Xloroz kasalligi. Bu kasallikka uchragan tokning barglari
sarg‘ayib, ularning asosiy tomirlariga yaqin qismigina yashilligi-
cha qoladi. Xloroz kasalligi bilan og‘rigan toklar uzumni kam
tugadi va ba’zan qurib qoladi.
Bu kasallik ko‘pincha tuproqda tez eriydigan ohak keragidan
ortiqcha bo‘lishi hamda temir modda yetishmasligidan vujudga
keladi. Markaziy Osiyoda xloroz kasalligi ko‘pincha tuproqda
ohakning keragidan ortiqcha bo‘lishi sababli paydo bo‘ladi. Xlo-
roz kasalligi bilan zararlangan toklarda ba’zan novdalar ham
sarg‘ayib, ular ning uchi quriydi. Bunday novdalarning bo‘g‘im
oraliqlari qisqaradi, mayda bargli ingichka bachkilar paydo
bo‘ladi.
151
Do'stlaringiz bilan baham: |