P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Maktabda  ta’lim jarayonida  tafakkurning  o'sishi



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Maktabda  ta’lim jarayonida  tafakkurning  o'sishi

Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim 

bolalar tafakkurining o'sishi  uchun g'oyat  katta  ahamiyatga egadir.

Ta’lim  va  maktabda  beriladigan  bilimlami  o'zlashtirish  jarayonida, 

kuzatuvchanlik, xotira va xayol o'sib borishi bilan maktab yoshidagi bola­

lar tafakkuriga material bo'ladigan  narsalar doirasi  kengaya boradi, bola­

larda  mantiqiy tafakkur va  tanqidiy  fikrlash  o'sib  boradi.  Ta’lim jarayo­

nida  tafakkur katta  o'sish  yo'lini  — aniq  tafakkurdan  abstrakt  — nazariy 

tafakkurga  o'tish  yo'lini  o'tadi.

Maktab  yoshidagi  kichik  bolalaming  tafakkuri  hali  ham  amaliy,  aniq 

tafakkur bo'ladi, lekin ta’lim jarayonida bunday bolalaming aniq tafakkuri, 

maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming aniq tafakkuriga qaraganda, mu­

rakkabroq  va  mazmunliroq  bo'lib  qoladi,  ulardagi  fikrlash jarayonlarining 

hammasi takomillasha boradi.  Maktabda o'quvchi bola tobora  murakkab­

roq  narsalarni  va  o'zi  idrok  qilayotgan  narsalarni  hamda  hodisalamigina 

emas,  balki,  shu  bilan  birga,  tasawur  qilayotgan  narsalar  va  hodisalami 

ham bir-biriga taqqoslashni, analiz qilishni va sintez qilishni o'rganib oladi.

Bolani  maktabda o'qitish jarayonida unda abstraktlash qobiliyati o'sa 

boshlaydi.  Arifmetika  o'qitish  vaqtida,  amaliy,  aniq  sanashdan  abstrakt 

hisoblashga o'tilgan vaqtda, shuningdek, ona tili darslarini o'qish davrida 

bu qobiliyat sezilarli sur’atda o'sadi,  so'ngra maktabdagi  hamma fanlarni 

o'qitish  davrida  bu  qobiliyat  yanada  o'sadi.  O'quvchi  bola  analiz  qilish, 

abstraktlash va taqqoslashni, mashq qilish yo'li bilan narsalarning muhim



belgilari  bilan  ahamiyatsiz  belgilarini  bir-biridan  farq  qilishni  va  muhim 

belgilarga qarab to‘g‘ri  xulosalar chiqarishni  o'rganadi.

Boshlang'ich  maktabning  o‘zidayoq bolalar birinchi  sinfdan  boshlab 

ko'p  miqdorda  xilma-xil  tushunchalarni  — grammatikaga,  arifmetikaga, 

tabiiyotga  doir  va  ijtimoiy-siyosiy  tushunchalarni  o'zlashtirib  oladilar. 

O'quvchilar  o'zlashtirib  oladigan  tushunchalar  doirasi  asosan,  har  qaysi 

sinf uchun har qaysi fan yuzasidan tuzilgan o'quv dasturi bilan belgilana­

di.  Muayyan  ilmiy  mazmunga  ega  bo'lgan  tushunchalar  o'quvchilarga 

mantiqiy ifodalangan shaklda bayon qilib beriladi. O'quvchilaming o'zlari 

ham tushunchalarni mantiqiy ta’riflab, ularning jins va turlariga doir belgi­

larini  ko'rsatib,  aytib  berishni  o'rganadilar.  O'quvchilar  tushuncha  va 

qoidalami ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflash mumkin bo'lmagan 

paytlarda  tasvirlab,  taqqoslab,  xarakterlab,  misollar  bilan  ko'rsatib  be- 

radilar.


O'qitish jarayonida o'quvchilaming fikr qilish faoliyatining u  yoki  bu 

tomonini faollashtiradigan maxsus usullar qo'llanilganida o'quvchilaming 

tafakkuri  samaraliroq  rivojlanadi.

Bunday  bir  misol  keltirish  mumkin.  N.N.  Ne’matov  birinchi  sinf 

o'quvchilarida tafakkurning umumlashtirish faoliyatini rivojlantirishga doir 

ish  olib bordi.

Shu maqsadda tajriba o'tkazilayotgan sinfda dars berish chog'ida maxsus 

usullar qo'llanildi. O'quvchilarga savollar berib, ularning diqqat-e’tiborini 

kitob o'qish  vaqtida,  suhbat  chog'ida,  suratlarni  idrok qilish paytida,  te­

varak-atrofdagi  vaziyatni  kuzatish chog'ida  uchraydigan  narsalarni  umu- 

miylashtirishga  qaratadigan  maxsus  usullar qo'llanildi.

Shu  tajribalar  natijasida  o'quv  yilining  oxiriga  borib,  muayyan 

ko'rsatkichlarga  erishildi,  ya’ni  tajriba  o'tkazilib  kelingan  sinfning  umu­

miylashtirish  faoliyati  darajasi  boshqa  sinflardagilarning  umumiylashti­

rish  faoliyatiga  nisbatan  yuqoriroq  bo'lib,  buni  quyidagi jadvaldan  ham 

bilish  mumkin.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish