Ishni bajarish tartibi: Talabalar turli xil daraxtlarning
qalamchalari, payvandlash uchun kerakli asbob-uskunalar,
ma’lumotnoma va adabiyotlardan foydalanib, payvandlash usul-
lari va payvand qi lish texnikasini o‘rganadilar.
85
15. MEVALI BOG‘LAR BARPO QILISH
(2 soat)
Mevali daraxtlar uchun joy tanlash. Mevali daraxt ko‘-
chatlarining jadal o‘sib hosilga kirishi o‘tqaziladigan ko‘chat-
larga, bog‘ barpo qilishdan oldin yerning yaxshi tayyorlangan-
ligiga va ko‘chat ekish usullarining to‘g‘ri qo‘llanishiga bog‘liq.
Mevali bog‘larni barpo qilish hamda parvarishlash ishlari agro-
nomlar va ishbilarmon bog‘bonlar rahbarligi ostida olib borilishi
lozim.
O‘zbekistonning turli xil tuproq-iqlim sharoitini hisobga olib
bog‘ tashkil qilish uchun ko‘chatlarning yaxshi navlarini olib
mo‘l hosil berishni ta’minlaydigan yerlar tanlanadi. Bir massivda
joylashgan bog‘ parvarishi va uning mahsulotini terib olish, me-
vali daraxt ko‘chatlari parvarishi uchun o‘g‘it, yashik, tirgovuch
kabilarni tashish ham ancha unumli bo‘ladi.
Mevali daraxtlarning yaxshi o‘sishi va mo‘l hosil berishi
uchun bog‘ tashkil qilinadigan maydonning haydalma qatlami
chuqur, oziq moddalarga boy va namni yaxshi saqlaydigan, sizot
suvi kamida 2,5–3 m bo‘lishi kerak.
Shag‘al qatlamlari 50–90 sm chuqurlikda bo‘lgan yerlar me-
vali bog‘ barpo qilish uchun yaroqli hisoblanadi, shag‘al qat-
lamlari yer betidan 25–50 sm va undan chuqur bo‘lgan yerlarda
o‘rikzor va shaftolizor barpo qilish mumkin.
O‘zbekistonda ko‘pgina yerlar sho‘rlangan, sizot suvi yaqin
bo‘lib tog‘li rayonlarda hamda tog‘ qiyaliklarida zinapoya shak-
lidagi bog‘lar barpo qilinadi.
Mevali bog‘lar atrofiga va kartalar orasidagi yo‘l yoqalarida
tez va baland o‘sadigan ko‘p yillik daraxtlar ekilganda ular me-
vali daraxt ko‘chatlarini shamoldan, issiqdan va sovuqdan saqlay-
di, hosilga kirgan daraxtlarning hosilini shamolda to‘kilishidan,
shox-shabbalarini sinishdan, kuz, qish va bahor fasllarida da-
raxtlarni qora sovuq urishidan, tuproq namining bug‘lanishidan,
sho‘rlanishdan saqlaydi va sizot suvlari sathini birmuncha ka-
maytiradi. Chunki ular sizot suvini ildizlari orqali o‘zlashtirib,
uni tana va barglari orqali havoga bug‘lantirib turadi.
86
O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning 50 foizdan ko‘pi
sizot suvi yuza joylashgan, tuprog‘ida o‘simlik uchun zararli tuz-
lar bo‘lgan yerlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |