P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


VI.  TAFAKKUR VA BOSHQA PSIXIK JARAYONLAR



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

VI.  TAFAKKUR VA BOSHQA PSIXIK JARAYONLAR

Tafakkur boshqa  psixik jarayonlardan  ajralgan  holda voqe  bo'lmaydi, 

balki, aksincha, tafakkur idrok bilan, xotira bilan, xayol va nutq bilan diqqat, 

his,  iroda bilan chambarchas bog'langandir. Tafakkur qanchalik murakkab 

bo'lsa,  unda boshqa psixik jarayonlar shunchalik ko'p joy oladi.

Ayrim  psixik jarayonlarning  tafakkurdagi  ahamiyati,  jumladan,  qu- 

yidagilardan  iboratdir.

Biz  idrok qilayotgan voqelik, biz turgan vaziyat tafakkurning birinchi 

va  doimiy  mavzuidir.  Idrok  qilish  chog'ida  turli  savollar  paydo  bo'ladi, 

savollar esa  tafakkur faoliyatini  yanada  davom  ettiradi.  Bizning  birinchi 

fikrlarimiz,  birinchi  muhokamalarimiz  idrok  qilinayotgan  narsalar 

to'g'risidagi  muhokamalardir.  Ba’zan  odam  hatto  abstrakt  masalalarni 

hal qilish paytida ham narsalarni bevosita idrok qilishga yoki shu  narsalar 

to'g'risidagi  tasawurlariga  murojaat  qiladi  va  bunday  qilish  ish  uchun 

katta foyda  keltiradi.

Biroq,  odamning tafakkuri  faqat  idrok doirasidagina sodir bo'lib qol­

maydi. Odam o'zi idrok qilayotgan narsalar to'g'risida ham o'zidagi tajriba- 

ga tayanib,  mavjud  tasawurlarga tayanib,  fikr qiladi.

Shu sababli tafakkur jarayonlarida xotiraning faoliyati, jumladan, esga 

tushirish jarayoni  katta o'rin  oladi.

Xotira tasawurlari, shuningdek, ilgari o'zlashtirib olingan fikrlar va bilim­

lar shunday materialdirki, tafakkur jarayonlari shu material yordamida voqe 

bo'ladi.  Biz  eslab qolgan va tasawur qilgan voqelik,  shuningdek,  biz idrok 

qilayotgan  voqelik tafakkurimizning  mavzui bo'lib xizmat  qiladi.

Turli tasawur, fikrlarni esga tushirish va to'qnashtirish jarayonida yangi 

savollar  paydo  bo'ladi  va  tafakkurning yangi jarayoni  tug'iladi.

Qo'yilgan savollarga odatda xotiramizga murojaat qilib javob qidiramiz 

va shu javoblarni  topamiz.  O'zlashtirib  olingan  qoidalar,  usullar,  sxema- 

lar turli vazifalarni yechishda katta ahamiyatga ega va ayni vaqtda tafakkur 

jarayonlarida esga tushadi.

Ilgari hosil  bo'lgan  muvaqqat bog'lanishlar -   assotsiatsiyalar tafakkur 

jarayonlarida katta rol o'ynaydilar. Xotirada mustahkamlanib qolgan tajriba




va  bilimlar  odam  tafakkurining  mazmunli  va  samarali  bo'lishini  hiyla 

darajada belgilaydilar. Tafakkur jarayonlarida xayol (fantaziya) katta o'rinni 

oladi.  Tafakkur  uchun  kerakli  aniq  obrazli  material  xotiradan  olinga- 

nidek, fantaziyadan ham olinadi. Bu xayol obrazlaridir.  Masalan, kelajakka 

qaratilgan  tafakkur jarayonlari  xayol  yaratib berayotgan  obrazlarga taya­

nadi.  Bizning ko'pgina tushunchalarimiz ham xayol  yaratib bergan tasav- 

vurlarga tayanadi.  Xayol  faoliyati,  masalan,  umumlashtirish,  taxmin  qi­

lish,  faraz  (gipoteza),  abstraksiyalash  singari  fikrlash  operatsiyalarida 

namoyon  bo'ladi.  Shu  jarayonlarning  hammasi  xayolning  ishtirokisiz 

ro'yobga chiqmagan  bo'lur edi.

Xayol  tafakkurning  kengligiga  va  sermahsul  bo'lishiga  ta’sir  qiladi, 

tafakkurga  ijodiy va original  tus beradi.  Xayol  qilish qobiliyati  sust  rivoj­

langan  kishilarda,  tafakkur  ularning  o'zlarida  bo'lgan  tajriba  va  bilimlar 

doirasida  voqe  bo'ladi.  Bu  tafakkur  atrofdagi  narsalarga  «yopishib  qol- 

ganligi»,  kam  mahsulligi,  o'zining  original  bo'lmasligi  va  biron  nimani 

ixtiro  qilmasligi  bilan  farq  qiladi,  ko'pincha  yuzaki  va  mayda-chuyda 

narsalar to'g'risida fikr yuritish bilan cheklanadi. Shu sababli, keng, kuchli 

va real fantaziyani rivojlantirish keng, mazmunli, original va ijodiy tafakkur­

ni  rivojlantirishning  eng  muhim  shartlaridan biridir.

Diqqat  fikrlash  faoliyatining zarur shartidir.

Tafakkur jarayonlarining  birligi,  barqarorligi  va  batartibligi  diqqatga 

bog'liqdir.  Har bir fikrlash operatsiyasi faqat diqqat bo'lganidagina ro'yobga 

chiqadi.  Diqqat  sust,  zaif bo'lganida  fikrlash jarayoni  sekinlashadi  yoki 

to'xtalib qoladi. Agar diqqat zaif bo'lsa, fikrlash tez uziladi, o'zining ipini 

yo'qotib qo'yadi, chalg'iydi. Odamning diqqati uzoq vaqt davomida muay­

yan  vazifaga  qaratilgan  taqdirdagina  va  diqqat  o'zgarib  turuvchi  va  shu 

maqsadni hal qilishga olib keluvchi  ko'pgina muhokamalar, tushunchalar 

va tasawurlar ustida o'z ichiga to'planib turganidagina, murakkab tafakkur 

jarayoni  ro'yobga  chiqadi.

Ba’zan,  ayrim  o'quvchilar  matematik  amallarni  yechishni  bilmagan- 

liklari  yoki  bunga  o'quvlari  bo'lmaganligi  natijasida  emas,  balki  ularning 

diqqati  yetarli  ravishda  kuchli,  barqaror,  keng  ravishda  rivojlanmaganligi 

natijasida bir necha  amaldan  iborat  bo'lgan  ba’zi  matematik  masalalarni 

yecholmay qoladilar. Shu sababli tafakkurni rivojlantirish kuchli va barqaror 

diqqatni  tarbiyalashga  ko'p jihatdan  bog'liqdir.

Tafakkur 




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish