P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


«avtombrus»   deb xato terilgan  so'z  «a vtobus»



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

«avtombrus»

  deb xato terilgan 

so'z  «a

vtobus»

  yoki 


«avtomobil»

  deb, 


«sinoatlantirish»

  deb  terilgan  so'z 



«sanoatlashtirish»

  deb  o'qiyverar ekan va hokazo.

Idrokka  subyektiv  mazmun  berish  og'zaki  materialni  idrok  etishda, 

ayniqsa, yaqqol ko'rinadi.  Masalan,  «ildiz» degan so'zni botanik o'simlik 

ildizi,  matematik  kvadrat  yoki  kub  ildizi,  tish  doktori  tish  ildizi  degan 

ma’noda  idrok  qilishlari  mumkin.  «Reaksiya»  degan  so'zni  tarixchi  bir 

ma’noda tushunsa, ximik yoki psixolog boshqa ma’noda tushunishi mum­

kin.  Appersepsiya badiiy asarlar matnini,  badiiy surat  va  rasmlami  idrok 

etishda, ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ladi. Biz bironta suratga ko'z solga- 

nimizda  to'g'ridan  to'g'ri  faqat  bo'yoq  rang  va  chiziqlaming  har  xil 

chatishuvini  ko'ramiz,  xolos.  Bu  persepsiyadir.  Rasm  va  suratni  idrok 

qilganimizda  esa,  masalan,  istiqbolni,  odam  va  hayvonlarning  ish-ha- 

rakatlarini  biz  o'tmishdagi  tajribamiz,  bilimlarimiz va xayolimiz  faoliyati 

natijasida idrok qilamiz.  Bu appersepsiyadir.  Musiqani idrok qilishda ham 

xuddi  shu  hoi  yuz beradi.

Ayni  bir  narsa  yoki  hodisani  ayni  bir  kishi  turli  vaziyatda  turlicha 

idrok qilavermog'i  mumkin,  bu  hoi  har gal  o'sha kishini  kayfiyati,  hissi- 

yoti, diqqati, manfaati,  maqsadi va hokazolarga qarab ro'y beradi.  Biron- 

ta  murakkabroq vaziyatni  idrok qilayotganimizda e’tiborimiz va  manfaa­

ti mizning  talabiga  qarab,  biz  shu  vaziyat 

tarkibiga  kirgan  yakka  bir  narsani  yoki 

uning  qismini  ajrata  olamiz.  Masalan, 

o'rmonda biz uchun zarur bo'lgan biron­

ta  daraxtni  hamma  boshqa  daraxtlardan 

ayrim  idrok qilamiz.  Musiqani  eshitgani- 

mizda garmoniya ohanglaridan biz uchun 

tanish  bo'lgan  bir kuyni  ajratamiz.

23-rasmga  qarasak,  qora  fon  ustida 

vaza suratini  yoki  oq  fon  ustida ikki  yuz- 

ning  yonidan  ko'rinishini  (profillarni)



23-rasm . 

Ikkilangan  tasvir.

 

ko'rishimiz (idrok qilishimiz) mumkin.  Bu




holda idrokning ikkilanishi diqqatimiz nimaga  (rasmning qaysi bir tomo­

niga)  qaratilganligi bilan belgilanadi.  Idrok jarayonida ba’zan uchrab ke­

ladigan subyektivizm ham appersepsiya natijasidir.  Bu subyektivizm,  ma­

salan,  vaqtni,  harakatni  idrok  qilishda,  qizg'in  munozaralar  borayotgan 

paytda  bir kishining gapini  idrok qilishda ko‘proq  uchraydi.

Appersepsiya  fazo,  vaqt  hamda  harakatni  idrok  qilishda  katta  rol 

o'ynaydi.  Illuziyalar esa  hiyla darajada  appersepsiya  natijasidir.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish