O'SHANDA MEN SENI YAXSHI KO'RARDIM...
O'shanda (oq osmon, q o 'n g 'ir yer guvoh...)
Dilimni bilardi majnuntol bargi.
Kaftimda y o ' q edi z ig ' irdek gunoh,
Yo' q edi kaftimning zarradek gardi -
O'shanda men seni yaxshi к о 'rardim...
KELADI
Qayrilib qaramay, shartta qo'l siltab,
Elkamga to'nimni ilgim keladi.
Yurgim kelmay qoldi tirikchilik deb,
Tiriklik ko'yida bo'lgim keladi.
Qattiqlashib borar kun sayin qahr,
Tikonda ham zahr, gulda ham zahr
Tirnoqqa arzimas borlig'ing, axir,
Ko'ksimni tirnoqlab yulgim keladi.
Yuragim oqadi Farg'ona tomon,
Ey, achchig'i shirin, gumoni ayon,
Sevgingga ishonib yashayman hamon,
O'zimning holimga kulgim keladi.
Ketsam, senga eltar ja'miki yo'llar,
Yolg'iz seni quchsam, yuragim to'lar.
Qanday soz, tepamda nafarmon gullar,
Sochingga ko'milib o'lgim keladi.
2003
Do'stlaringiz bilan baham: |