2. Bolalarni diqqati, xotirasi, mantiqiy tafakkuri, ijodiy tasavvurlarini
rivojlantirish.
Quyida bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi ba’zi usullar
berilgan.
1-mashq. Xazil topshiriqlar.
A) Bir qirg‘oqda jo‘ja, ikkinchi qirqoqda o‘rdakcha, o‘rtada bor orolcha. Kim
orolchaga birinchi bo‘lib yetib boradi?
B) Stolda ikkita olma, yettita nok bor. Stolda xammasi bo‘lib nechta sabzavot
bor?
V) Hovlida xo‘roz va tovuq aylanib yuribdi. Xo‘roz oyog‘i ikkita, tovuqniki
to‘rtta. Xammasi bo‘lib nechta oyoq bor?
G) Stolda ikkita yarimtalik, to‘rtta choraktalik olmalar bor. Ularni kesgunimizcha
nechta olma bo‘lgan.
D) Xonaning to‘rt burchagida to‘rtta mushuk turibdi. Ularning ro‘parasida uchtadan
mushuklar turibdi. Xonadagi jami mushuklar sonini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |