O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

172-savol:
 O‘zbekistonning geoiqtisodiy o‘rni. (Markaziy Osiyo, aloqa, yo'llar, o'zaro bog'liqlik) 
       Geoiqtisodiyot - davlatning xalqaro maydonda iqtisodiy strategiya va taktikasini shakllantiradigan 
amaliy faoliyatini oʻrganadigan fan tarmogʻi. G. geosiyosat bilan uzviy bogʻliq. G. aniq bir sharoitlarda 
siyosiy, geografik, iqtisodiy, harbiy, eko-logik va boshqa omillar uygʻunligini tahlil qilish orqali xalqning 
turmush darajasi, mamlakatning ishlab chiqarish potensi-ali, strategik zaxiralar, boshqa davlatlar bilan 
iqtisodiy aloqalar kabi iqtisodiy omillarni ustivor oʻrganadi. Shuningdek, demografik va eko-logik omillar 
(aholi tarkibi va zichligi, uning oʻsish surʼatlari, Yer sayyorasining cheklangan resurslariga demografik 
bosim, xom ashyo zaxiralarining kamayishi va boshqalar)ni tadqiq tgish ham G. fani predmetiga kiradi. 
Bu jami omillarning amal qilishi va taʼsiri mamlakatning geografik holati, uning tabiiy resurslari va iqlim 
sharoitlari bilan bogʻliq holda oʻrganiladi. 
 


Mamlakat taraqqiyoti ehtiyojlari va milliy-davlat manfaatlariga javob beradigan strategiyani ishlab 
chiqishda gsosiyosiy va geoiqtisodiy omillar hisobga olinadi. Geoiqtisodiy siyo-satdagi asoyeiy masala 
jahon bozorlarida millin iqtisodiyotning raqobat-bardoshliligini oshirishga imkon bsradigan sharoitlar 
yaratishdan davlatning manfaatdorligi hisoblanadi. 
"G" atamasi birinchi marta AQShda 1980-yillar oxirida idmiy muomalaga kiritilli. Bu tushunchaning 
"geosiye-siy iqtisodiyot", "xalqaro siyosiy iqtisod", "sissiy-iqtisodiy gsogra-fiya" va boshqa taʼriflari ham 
bor. 
Birinchi geoiqtisodiy tadqiqotlar 1920—30 yilda Yaponiya va Germaniyada paydo boʻldi va bu 
tadqiqotlar shu mamlakatlarning hukmron doiralari tomonidan oʻz hayotiy makopini kengaytirish va 
jahonga hukmronlik daʼvolarini asoslashga xizmat qildi. 1970-yillarda buyuk ikki davlat — SSSR va 
AQSH oʻrtasidagi oʻzaro ziddiyatlarning kuchayishi G.ning keyingi rivojlanishida yangi bosqich ochdi. 
Bu davrda G. savdo urushlari, bozorlar uchun kurash; kapital va kishilarning mamlakatlararo koʻchishi 
bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqtar; harbiy sarf-xarajatlar kjining oʻsishi; byudjet taqchilligi; inflyatsiya va 
boshqa muammolar b-i shugʻullandi. G. oʻrganadigan muam-molar doirasi rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar, markaz va chekka hududlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni ham qamradi. Mustamlakachilikdan 
ozod boʻlgan davlatlar yangi jahon iqtisodiy tartibini shakllantirishga hara-kat qildilar. Ular rivojlangan 
mamlakatlar bilan oʻz munosabatlarida tub oʻzgarishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida koʻpdan-koʻp 
takliflar bilan chiq-dilar. Bu takliflarda rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishini 
jadaldashtirish va resurslarni jahon xoʻjaligining chekka hududlari foydasiga qayta taqsimlash masalalari 
kun tartibiga qoʻyildi. 
"Sovuq urush"ning tugashi, sobiq Itgifoqning inqirozi bilan 1990-yillar boshlarida geosissiy va 
geoiqtisodiy kuchlar nisbatlari va joylashuvi tubdan oʻzgardi, jahonda ikki qutblilikdan koʻp qutbli dunyo 
sari harakat boshlandi. Hozirgi davrda AQSH hamon eng qudratli davlat boʻlib qolayotgan sharo-itlarda 
jahon iqtisodiy rivojlani-shining asosiy yoʻnalishi koʻpdan-koʻp iqtisodiy markazlarning yuzaga ksli-
shidap, jahon iqtisodiy tizimining poliiyentrizmga oʻtishidan va ayni paytda yangi geoiqtisodiy 
ziddiyatlar-ning yuzaga kelishidan (mas, Kaspiy dspgizi nsfti masalasida Ozarbayjon, Kozogiston, Eron, 
AQSH, Turkiya man-faatlari toʻqnashuvi) iborat. Ekspertlarning maʼlumotlari boʻyicha 21-asrda jahon 
iqtisodiy tizimi 6 asosiy markaz — AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, shuningdek, 
koʻpgina oʻrta va kichik davlatlardan tashkil topadi. 
Jahon iqtisodiyotidagi bu yoʻpalishga gaʼsir koʻrsatadigan muhim geoiqtisodiy omil — globallashuv 
jarayonlaridir. Milliy iqtisodiyoglar oʻrtasida oʻzaro aloqadorlik va bogʻdiqlikning kuchayishi, xoʻjalik 
integratsiyasi iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida koʻplab davlatlar va mintaqalarni turli 
darajadagi jadallikda sivilizatsiya taraqqistining umumiy oqimiga tortadi. Ularning soni tobora ortib 
boradi. 
Koʻpgina mamdakatlarda iqtisodiy va siyosiy hayotda yuz berayotgap erkinliklar yagona jahon iqtisodiy, 
axborot, kommunikatsion va madaniy makonning shakllanishi imkoniyatlarini ochadi. 
 
G.da hukumatlar bilan bir qatorda, transmilliy korporatsiya (TMK) va transmilliy banklar (TMB), xalqaro 
moliyaviy tashkilsgglar faoliyati ham muhim rol oʻynaydi. TMK va TMB — bir tomondan ilgʻor 
texnologiyalar, boshqaruv, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarining qaror topishita, 
mamlakat iqtisodiy rivojlanishi surʼatlari va darajasini koʻtarishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan, 
ular koʻpincha bu mamlakatlarning rivojlanishida nomutanosiolikni kuchai-tiradi, chunki ular birinchi 
navbat-da, asosan, chet el kapitali va tashqi bozorga moʻljallangan ayrim tarmoqlar va korxonalarni 
rivojlantirishga yordam koʻrsatadi. 
21-asr boshida Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasini shakllantirish uning geosiyosiy va 
geo-iqtisodiy manfaatlariga asoslanadi. Geoiqtisodiy muammolarni hal qilishda qoʻshni mamlakatlar 
bilan mus-tahkam iqtisodiy integratsiya birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Yevropa va 
Osiyodagi mamla-katlar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, 


Oʻzbekistonning toʻla ququqli aʼzo sifatida Jahon savdo tashkilo-tiga aʼzo boʻlib kirishi ham muhim 
oʻrinda turadi (yana q. Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati). 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish