1-ma‟ruza. Psixologlar uchun informatika faniga kirish. Akt


Axborot texnologiyalarining ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot va boshqaruvdagi roli



Download 496,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana03.09.2021
Hajmi496,06 Kb.
#163519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-ma’ruza. PSIXOLOGLAR UCHUN INFORMATIKA FANIGA KIRISH

Axborot texnologiyalarining ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot va boshqaruvdagi roli.  Ilm-fan va 

texnikaning  barcha  yoʻnalishi  kabi  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasi  ham  tinimsiz 

rivojlanishda ekanligini  nazarda tutsak, elektron hukumat tizimi  ham  mazkur sohaning keyingi  yangi 

yutuqlarini oʻzida joriy etish orqali yanada takomillashib, mukammallashib borishi tabiiy.  

Shuningdek,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Milliy  axborot-kommunikatsiya  tizimlarini  2013-2020 

yillar  mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini  amalga oshirishni  muvofiqlashtiruvchi  Respublika 

komissiyasi tashkil etildi.  

Janubiy  Koreyada  elektron  hukumatni  shakllantirish  boʻyicha  tashabbus  2001-yilda  yuridik 

kuchga  ega  boʻldi.  Mamlakatda  elektron  hukumatni  rivojlantirish  boʻyicha  ishlab  chiqilgan  dastur 

hukumat  organlarining  ishida  samardorlikni  oshirishga  qaratilgan  boʻlib,  u  uch  bosqichda  amalga 

oshirilishi lozim boʻlgan. 

Birinchi  bosqichda  (2001-2003)  kompleks  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilgan  boʻlib,  ularning 

natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yoʻnalishda  - 

 G2C  (davlat  -  fuqaroga),  G2B  (davlatdan  -  biznesga)  va  G2G  (davlatdan  -  davlatga)  sxemalari 

boʻyicha aloqa qila boshladi. 

Bundan  tashqari,  davlat  boshqaruvi  tizimida  idoralararo  elektron  aloqalarni  ta‟minlashga 

qaratilgan  informatsion-texnologik  arxitektura  ham  ishlab  chiqilgan.  Unda,  xususan,  elektron  hujjat 

aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qoʻllanilgan. Umumiy hisobda, birinchi 

bosqich uchun jami 225 million AQSh dollari miqdorida mablag sarflangan. Natijada, Koreya raqamli 

imkoniyatlar indeksi boʻyicha jahonda 4-oʻringa koʻtarilib oldi. 

Ikkinchi  bosqichda  (2003-2007)  Koreya  hukumati  oʻz  oldiga  ancha  katta  maqsadni  qoʻygan  - 

 dunyo  davlatlari  ichida  nisbatan  ochiq  va  shaffof  elektron  hukumatni  shakllantirish.  Koreyaning 

“Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq toʻrtta sohaga 

oid loyihalar ishga tushirilgan: 

• davlat boshqaruvi organlarining faoliyat koʻrsatishi 

• davlat xizmatlarini koʻrsatish 

• axborot resurslarini boshqarish 

• qonun ijodkorligi tizimi 

Ushbu  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  jami  981  million  AQSh  dollari  miqdoridagi  mablagʻ 

sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a‟lo darajada boʻlgan. 

2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat apparatining 96,6 

foiz  xodimlari axborotlarni qayta  ishlashning  milliy elektron tizimi  -   “On-Nara” (koreyscha, onlayn-

mamlakat) tizimidan foydalanishga oʻtgan. Buning natijasi oʻlaroq, fuqarolarning murojaatlarini koʻrib 

chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan. 

Davlat  tuzilmalarida  ma‟lumotlarni  qayta  ishlashning  innovatsion  tizimi   -   “On-Nara”  2007-

yildan toʻliq ishga tushgan boʻlib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qoʻyilgan: 

•  ma‟lumotlarni  qayta  ishlash  va  almashish  doirasida  barcha  boshqaruv  jarayonlarini 

standartlashtirish; 

• davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga solish; 

•  tizim  ishtirokchilari  oʻrtasida  axborotlarni  almashish  va  tarqatishni  ta‟minlovchi  turli 

jarayonlarni oʻzaro bogʻlash va bir-biriga integratsiya qilish. 

Janubiy  Koreyada  hozirda deyarli  barcha davlat xaridlari  veb-texnologiyalar  yordamida amalga 

oshiriladi - tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 foizi. 

 



 


Download 496,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish