Informatika fanining mazmuni va asosiy vazifalari. Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari,
vosita va uslublari koʻp qirrali boʻlib, uning koʻplab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib
informatikaga quyidagicha ta‟rif berish mumkin:
Informatika - kompyuter yordami va ularni qoʻllash muhiti vositasida axborotni yangilash
jarayonlari bilan bogʻliq inson faoliyati sohasidir.
Informatika yangi axborotni ancha keng oʻzgartirish va barpo etish jarayonlarini oʻrganadi.
Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud
boʻla olmaydi.
Informatika - axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga
asoslanadi.
Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shugʻullanadi:
1. Axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni oʻrganish (axborotlarni yigʻish, qayta ishlash va
tarqatish);
2. Inson faoliyatining turli sohalarida kommunikasion-axborot modellarini yaratish;
3. Aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy
bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiya
tayyorlash.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish.
2. Axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan
axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish.
3. Jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texiologiyasidan samarali
foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va ta‟minlashni hal etish.
Informatika oʻz-oʻzidan mavjud boʻlmay, balki boshqa sohalardagi muammolarni hal etish
uchun yangi axborot texnikasini va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy-texnik
sohadir.
Shartli ravishda informatikani uchta oʻzaro bogʻliq qismga boʻlish mumkin:
1. Apparatli texnika vositasi.
2. Dastur muhiti.
3. Algoritmlar muhiti.
Informatika keng ma‟noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va
telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bogʻliq fan, texnika va
ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini oʻzida namoyon etadi.
2
Tor ma‟noda informatika 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritmlar.
Shuningdek, informatikani xalq xoʻjaligining, fundamental fanning va tatbiqiy fanning bir tarmogʻi
deb koʻrish mumkin.
Oʻz navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir tarmogʻi, xoh
tabiiy, xoh ijtimoiy boʻlsin, undagi axborot oʻzining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi.
Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan boʻlsak, bu
shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur boʻlgan, doimo
yangilanib turuvchi bilim va ma‟lumotlar toʻplami boʻlib hisoblanadi.
Mehnat samaradorligining bundan keyingi oʻsishi va farovonlik darajasini koʻtarish, katta
hajmdagi multimedia axborotini (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul qilishi va
ishlashga yangi intellektual vositalar va «inson mashina» interfeyslaridan foydalanish asosidagina
erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |