P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


-sinfdagi  ta’limning  psixologik asoslari,  2



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet532/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

1

-sinfdagi  ta’limning  psixologik asoslari, 



2

-sinfdagi 

ta ’limning  psixologik  asoslari  va  hokazo).

O'quvchilaming  yosh  xususiyatlari  va  o'quv  predmetlari  (matemati­

ka,  geografiya,  tarix  kabilar)ning  xususiyatiga  binoan  ta’lim  psixologiyasi 

masalalari.

Ta’lim-tarbiya  amaliyotida  yana  bir  qancha  masalalar  borki,  ulami 

hal  qilishda  ham  psixologlar  ishtirok  etishlari  kerak.  M asalan,




o'quvchilaming  o‘quv  vaqtini,  darsda  o ‘tiladigan  o ‘quv  materialining 

hajmini,  uy  vazifasining  hajmini  qanday  qilib  unumli  taqsimlash  mum­

kinligi haqidagi  masala bolalaming internat sharoitidagi hayotining ta’lim 

va  tarbiya jarayoniga  ta ’siri  va  shu  sharoitda  bola  shaxsini  shakllantirish 

haqidagi  masala:  maktab-internatlarda  va  kuni  uzaytirilgan  maktablarda 

o'quvchilar mustaqil mashg'ulotlarini tashkil qilish haqidagi masala. Ta’lim 

berish  va  rivojlantirish  haqidagi,  boshqachasiga aytganda,  rivojlantiruvchi 

ta ’lim  haqidagi  masalani  ham juda  dolzarb  deb  hisoblamoq  kerak.

MEHNAT  TA’LIM I  PSIXOLOGIYASI  MUAMMOLAR!

Psixologlarning  ilmiy tekshirish ishlarida,  ayniqsa,  mehnat ta’limining 

psixologik  asoslari  haqidagi  masala  muhim  o‘rin  olmog'i  kerak.  Maktab- 

larimiz  ishining bu  sohasida  psixologlar hali juda  kam  ish  qilganlar:  bun­

day tekshirish  ishlari endigina boshlanmoqda,  albatta, buni  kuchaytirmoq 

kerak.  Psixologlar  o'quvchilar  texnik  bilim  va  masalalarni  hosil  qilish 

qonuniyatlarini,  shuningdek,  iqtidor  va  malakalami  tez  hamda  puxta 

o'zlashtirishni  ta’min  qiluvchi  omillarni  o'rganishga  e’tibor  bermoqlari 

kerak.  O'quvchilarda konstruktiv-texnik tafakkurni shakllantirishga alohida 

katta  e’tibor  bermog'i  kerak.

Mehnat  ta’limi  psixologiyasiga  oid  masalalar  mehnat  psixologiyasi- 

ning boshqa  masalalari  bilan uzviy bog'langan  holda hal qilinmog'i  kerak. 

Hozirgi  zamonda  mehnat  psixologiyasi  masalalari  texnika  progressi  va 

mehnat  hamda  ishlab  chiqarishni  ratsionalizatsiya  qilish  munosabati  bi­

lan  dolzarb  tus  oldilar  hamda  pedagogik  psixologiya  masalalari  bilan  bir 

qatorda o'rin  oldilar.  Mehnat  va  ishlab chiqarish ta’limining eng  ratsional 

metodlarini  topish  va  tatbiq  qilish  uchun  ilmiy  tekshirish  ishlarini  olib 

borish  kerak.  Mehnat  va  ishlab  chiqarish ta ’limining amalga  oshirilishi  va 

umuman  maktablaming qayta  qurilishi  munosabati  bilan  psixologiya  fani 

oldida  bir qancha  yangi,  binobarin,  yangicha  munosabat  va yangicha  hal 

qilishni  talab  qiladigan  muammolar  maydonga  keldi.

Umumiy taiim ning  mehnat  ta’limi  bilan  munosabati  haqidagi  masa­

lani  bunday  muammolar  qatoriga  qo'shish  mumkin.  Bu  o'rinda  nazariy 

bilimlar  va  umumiy  aqliy  taraqqiyot  darajasi  mehnat  va  ishlab  chiqarish 

ta ’limining  muvaffaqiyatiga  qanday  ta ’sir  qilishini  aniqlab  olmoq  kerak. 

Shuningdek,  mehnat va ishlab chiqarish ta’limi o'quvchilaming aqliy taraq­

qiyotiga,  umuman  ular  shaxsining  shakllanishiga  qanday  ta’sir  qilishini 

ham  aniqlab  olmoq  kerak.

Shu  munosabat  bilan  o'quvchilar qanday  sharoitlarda  umumiy  taiim  

predmetlaridan  olgan  bilimlarini  amaliyotda  muvaffaqiyatli  ravishda  tat­

biq  qila  oladilar,  ikkinchi  tomondan,  o'quvchilar  mehnat  ta’limi jarayo­

nida,  u  yoki  bu  material  bilan  ishlab  (yog'och,  metall  va  boshqalardan)




muayyan  buyumlami  yasar  ekanlar,  shu  bilan  ular  o'zlarining  nazariy 

bilimlarini  qanday  boyitadilar va  o‘z tafakkurlarini  qanday  rivojlantiradi- 

lar,  degan  masalalarni  ham  ishlab  chiqmoq  kerak.

Hoziigi  zamon  psixologiyasining  va  psixologlarining  eng  muhim  vazifasi 

o'quvchilami  mehnatga psixologik jihatdan tayyorlash  muammosini  hal  qilish- 

dir.  Bu  o'quvchilarda  mehnat  va  mehnat  kasblariga  bo'lgan  yo'nalish  va  qi­

ziqishni shakllantirish hamda tarbiyalash demakdir.  Bu o'quvchilarda quyi sinf- 

laidan boshlab mehnatga nisbatan muhabbat va  ishtiyoq  uyg'otish  demakdir.

Ta’limning  shu  yo'sinda  mehnatga  yo'nalganligini  vujudga  keltirish 

o'quvchilami  kelajakdagi  mehnat  faoliyatiga  tayyorlashning  eng  muhim 

sharti  va  birinchi  bosqichidir.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish