yaqinligi va o‘zaro siyosiy va iqtisodiy manfaatlarga
asoslanadi.
Hamkorlikni kengaytirishning muhim omili qo‘shma va xorijiy korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat
yuritishidir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qozoq sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 200 dan ortiq korxona
(83% qo‘shma korxona va 100% qozoq sarmoyasi bilan 17% korxona) va qirg‘iz sarmoyadorlari
ishtirokida tuzilgan 96 ga yaqin kompaniya mavjud. O‘z navbatida, Qozog‘iston hududida 150 ga yaqin
korxona, Qirg‘izistonda esa keng turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 200 dan
ortiq qo‘shma qirg‘iz – o‘zbek korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy
jihatlari quyidagilardan iborat:
- yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni tashkil etish
;
- yuqori texnologiyali faoliyat turlarini (mashinasozlik, farmatsevtika, asbobsozlik, axborotlashtirish va
aloqa) rivojlantirish va amalga oshirishda tuman va shaharlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida
hududlarga investitsiya resurslarini jalb qilish;
- mahalliy mahsulotlar, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari uchun o‘z brendini shakllantirish, Markaziy
Osiyoda savdo uylari va markazlarini tashkil etish;
- mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga, erkin savdo
zonalari to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida chiqarish;
- ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznesni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirish sohasida tajriba
almashish, ilg‘or texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishga jalb etish;
- mahalliy quvvatlar va resurslarga asoslangan qo‘shma loyihalar orqali uzoq va chegara hududlarini
(qishloq joylarini) rivojlantirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: