2-jadval
Klinik ahamiyatga ega bo'lgan orqa miya reflekslari
Refleksning nomi Qo'llaniladigan
ta'sirot
Refleks natijasi
Refleks
markazining orqa
miyada
joylashishi
Pay
(cho'zilish)
reflekslari:
Tirsak
Bolg'acha
bilan
sal
bukilgan
qo'lning
ikki
boshli
muskuli
payiga uriladi
Ikki
boshli
muskul qisqaradi
va qo'l bukiladi
V-VI
bo'yin
segmentlarida
Tizza
Bolg'acha
bilan
sonning
to'rt
boshli
muskuli
payiga uriladi
To'rt
boshli
muskul qisqarib,
oyoq
tizza
bo'gimida yoziladi
II-IV
bel
segmentlarida
Axill
Bolg'acha
bilan
Axill
payiga
uriladi
Oyoq panjasi kaft
tomonga bukiladi
I-II
dumg'aza
segmentlarida
Qorin reflekslari:
yuqoridagi
Qorin
terisiga
chiziqli
ta'sir
berish:
pastki
qovurgalarga
parallel qilib
Qorin
muskullarining
tegishli
qismlari
qisqaradi
VIII-IX
ko'krak
segmentlarida
o'rtadagi
kindik
yonida
gorizontal
yo'nalishda
IX-X
ko'krak
segmentlarida
pastdagi
chov
burmasiga
parallel qilib
XI-XII
ko'krak
segmentlarida
Kremaster refleksi Sonning
ichki
yuzasiga chiziqli
ta'sir etish
Kremaster
muskuli qisqarib,
moyakni ko'taradi
I-II
bel
segmentlarida
58
Anal refleks
Anus
yaqinida
chiziqli
yoki
sanchish
bilan
ta'sir etish
To'g'ri ichakning
tashqi
sfinkteri
qisqaradi
IV-V
dumg'aza
segmentlarida
Oyoq
kafti
refleksi
Oyoq
kaftiga
sekin
chiziqli
ta'sir etish
Oyoq barmoqlari
bukiladi
I-II
dumg'aza
segmentlarida
3-jadval
Orqa miyaning asosiy o'tkazuvchi yo'llari
O'tkazuvchi yo'llar
Orqa miya
ustuni
Fiziologik ahamiyati
A. Ko'tariluvchi (sezuvchi) yo`llar - tutamlar
1. Goll tutami
orqa
Taktil sezgi, tananing fazodagi holatini
sezish, tananing passiv harakatlarini sezish,
tebranishlarni sezish
2. Burdax tutami
orqa
Shuning o'zi
3. Dorsolateral
yon
Og'riqni va haroratni sezish
4. Fleksig tutami
yon
Propriretseptorlardan
hamda
terining
bosimni
va
tegishni
sezuvchi
retseptorlardan impulslarni o'tkazish
5. Govers tutami
yon
Shuning o'zi
6. Dorsal spinotalarnik
yon
Og'riqni va haroratni sezish
7. Spinotektal
yon
Aniq emas
8. Ventral spinotalarnik
yon
Taktil sezgi
B. Tushuvchi (harakatlantiruvchi) yo'llar - traktlar
1. Lateral kortikospinal
(piramida yo'li)
yon
Ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi
impulslarni muskullarga o'tkazish
2.
Rubro-spinal
(Monakov)
yon
Skelet muskullarining tonusini saqlab
turuvchi impulslarni o'tkazish
3.
Dorsal
vestibulo-
spinal
yon
Muvozanat
va
vaziyat
saqlanishini
ta'minlovchi impulslarni o'tkazish
4. Olivo-spinal
yon
Aniq emas
5. Retikulo-spinal
oldingi
Skelet
muskullari
tonusini
saqlash,
vegetativ markazlar holatini va muskul
yoylari sezgirligini boshqarishda ishtirok
etadigan impulslarni o'tkazish
6.
Ventral
vestibulo-
spinal
oldingi
Vaziyat
va
muvozanatni
saqlashni
ta'minlovchi impulslarni o'tkazish
7. Tekto-spinal
oldingi
Birlamchi ko'ruv va eshituv reflekslarining
(to'rt
tepalik
reflekslarini)
yuzaga
chiqishini
ta'minlivchi
impulslarni
59
o'tkazish
8. Vental ko'rtiko-spinal
(piramida yo'li)
oldingi
Ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi
impulslarni skelet muskullariga yetkazish
Ko‘tariluvchi Goll va Burdax tutamlari spinal tugunlardagi sezgir hujayralar
aksonlaridir. Ular impulslarni muskul va pay proprioretseptorlaridan, qisman teri va ichki
retseptorlardan uzunchoq miyagacha yetkazadi. Bu yerdagi Goll va Burdax yadrolarida
yoining ikkinnchi neyroni somasi joylashgan. Ikkinchi neyronning o‘simtalari kesishib,
talamusning qarama-qarshi yadrolarida sinapslar hosil qiladi. Ana shu yadrolardan
uchinchi neyron boshlanadi, aksonlari miya po‘stlog‘idagi IV qavat neyronlarida
tugaydi. Goll va Burdax titamlarini miyelinli tolalar tashkil qiladi. Ulardan
qo‘zg‘alishning o‘tish yezligi 60-100 m/s.
Bu tutamlardan periferiyadagi ta‘sir chegarasini, joylashishini va vaqtda o‘zgarishini
aniq sezishni ta‘minlovchi impulslar o‘tadi.
Spino-talarnik yo`llar og;riq, harorat, taktil sezgilarni shakllaydigan impulslarni
o‘tkazadi. Ular orqa miyaga o‘tishi bilan yoki bir necha segmentga ko‘tarilgandan keyin
kesishib, qarama-qarshi tomonga o‘tadi. Ko‘ruv do‘mboqlarida tugaydigan tolalar shu
segmentlardan boshlanadi. Uchinchi neyron miya po‘stlog‘ida tugaydi. Spino-talarnik
yo`llar ta‘sirotning sifati to‘g‘risidagi axborotni o‘tkazadi.
Orqa miyani miyacha bilan bog‘laydigan Fleksig va Govers tutamlari impulslarnni
yuqori tezlikda (120 m/s) o‘tkazadigan tolalardan tashkil topgan. Ulardan asosan muskul
va paylarning proprioretseptorlaridan muskul tonusi, vaziyat va muvozanatni,
harakatlarni bajarish uchun zarur bo`lgan impulslar o‘tadi.
Tushuvchi yo`llarnning asosiylari kortiko-spinal (piramida), rubro-spinal, vestibulo-
spinal va retikulo-spinal yo`llardir. Piramida yo`li bosh miya po‘stlog‘ining
harakatlantiruvchi sohasidagi piramidal hujayralarning aksonlaridir. Bu aksonlar oraliq,
o‘rta, uzunchoq miyadan o‘tar ekan, ko‘pgina yon shoxlar beradi va uzunchoq miyaning
past qismida ularning ko‘pi kesishadi. Kesishmagan tolalar orqa miyaga tushib,
tugaydigan segmentlarda qarama-qarshi tarafga o‘tadi. Piramida yoining hamma tolalari
orqa miyaning oldingi shoxlaridagi motoneyronlarda sinapslar hosil qiladi. Bu yoining
asosiy vazifasi ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni o‘tkazishdan iborat.
Rubro-spinal (Monakov) yo`li o‘rta miyaning qizil yadrosidagi nneyronlarning
aksonlaridir. Tolalar yadrodan chiqib, qarama-qarshi tomonga o‘tadi. Ularning bir qismi
miyacha va to‘rsimon formatsiyaga, qolganlari esa orqa miyaga yoi oladi. Bu yoidan
o‘tadigan impulslar muskullar tonusini va beixtiyor harakatlarni boshqaradi.
Vestibulo-spinal yoini Deyters yadrosidagi neyronlarning aksonlari tashkil qiladi. U
vestibulyar nerv markazi va miyachadan impulslarni orqa miya motoneyronlariga
yetkazadi. Vestibulo-spinal yoining shikastlanishi muskul tonusi, muvozanatni saqlash,
harakatlar uyg‘unligi buzilishiga olib keladi.
Orqa miyadan yuqori bo`lgan tuzilmalar tushuvchi yo`llar orqali spinal neyronlarning
hammasini (motoneyronlarni, oraliq va afferent neyronlarnni) nazorat qilib turadi. Har
qaysi tushuvchi yoining tolalari ma‘lum ishni bajaruvchi motoneyronlarni faollashtiradi.
Kortiko-spinal yoi tolalari asosan oyoq-qo`llarning distal qismidagi muskullarga (panja
va barmoqlarni harakatlantiruvchi muskullarga) ta‘sir o‘tkazsa, retikulo- va vestibulo-
spinal yoi proksimal muskullarga impulslar yetkazadi.
60
Tushuvchi yo`llar maxsus tormozlovchi neyronlar (masalan, Renshou hujayralari)
yordamida, presinaptik va postsinaptik tormozlanishni vujudga keltirib, orqa miyaning
ikkilarnchi afferent va oraliq neyronlari qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir qilishi mumkin.
Demak, supraspinal tuzilmalar orqa miya faoliyatini uzluksiz ravishda nazorat qilib
turadi. Orqa miyaning toia yoki qisman ko‘ndalangiga kesilishi bu nazoratning toia yoki
qisman yo‘qolishiga, binobarin orqa miya faoliyatining keskin buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |