Muqaddima


MIYA PO’STLOG’INING HARAKATLARNI BOSHQARISHDAGI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MIYA PO’STLOG’INING HARAKATLARNI BOSHQARISHDAGI 
ISHTIROKI 
 
     Tana  harakatlarini  va  vaziyatini  boshqaruvchi  tuzilmalar  (harakatlantiruvchi  yoki 
motor  markazlar)  MNT  ning  hamma  qismlarida  bor.  Bu  markazlarning  joylashishida 
ham,  faoliyatida  ham  aniq  iyerarxiya  (bosqichma-bosqich  bo‘ysunish)  ko‘zga  tashlanib 
turadi.  Markazlarning  ko‘p  pog‘onaligi  harakatlarning  evolyutsiya  jarayonida  tobora 
murakkablashishiga  bog‘liq.  Bu  jarayon  davomida  erta  shakllangan  markazlar  qayta 
qurilmagan,  faqat  o‘zgartirilgan  va  ulardan  teparoqda  yangi  markazlar  paydo  bo`lib, 
eskilarini  o‘ziga  bo‘ysundirgan.  Natilada  MNT  hamma  qismida  ma‘lum  joy  egallagan 
motor  markazlar  piramidasi  shakllangan.  Yuzaga  chiqadigan  harakatlar  doirasi  va 
murakkabligini,  ichki  a‘zolar  faoliyatiga  uyg‘unlashishi  darajasini  hisobga  olsak,  bu 
piramidaning cho‘qqisi orqa miyada, asosi bosh miya po‘stlog‘ida bo`ladi. 
     Orqa  miya  mono-  va  polisinaptik  reflekaslarni  yuzaga  chiqarsa,  miya  stvoli  asosan 
tana  vaziyatini  ta‘minlaydi.  Po‘stloq  osti  markazlari  tug‘ma  va  hayotda  orttirilgan 
maqsadli  harakatlarni  boshqarsa,  bosh  miya  po‘stlog‘i  faoliyat  g‘oyasini  aniqlab, 
harakatlar rejasini tuzib, faoliyatning boshlanishini ta‘minlaydi. 
     Yuqorida  miya  po‘stlog‘ining  ikkita  motor  sohasi  borligi  aytilgan  edi.  Ularning 
tuzilishida ikkita qonuniyat bor. Bular: 1) sohaning tashkil topishidagi somatotopiklik  – 
tana  qismlarining  motor sohaga  tartibli  proyeksiyalanishi;  2) tana  qismlari vakil  topgan 
motor sohalarning ko‘pligi. 
     Markaz  oldi  egatdagi  Brodmanning  4-  va  6-paykallari  yarim  sharlar  po‘stlog‘ining 
eng  muhim  motor  sohasi  hisoblanadi.  Bu  sohada  tananing  behisob  nafis  harakatlarini 
bajaradigan qismlari – qoi panjalari, lablar, til vakilliklari ko‘p joyni egallagan.  Qo‘pol 
harakatlarni  bajaruvchi  katta  qismlari  –  gavda,  oyoqlar  proyeksiyasi  nisbatan  oz  joyni 
olgan. 
     Miya  po‘stlog‘ida  aytib  o‘tilgan  birlamchi  motor  sohadan  (M  I)  tashqari  ikkilarnchi 
motor  soha  (M  II)  ham  bor.  U  yarim  sharlar  oralig‘ida  joylashgan  birlamchi  motor 
sohaga  yondosh.  Bu  sohalarga  afferennt  sezuvchi  tolalar  ham  kiradi.  Shuning  uchun 
ularni  birlamchi  va  ikkilarnchi  motosensor  sohalar    (MsI  va  MsII)  deyishhadi.  Xuddi 
shunga  o‘xshab,  po‘stloqdagi  birlamchi  va  ikkilarnchi  sensor  sohalardan  afferent 
harakatlantiruvchi tolalar boshlanadi, ularni birlamchi va ikkilarnchi sensomotor sohalar 
(SmI  va  SmII)  deyish  mumkin.  Demak,  po‘stloqda  to‘rtta  motor  soha  bor,  deyish 
mumkin (MsI, MsII, SmI va SmII). Sezuvchi sohalar soni ham to‘rtta – SmI, SmII, MsI 
va MsII. Biroq, po‘stloqning motor sohasi deganda odatda motosensor soha tushuniladi. 
     Motor soha neyronlarining ustunlarga birlashishi to‘g‘risida yuqorida aytgan edik. Bu 
ustunlar  biir-biriga  bog‘liq  muskullarni  nazorat  qiladi.  Ammo  bu  muskullar  harakat 
qilganda ularni boshqarib turuvchi ustunlarda ro‘y beradigan o‘zgarish bir xil bo`lmaydi: 
ustunlarning ba‘zilari qo‘zg‘aladi, ikkinchilari tormozlanadi, uchinchilarida hech qanday 
o‘zgarish  kuzatilmaydi.  Hozir taxmin  qilishlaricha,  motor  sohadagi ustunlarning  asosiy 
vazifasi u yoki bu muskulni harakatga solishda emas, balki bo‘g‘imning ma‘lum holatini 
ta‘minlashda.  Bo‘g‘imdagi  boshlang‘ich  vaziyatga  ko‘ra,  ustun  yo  bukuvchi,  yo 


 
 
84 
 
yozuvchi  muskullarni  qisqartirib,  bo‘g‘imda  tegishli  burchakni  hosil  qilishi  kerak. 
Demak,  po‘stloqning  motor  ustuni  -    bo‘gimning  hamma  muskullairga  ta‘sir 
o‘tkazadigan  neyronlar  birligidir.  Po‘stloq  harakatlarni  boshqrishda  ayrim  muskullarni 
qisqartirib  emas,  balki  bo‘g‘imda  ma‘lum  holatno  ta‘minlovchi  buyruqlarni  shakllab, 
ishtirok etadi. 
     Motor  sohalar  –  MsI  va  CmI  harakatlarni  boshqaruvchi  ta‘sirlarni  uchta  yoi  orqali 
quyi  markazlarga  o‘tkazadi:  1)  bevosita  motoneyronlarga;  2)  boshqa  motor  markazlar, 
masalan  miyacha  orqali;  3)  talamus  va  boshqa  sohalardagi  sezuv  markazlaridan 
axborotning o‘tishi va qayta ishlanishini o‘zgartirib. Bu  yo`llardan birinchisi asosiy va 
eng muhimi. Motor sohaning orqa miya motoneyronlariga bevosita ta‘sirini kortikospinal 
yoi ta‘minlaydi. Unda 1 mln ga yaqin efferent tolalar bo`lib, ularning 75-90%  uzunchoq 
miyada  qarama-qarshi  tomonga  o‘tadi.  Tolalarning  oz  qismi  kesim  hosil  qilmaydi  va 
bo‘yin  hamda  ko‘krak  segmentlarida  kesishib,  tugaydi.  Kortikospinal  yoi  orqali  orqa 
miyaga  tushgan  impulslar  asosan  bukuvchi  muskullarni  qo‘zg‘atib,  yozuvchi 
motoneyronlarni tormozlaydi. 
     Yarim  sharlar  po‘stlog‘ining  harakatlarni  boshqarishdagi  eng  muhim  va  murakkab 
muammo  quyidagicha.  Odam  ongida  harakat  to‘g‘risida    fikr  paydo  bo`ldi,  deylik. 
Xo‘sh,  fikr  qaysi  yoi  bilan,  qaysi  mexanizmlar  yordamida  harakatga  aylanadi?  Bu 
hozirgacha aniqlanmagan. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, odam ma‘lum vaqtdan keyin 
harakat  qilishi  kerakligidan  habardor  bo`lsa,  harakat  boshlanishidan  800  ms  oldin  miya 
po‘stlog‘ida sekin o‘sib boruvchi manfiy potensial paydo bo`ladi. Bu tayyorlik potensiali 
deyiladi. Tayyorlik potinsiali ihtiyoriy harakatdan oldin uning rejasi tuzilishni aks ettirsa 
kerak. Bu jarayonga miyaning ko‘p qismlari jalb etiladi. Shuning uchun u ma‘lum vaqt 
talab qiladi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish