P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


 9 5 0 —1 9 6 5 -Y IL L A R D A   P S IX O L O G IY A   M A S A L A L A R I



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet528/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

1 9 5 0 —1 9 6 5 -Y IL L A R D A   P S IX O L O G IY A   M A S A L A L A R I

P s ix ik  ja ra y o n la rn in g   fizio lo g ik   asoslari  haqidagi  m asala

1950-yillarda  psixologiya  fanining  rivojlanishida  l.P.  Pavlovning 

fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlariga  katta  e’tibor berildi. 

Chinki  psixik jarayon  va  xususiyatalarni  ilmiy jihatdan  o'rganish,  uning 

fiziologik  mexanizmini  o'rganishni  taqozo qilaredi.  Bu  o'rinda  l.P.  Pav­

lovning  oliy  nerv  faoliyati,  uning  xususiyat  va  qonuniyatlari  haqidagi 

ta ’limoti  muhim  ahamiyatga  ega  edi.  Lekin  bu  davrda  Pavlov ta’limotini 

ba’zi  fiziolog  va  psixologlar  mexanistik  ta ’limot  deb  hisoblar  edilar.  Ha- 

qiqatdan  ham  Pavlovning  ba’zi  shogirdlari  va  izdoshlari  mexanistik  qa- 

rashlarga  berilib,  psixik  hodisalami  fiziologik  hodisalardan  iborat  deb, 

psixologiyani oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tenglashtirib qo'ydilar.  Bun­

day qarashlar izlanishlari  olamshumul  ahamiyatga  ega boMgan psixologlar 

tomonidan  tanqid  qilindi  va  qoralandi.

l.P.  Pavlov  psixik  hodisalaming,  jarayon  va  xususiyatlarning  nerv- 

fiziologik  mexanizmi  oliy  nerv  faoliyati  bilan  bogMiqligini  asoslab  berdi.

0 ‘sha  vaqtlarda  butunittifoq  Faniar  Akademiyasi  va  Tibbiyot  (medit- 

sina)  Faniar Akademiyasi  sessiyalarida  Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati  haqi­

dagi  ta’limotini  psixologiyaga  tatbiq  etish  masalasi  ilgari  surildi  va  uni  psi­

xologik  hodisalami  ilmiy jihatdan  tushunishdagi  ahamiyati  yoritib  berildi.

Ayniqsa,  Pavlovning  bosh  miya  p o'stida  yangi  muvaqqat  nerv 

bogManishlarining hosil  boMishi haqidagi ta ’limoti, qo'zg'alish va torm oz­

lanish  qonuniyatlari  haqidagi  ta’limoti  psixologiya  uchun  juda  samarali




bo'ldi.  Pavlovning  inson  bosh  miyasi  po‘sti  faoliyatidagi  ikki  signal  siste­

masi  haqidagi  ta ’limoti  ham  qimmatlidir.  Bu  ta ’limot  inson  ongining 

tafakkur  va  nutq  singari  yuksak  shakllarining  nerv  fiziologik  mexanizm­

larini  aniqlash  imkoniyatini  beradi.  l.P.  Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati­

ning tiplari  haqidagi ta’limoti temperamentning nerv-fiziologik asoslarini, 

uning  muhit  va tarbiya ta ’siri  tufayli  o'zgaruvchanligini  aniqlash  imkoni­

yatini  berdi.

Psixologiyaning  metodlari  haqidagi  masala,  xususan  o‘z-o‘zini  kuza­

tish metodi haqidagi masala, psixologiyada metodning obyektivligini qanday 

tushunmoq  kerakligi  haqidagi  masala juda  ham  keskin  qo‘yildi.  Metod­

ning  obyektivligini  faqat tashqi  kuzatish,  tashqi  eksperiment debgina tus- 

hunmaslik  kerak,  aksincha  bu  yana  bixeviorizm  va  refleksologiyaga  olib 

keladi.

Ikki  Akademiyaning  Pavlov  fiziologiyasiga bag'ishlangan  sessiyasidan 

keyin har xil psixik hodisalaming nerv-fiziologik mexanizmlarini  o'rganish 

bo'yicha  ko'plab  maxsus  tadqiqotlar o'tkazildi.  Bu  ishlar  Moskva  va  Le­

ningrad akademiyasining psixologiya institutida,  Pedagogika Fanlari akade- 

miyasining psixologiya  institutida,  shuningdek,  boshqa  shaharlardagi  oliy 

o'quv yurtlarining  ba’zi  bir  kafedralarida  va  laboratoriyalarida  o'tkazildi. 

Psixologiyani  Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati  haqidagi  ta ’limoti  asosida 

qayta  tashkil  qilish  V.A.  Artemov,  T.P.  Yegorov,  A.V.  Zaporojets, 

P.I.  Ivanovlarning  psixologiyadan  o'quv  qo'llanmalarida  ham  o'z  aksini 

topgan.  Mana shularga binoan o'rta va oliy o'quv yurtlarida psixologiyani 

o'qitish  ishlari  ham  qayta  tashkil  qilina  boshladi.

1962-yili  Faniar Akademiyasining huzurida oliy nerv faoliyati va psixo­

logiyaning  falsafiy  masalalari  bo'yicha  Butun  Ittifoq  kengashi  o'tkazildi. 

Bu  kengashda  l.P.  Pavlov  ta ’limoti  psixik jarayonlarning  nerv-fiziologik 

asosi  ekanligi  yana  bir  marta  asosli  ravishda  tasdiqlandi  va  uning  tad­

qiqotlari  yuksak  darajada  tashkil  topgan  materiyaning  —  miyaning  mah­

suli  bo'lgan  psixika  haqidagi  ta ’limotni  tasdiqladi.

Keyingi yillarda fiziologlar tomonidan inson psixikasidagi ayrim  hodi- 

salarni  tushuntirish  uchun  katta  ahamiyatga  ega  boMgan  ishlar  qilindi. 

Masalan,  akad.  P.K.  Anoxin  1932-yildayoq  boshlagan  teskari  afferentat- 

siya  (teskari  bog'lanish)  ning  ahamiyatini  aniqladi.

Reflektor jarayonlar  organizmning  faqat javob  harakati  bilangina  tu- 

gallanib  qolmas  ekan.  Organizmning  har bir javob  harakati  miya  po'stiga 

markazga  intiluvchi  teskari  (afferent)  impuls  yuborib  turadi,  bu  impuls 

javob  harakatning  natijasidan  miya  po'stiga  signal  berib  turar  ekan.  Shu 

refleksning strukturasi  yoy  shaklida emas,  balki  halqa  shaklida  ekan.  deb 

hisoblashga  asos  beradi.  Demak,  refleksning  teskari  bog'lanishni  amalga




oshiradigan yana 4-qismi (orqaga qaytaruvchi krani) ham bor ekan. Teskari 

afferentatsiya  haqidagi bu ta’limot  «oldindan aks ettirish»  (javob  harakat­

ni  maqsadga  muvofiq  qilishni  bilish)  deb  atalgan  hodisaga  bogMangan 

tekshirishlar  o'tkazishga  imkoniyat  berdi.  Anoxinning  shu  tadqiqoti 

maqsadga  muvofiq  yo'naltirilgan  xatti-harakatlarning  fiziologik  asosini 

ochib  beradi.

Bir  qancha  psixik  hodisalami  tushuntirish  uchun  Bemshteynning  o r­

ganizmning  biologik  faolligi  masalasi  sohasidagi  tekshirishlari  muhim 

ahamiyatga  egadir.  Bu  tekshirishlaming  m a’lumotlariga  qaraganda  o r­

ganizm  muhitga moslashmaydi, balki shu muhitda paydo boMgan to'siqlami 

bartaraf qilishga  «tirishadi»  maqsadga  erishmoq  uchun  kurashadi.

A.R.  Nuriyaning  bosh  miya  po'stida  psixik  funksiyalarning  lokalizat- 

siyalashuvi  haqidagi  ishlari  psixik  faoliyatning  fiziologik  asoslarini  tek­

shirishga  qo'shilgan  qimmatli  hissadir.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish