Muqaddima


NAFASNING GUMORAL BOSHQARILISHI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

NAFASNING GUMORAL BOSHQARILISHI 
 
     Nafas  tizimining  asosiy  vazifasi  arterial  qonda  CO
2
  va  O
2
  parsial  tarangligi 
doimiyligini  ta‘minlashdan  iborat.  O‘z  navbatida  qonda  gazlar  miqdorining  o‘zgarishi 
nafas markazining qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir qilib, tashqi nafasni o‘zgartiradi.  Demak, 
boshqariluvchi  jarayon  bilan  boshqaruvchi  markaz  o‘rtasida  qayta  bog‘lanish  mavjud. 
Bunday bog‘lanish chetdagi va markazdaagi xemoretseptorlar orqali o‘rnatiladi. 
 
CHETDAGI (ARTERIAL) XEMORETSEPTORLAR 
 
     Umumiy  uyqu  arteruyasining  ikkiga  bo`linishidan  hosil  bo`lgan  ayrida  karotid 
koptokcha joylashgan. Bu tuzilma arterial qon bilan juda yaxshi ta‘minlanadi va qonda 
kislorodning  parsial  tarangligi  pasayishiga  hamda  CO
2
  tarangligi  ortishiga  javoban 
qo‘zg‘aluvchanligi  o‘zgaradigan  retseptorlarga  ega.  Bu  retseptorlarni  til-xalqum 
nervining  bir  qismi  bo`lmish  afferent  tolalar  (Gering  nervi)  bulbar  nafas  markazi  bilan 
bog‘laydi. Shunga o‘xshash retseptorlar aorta ravog‘ida ham uchraydi. Aorta ravog‘idagi 
retseptrolarning  nafasni  boshqarishdagi  ishtiroki  katta  emas,  ular  qon  aylanishini 
boshqarishda faol qatnashadi. 
     Karotid  koptokchalaridagi  retseptorlar  kislorodning  qondagi  tarangligi  mo‘tadil 
bo`lganda  ham  (100  mm.s.u.),  markazga  afferent  impulslar  yuborib  turadi.  Qondagi 
kislorod  tarangligi  80  mm.s.u.  dan  pasaysa,  bu  impulslar  soni  keskin  ortadi.  Natijada 
nafas  markazining  qo‘zg‘aluvchanligi  oshadi,  o‘pka  ventilyatsiyasi  ko‘payadi,  qonning 
oksigenatsiyasi tezlashib, unda O
2
 tarangligi ko‘tariladi. 
     Karotid xemoretseptorlarga kislorodning tarangligi pasayishi (gipoksemiya) bilan bir 
qatorda,  CO
2
  tarangligining  ortishi  (giperkapniya)  va  atsidoz  rag‘batlantiruvchi  ta‘sir 
ko‘rsatadi va o‘pka ventilyatsiyasini ko‘paytiradi. Gipoksemiya, giperkapniya va atsidoz 
ayni bir vaqtda rivojlansa,nafas markazining qo‘zg‘alishi hammadan kuchli bo`ladi. 
    Tabiiy sharoitda oksidlanish jarayonlarining jadallashishi natijasida to‘qimalar qondan 
ko‘proq  kislorod  o‘zlashtiradi.  Shunga  yarasha  qonga  ko‘proq  CO
2
  va  kislota  tabiatli 
moddalar ajraladi. 
     Karotid  xemoratseptorlarning  uyqu  arteriyasida  joylashgani  bejiz  emas,  ular  miyaga 
oqadigan qonda O
2
 va CO
2
 miqdorini nazorat qilib turadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish