IX B O B . NUTQ
I. NUTQ TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Nutq — odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning
alohida usulidir. Odam o'z nutqi orqali o'zining bilimlari, fikrlari, hislari
va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikr
larini o'zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi.
Odamlar o'zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan
shu tarzda aloqa qilib turadilar.
Nutq vositasi bilan aloqa bog'lash jarayonida har bir kishi bilimlar-
ning ko'p
qismini
boshqa kishilardan oladi.
Nutq vositasi bilan aloqa bog'lash odamning doimiy ehtiyoji bo'lib,
bu aloqa fikr olishga xizmat qiladi.
Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay ol
maydi. Odam yakka o'zi qolganida, ko'pincha, xayolidagi suhbatdoshlar
bilan «o'z ichida» gaplashadi. Odam o'ziga notanish bo'lgan bir yoki bir
necha kishi o'rtasiga tushib qolsa, unda nimalamidir aytish yoki shu kishi
lardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo'ladi. Bu ehtiyoj
qondirilmay qolsa, odamda ma’yus qiladigan «o'ng'aysizlik» hissi tug'iladi.
Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo'lmagan taqdirda ham shunday
ehtiyoj paydo bo'ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini» bilmay qoladi.
Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshla-
sam ekan?», «qanday gap boshlasam ekan?» deb gap mavzuini qidirish
boshlanadi.
Uchinchi bobda aytilganidek, nutq tarixiy taraqqiyot jarayonida, ong
bilan baravar, insonlarda til vositasi bilan aloqa bog'lash, bir-birlariga
biron narsa aytish ehtiyoji tug'ilishi natijasida paydo bo'lgan. Kishi nutqi
mehnat jarayonida o'sib borgan.
Har bir kishining nutqi bolalik chog'idan boshlab o'sib boradi, bu
ning sababi ham boshqa kishilar bilan aloqada bo'lish ehtiyojidir.
Nutq to'g'risida, shu bilan birga, til to'g'risida gapirganimizda quyi
dagilarga e’tibor berishimiz kerak.
«Nutq» va «til» degan terminlar ko'pincha bir xil ma’noda ishlatiladi.
Ammo bu terminlarning ma’nosini bir-biriga aralashtirib yuborish yara
maydi. Garchi nutq bilan til bir-biriga chambarchas bog'langan bo'lsa
ham, lekin ularning ikkovi bitta narsa emas.
229
Biz biror kishiga: «Siz qaysi tilda (yoki tillarda) gaplashasiz?» deb
savol berganimizda, biz shu kishining nutqi, gapi bilan uning o‘z nutqida
qanday til (yoki tillar)dan foydalanishini aniq farq qilamiz.
Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qa
rab, uning nutqi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Ayrim kishilar
kasbining xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va
shu kabi xususiyatlari ularning nutqlarida namoyon boiadi. Har bir kishi
bir yoki bir necha tildan foydalanib, o'zicha gapiradi. Har bir kishining
o‘z nutqi bor.
Odam ongining alohida funksiyasi bo'lgan nutq psixologiya fani to
monidan o'rganiladi. Til esa ijtimoiy hodisadir. Til ayrim kishida musta
qil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa xalqning o'zidir, tarixan tarkib
topgan millatning o'zidir. Rus tili, o'zbek tili, xitoy tili, nemis tili va
hokazo deganimizda, biz mana shu ma’noda gapiramiz. Har bir avlod
o'zidan oldin o'tgan avlodlar ishlab chiqqan tilga duch keladi va shu tilni
egallab oladi, ya’ni o'zining nutq orqali qiladigan muomalasida shu til
dan foydalanadi.
Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir-
biridan ajratib bo'lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog'langan, ular
birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqi
yot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog'lash jarayonida
vujudga kelgan va o'sib borgan. Har bir tilning yashab turishi kishilarning
shu tilda gaplashuvlariga bog'liq. Agar odamlar biror tilda gaplashmay
qo'ysalar, bu til ham yo'q bo'lib ketadi: u «o'lik til» bo'lib qoladi. Biz
«o'lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan bilamiz.
Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o'lik» tillardir.
Til bilan nutqning birligi yana shunda namoyon bo'ladiki, har bir
kishi o'z nutqida biror tildan foydalanadi, ba’zilari esa bir necha tildan
foydalanadilar.
Gapirish va boshqa odamlarning nutqini tushunish uchun til bilish,
shu til sistemasini bilish, shu tilning tuzilishini bilib olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |