R yunusov, K. Umarov, B. Karimov


Sho‘rxok yerlarni ko‘chat ekishga tayyorlash



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

Sho‘rxok yerlarni ko‘chat ekishga tayyorlash. Qora-
qalpog‘iston Respublikasining shimoliy zonasida, Sirdaryo, Bu-
xoro, Markaziy farg‘ona, Xorazm viloyati tumanlarida sho‘rxok 
yerlar ko‘plab uchraydi.
Barcha o‘simliklar ma’lum darajada sho‘rlangan yerdagina 
o‘sa oladi. Mevali daraxtlar tuproq tarkibidagi tuz miqdori 
ko‘pi bilan 0,1–0,2 foiz yoki eng zararli hisoblangan xlor ioni 
0,02–0,03 foizdan ko‘p bo‘lmagan taqdirdagina o‘sib rivojla-
nadi.
Sho‘r yuvish ishi og‘ir soz tuproqli yerlarda o‘tkazilgan bo‘lsa 
ko‘rsatilgan me’yor 15–20 foiz oshiriladi. Tuproqning struktu-
rasi va zichligiga qarab 1 m
3
 suv ta’sirida 2–9 kg tuz 1,5–2 m 
chuqurlikka cho‘kadi. Asosiy qismi soz tuproqlarda tashkil top-
gan cho‘l sharoitida 1 m
3
 suv sarflab o‘rta hisobda 3 kg gacha 
tup roq sho‘rini yuvish mumkin: sho‘ri yuvilgan yerlarda yoki 
sizot suvi sho‘r bo‘lib yuza joylashgan yerlarda yoki tuproqning 
ustki qavatlarida ortiqcha zararli tuzlarning ko‘payib ketmasligi-
ning oldini olish maqsadida birmuncha ishlar qilishga to‘g‘ri ke-
ladi. Bog‘ yerlarining meliorativ holatini yaxshilash uchun sho‘r 
yuvish talab darajasida o‘tkazilishi, almashlab ekish tizimiga 
rioya qilinishi va bog‘ oralariga fitomeliorativ o‘simliklarni ekish 
tavsiya etiladi.
Bog‘ atrofida chuqurligi 4–5 m zovurlar doim ishlab turishi, 
ixota daraxtzorlarini kesib yubormaslik, yer sho‘rlanganida kuz 
va qish oylarida uni yuvib turish, bog‘larni belgilanganidan or-
tiq sug‘ormaslik, yosh bog‘ qator oralarini qora shudgor holatida 
qoldirmaslik,  yosh  ko‘chat  atroflarini  chirindi  organik  o‘g‘itlar 
bilan yerdan namni ortiqcha bug‘lanib ketmasligi uchun berki-
tish lozim. Bu jarayon mulchalash deyiladi. Yerni yaxshi ishlab 
tekislash kabi zarur agrotexnika chora-tadbirlari o‘z vaqtida 
o‘tkazilib turilishi zarur. Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlarning 
bajarilmasligi  yangi  yosh  bog‘larning  o‘zlashtirilgan  yerlari  2–        


87
3 yil davomida sho‘r bosib, daraxtlarning o‘sishi va hosil ber-
ishiga salbiy ta’sir qiladi.
Yer sho‘rini yuvishdan oldin yerlar yaxshilab tekislangani-
dan keyin yerning sho‘rlanish darajasiga qarab 0,1–0,5 gektar-
lik  chel  (bo‘laklar)ga  bo‘linadi.  Atroflarida  40–50  sm  marza-
lar olinib suv quya boshlanadi. har bir chelga qo‘yilgan suv 
yerning pastki qat lamlariga shimilib, 2-chelga oqib chiqmas-
dan, yer atrofida qazilgan zovurlarga siljib, oqib chiqishi kerak. 
Yer sho‘ri yozda yuvilganda sho‘r kamayadi, lekin tezda qayta 
tiklanadi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish